К содержанию
РецензированоRU2026

АГРОБИОЛОГИЯ ПЕРСПЕКТИВНЫХ МЕСТНЫХ СОРТОВ МИНДАЛЯ

И. Саматов · Д. Эшдавлатова

Современная наука и исследования · 2026

Аннотация

This article talks about the issues of agrobiology of promising local almond varieties. During the article, reasonable opinions and considerations are mentioned. Key words: agrobiology of promising local almond varieties, subtropical plant. АГРОБИОЛОГИЯ ПЕРСПЕКТИВНЫХ МЕСТНЫХ СОРТОВ МИНДАЛЯ Аннотация. В статье рассмотрены вопросы агробиологии перспективных местных сортов миндаля. В ходе статьи приводятся обоснованные мнения и соображения. Ключевые слова: агробиология перспективных местных сортов миндаля, субтропическое растение. Bodom - janubiy, subtropik oʼsimlikdir. U Markaziy Osiyo, Oʼrta Yer dengizi, markaziy Аmerika, bir qator Yevropa mamlakatlarida (Italiya, Frantsiya, Qrim, Kavkaz orti) tarqalgan. Bodom issiqsevar, qurgʼoqchilikka oʼta chidamli, kserofit oʼsimlik boʼlganligi sababli yiliga 500-700 mm dan ziyod yogʼin yogʼadigan Toshkent, Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarining togʼ va togʼoldi qiyaliklarida qadim zamonlardan beri oʼsib hosil berib keladi. Yangidan barpo qilingan bodomzorlardan tashqari tabiiy oʼrmonlarda yovvoyi holda ham oʼsuvchi turlari ham mavjud. Bu yerlarda ularning oddiy, mahaliy navlari bilan birgalikda Buxoro, Petunnikov, Tikanli, Kalmikov deb nomlanuvchi bodomning juda qimmatli navlari ham mavjudligi, undan halq xoʼjaligining koʼp tarmoqlarida foydalanilishi aloxida ahamiyatga ega. Danagi qotmagan xom bodomni shakarga qoʼshib yoki murabbo tayyorlab istemol qilish foydalidir. Shirin magʼizli bodomda 40-70% yegʼ, 20-25% oqsil, 6% shakar boʼlib, turli darmondori, organik moddalarga boy boʼladi va konditer sanoati uchun qimmatbaho xom ashyo xisoblanadi. Kunjarasida 10% gacha moy va koʼp miqdorda oqsil va uglevodlar boʼladi. Taqir bodom tarkibida yogʼ, oqsil, shakardan tashqari 2-2,5% amigdalin boʼlib, parfyumeriya sanoatida va meditsinada keng qoʼllaniladi. Bodomning poʼsti gaz yutadigan kumir tayerlashda, vinochilikda 149 vinoga xushboʼy hid, sifat va tam berishda foydalaniladi. Bodom poʼchogʼining kulida 40% gacha kaliy hosil boʼladi va oʼgʼit sifatida foydalaniladi. Bodom yogʼochi juda qattiq va chiroylidir, shuning uchun duradgorlikda va texnika uchun qimmatli ashyo hisoblanadi. Bodom 3-4 yoshidan hosilga kiradi, 12-18 yoshidan 35-40 yilgacha yaxshi hosil beradi. Yaxshi parvarishlansa 60-100 yil yashab hosil berishi mumkin. Bodom koʼchati kuzda yoki erta bahorda ekiladi. U yorugʼlikka talabchan boʼlganligi sababli qalinlikni yoqtirmaydi, tarkibida ohagi boʼlgan soz tuproqlarda yaxshi rivojlanadi. Bodomning ildiz sistemasi 6 metr chuqurlikgacha boradi, qurgʼokchilikka yaxshi chidaydi va togʼ-oʼrmon melioratsiya ishlarida ham muhim rol o’ynaydi. U qurgʼoqchilikka gʼoyat chidamli boʼlib, yer tanlamasdan, suvsiz, toshloq va togʼning unumsiz janubiy yon bagʼirlarida ham yaxshi oʼsa oladi. Bodomning bunday xususiyatlari Respublikamizning togʼ va togʼoldi lalmikor xududlaridagi oʼrmon xoʼjaliklarini xar tomonlama qoʼllab-kuvvatlash, ishlab chiqarish samaradorligini, iqtisodiy manfaatdorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Yangi bodomzorlar barpo qilishda ekiladigan navlarni tanlash muhim ahamiyatga ega. Bodom poʼchogʼining qattiqligiga qarab toʼrtta toifaga boʼlish mumkin: 1. Gʼalvirak bodom. Poʼchogʼi qogʼozdek yupqa, ikki barmoq bilan yengil chaqiladi. 2. Yumshoq poʼchoq bodom, poʼchogʼi yumshoq, gʼovak, ikkala qoʼlning barmoqlari yordamida chaqiladi. 3. Standart poʼchogʼli bodom, bolgʼa bilan sal urganda chaqiladi; 4. Qattiq poʼchogʼli bodom, poʼchogʼi qattiq, bolgʼa bilan kuchli urganda chaqiladi. Bodomning mahaliy navi Zavetniy Bodomning mahaliy navi Konsoy 150 Koʼchatzor barpo qilish uchun sugʼoriladigan, tekis yer ajratilib, kuzda gektariga 20-25 tonna chirigan goʼng va 150-180 kg fosforli oʼgʼit solinib 45-50 sm.gacha chuqurlikda haydaladi, 15-18 sm kultivatsiya qilinib borona qilinadi. Oraligi 70 sm boʼlgan egatlarga 6-8 sm chuqurlikda va 8-12 sm masofida urugʼlar qadaladi. Ob- xavo sharoitiga qarab oʼsish davrida 8-12 marta sugʼoriladi. Koʼchat qator oraligʼi har bir sugʼorishdan keyin yumshatiladi va begona oʼtlardan tozalanadi. Payvandlash oldidan kuchatzor albatta sugʼoriladi va tanasi pastki bachki novdalardan tozalananadi. Bodom iyulning uchinchi dekadasidan sentyabrning birinchi dekadasigacha, mevachilikda kullanadigan oddiy «T»-usulida ulanadi. Ikki haftadan soʼng payvandning tutgan yoki tutmagan miqdori aniqlanadi va tutmay qolganlari bodomning payvandostga oldin ulangan oʼsha nav kurtagi bilan qaytadan payvandlanadi. Kuzda payvand bogʼlami bir oz boʼshatib koʼyiladi va qish davomida bogʼlanma olib tashlanmaydi. Kelgusi yil erta bahorida koʼchatning payvand qilingan joyidan tepa qismi batamom kesib tashlanadi. Tutmay qolgan payvandlar oʼrniga yangi oʼsib chiqqan kurtaklarni qayta payvand qilish mumkin boʼladi. Kelgusi yilning erta baxorida bogʼlam olib tashlanadi. Koʼchat tez oʼsishi va payvand yaxshi tutishi uchun koʼchatlarni oʼz vaqtida va sifatli parvarishlash lozim. Koʼchatlarning oʼsish davrida gektariga 90 kg azotli, 60 kg fosforl

Доказательный фрагмент

«This article talks about the issues of agrobiology of promising local almond varieties.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article talks about the issues of agrobiology of promising local almond varieties. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
agrobiology of promising local almond varieties, subtropical plant, агробиология перспективных местных сортов миндаля, istiqbolli mаhаlliy bodom nаvlаrining аgrobiologiyasi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники