Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ОБЩИННЫЕ ОБЫЧАИ И ЦЕРЕМОНИИ В ЦЕНТРАЛЬНОЙ АЗИИ В ЗОРОАСТИЙСКИЙ ПЕРИОД.
VA MAROSIMLAR. · Jumayeva Muattar Zohid qizi · Kalit so’zlar: Sidrapushlik, logamzodan, kamarbastan · ЗОРОАСТИЙСКИЙ ПЕРИОД. (ОБЩИННЫЕ ОБЫЧАИ И ЦЕРЕМОНИИ В ЦЕНТРАЛЬНОЙ АЗИИ В)
Современная наука и исследования · 2 · 2023
Аннотация
This article talks about Zoroastrian holidays and rituals, funeral rites, and Zoroastrian traditions that are still preserved among our people today. Key words: Sidrapushlik, logamzodan, kamarbastan, Vendidod, Avesta, Navroz, Mehrjan, Gohlar. Urf-odat va an’analar jamiyat hayotida muhim o’ringa ega. Urf-odat va marosimlar qadimdan jamiyat a’zolarining ijtimoiy xulqini boshqarishda, ularni jipslashtirishda muhim ahamiyatga ega bo’lib kelgan. Hozirgi kunda ham mamlakatimizning ayrim hududlarida zardushtiylikdan qolgan urf-odat va marosimlar davom etib kelmoqda. Zardushtiylar bir necha asrlar davomida ruhoniylar kuzatuvi ostida o’zlarining urf-odat va marosimlarini shakllantirganlar. Hozirgacha zardushtiylik marosimlari va uning bugungi kundagi izlari tadqiqototchilar tomonidan juda kam o’rganilgan. Zardushtiylar tomonidan o’tkazilgan yil fasllari bilan bog’liq bayramlar, Navro’z va Mehrjon bayramlari, turli duolarni aytish va poklanish marosimlari, o’smirlarni zardushtiylikka qabul qilish (ya’ni “sidrapushlik” — oq libos kiyib, belbog’ bog’lash) va boshqa qator tantanalar zardushtiylikda muhim rol o’ynagan. Bundan tashqari, zardushtiylarda nikoh marosimi, bola tug’ilishi va dafn marosimlari ham mavjud bo’lib, bularda asosan yaqin qarindoshlar, shahar va qishloqlarning hurmatli kishilari hamda ruhoniy ishtirokida o’tkazilgan. Zardushtiylik marosimlari sirasiga kundalik ibodat ham kirgan. Xar bir zardushtiy farzandi yetti yoshdan boshlab ba’zi bir duolarni yodlab, o’z dini ruhida tarbiyalangan. Jamiki qavm- qabilalar orasida “logamzodan” (otga suvlik; solish), “zin zadan” (otni egarlash), “kamarbastan” odatiga qat’iy amal qilingan. Masalan, chorvachilik bilan shug’ullanuvchi qavmlarda qizlarga 2 26 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ yungdan ip yigirish, urchuq va charxda ishlash, matolar to’qish, liboslar tikish o’rgatilgan, o’g’il bolalar esa mol boqish, urchitish va tug’dirish, tuya, otlarni parvarishlash, ularni boshqara olish, yaylovlarda suruvni o’tlatish, chorvani yirtqich hayvonlar va qaroqchilardan himoya qilish, o’ttiz ikki harbiy hunarni bilishi majburiy bo’lgan. Ana shundan so’ng o’smirlar o’n besh yoshdan boshlab “logamzodan” va “zin zadan” imtihonidan o’tishgan1. Zardushtiylarda jasadni dafn etish ham o’ziga xos tarzda amalga oshirilgan. Zardushtiylar jasadni yerga ko’mishmagan. Zardushtiylarning jasadni to‘g‘ridan to‘g‘ri yerga ko‘mmaganliklarining sababi birinchidan, odam jasadini harom deb bilganliklarida bo‘lsa, ikkinchidan, jasadga kirib olgan Nasalar zardushtiylar uchun muqaddas hisoblangan Yerga zarar yetkazadi, degan tushunchadan kelib chiqqan. Zardushtiylar o'lgan kishining jasadini maxsus ko‘tarmaga olib borayotganda eng oldinda itni yetaklab borganlar. Maxsus itlar va o’laksaxo'r qushlar jasadni suyagigacha yeb bo'lmagunlaricha dahmada saqlaganlar. Undan so‘nggina o'lgan kishining suyaklarini maxsus idishlar — sopoldan qilingan ossuriy (ostadon)larga solishib, maxsus bostirmalarda saqlaganlar2. “Vendidod”da bayon qilinishicha, marhumlarga tegib makruh bo’lgan kiyimlarni quyosh nurida poklash lozim bo’lgan. Marosimiy “makruh” bo’lgan uyni poklash uchun esa “Avesto” “Goh”larini uch marotaba o’qish lozim bo’lgan. Namangan viloyatining Kosonsoy, Chust, Pop, Yangiqo’rg’on tumanlarida dafn marosi vaqtida marhumni qabristonga olib borishda ishlatilgan ko’rpa, yostiq, ko’rpacha, palak kabi narsalar qabristondan qaytib kelinganidan so’ng bir kecha-kunduz yulduz ko’rsin deb tashqariga osib qo’yilgan. Toshkent viloyati va Toshkent shahrida esa marhumni qabristonga olib borishda ishlatilgan ko’rpa, ko’rpachalar bilan birga marhumning kiyimlari ham yulduz ko’rsin deb tashqariga yoyilgan. Biz bunda osmon yoritgichlari — oy, yulduz va quyoshning poklovchilik xususiyatiga bo’lgan ishonchni kuzatamiz. Qolaversa, bu odat ham qaysidir ma’noda zardushtiylik an’analari izlaridan bo’lsa kerak. Zardushtiylarning dafn marosimlarida ruhoniylar va marhumning qarindoshlari uch kecha- kunduz davomida zardushtiylarning maxsus duolarini o’qib turganlar. Marosimlar davomida suv ichish va ovqatlanish man etilgan. To’rtinchi kun boshlanishi bilan, o’likning ruhi narigi dunyoga uchib ketganidan so’ng murda shahar, qishloq, qo’rgonlaridan chetdagi tepalik yoki tog’-u toshlarga chiqarib, ochiq qo’yilgan3. Zardushtiylikdagi ko’plab marosimlarning odatlari xalqimizning turmush tarzida bugungi kungacha saqlanib qolgan. Jumladan, dehqonlarimizning hayoti, mehnati va hosilni yig’ish bilan bog’liq holda o’tkaziladigan bayramlarning ko’pchiligi bevosita zardushtiylik an’analari bilan bog’liqdir. Xalqimiz dehqonlar yerga urug’ qadash munosabati bilan “Dalaga qo’sh chiqarish”, “Shoxmoy”, “Ekin sayli”, “Qo’sh oshi” nomlari bilan yuritiluvchi maxsus marosimlarni o’tkazgan. Hosilni yig’ib olishda esa g’allakorlar tomonidan “Ona bug’doy”, “Xirmon to’yi”, “Hosil bayrami” kabi tantanalar o’tkazilgan. “Ona bug’doy” marosimida oxirgi tutam bug
Доказательный фрагмент
«This article talks about Zoroastrian holidays and rituals, funeral rites, and Zoroastrian traditions that are still preserved among our people today.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article talks about Zoroastrian holidays and rituals, funeral rites, and Zoroastrian traditions that are still preserved among our people today. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Sidrapushlik, logamzodan, kamarbastan, Vendidod, Avesta, Navroz, Mehrjan, Сидрапушлик
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
МонографииK.J.Murodov2026