Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ЛЕЧЕБНЫЕ СВОЙСТВА РАСТЕНИЯ ИМБИРЯ (ZINGIBER OFFICINALIS L.)
Uzoqov G‘ulom Oqbo‘tayevich · Ko’chkeldiyeva Shahnoza Chorshanbiyevna (Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti q.x.f.dots.)
Современная наука и исследования · 2026
Аннотация
In this article, the biology, chemical composition, importance of ginger plant in agriculture and medicine, its use in food, as well as its medicinal properties, as well as the importance of the plant in the countries that grow this plant, are correct. information is given. Key words: ginger, carbohydrate, fat, riboflavin, thiamin, niacin, pantothenic acid, pyridoxine, choline, gingerol, India, China. ЛЕЧЕБНЫЕ СВОЙСТВА РАСТЕНИЯ ИМБИРЯ (ZINGIBER OFFICINALIS L.) Аннотация. В данной статье рассматриваются биология, химический состав, значение растения имбирь в сельском хозяйстве и медицине, его использование в пищу, а также его лечебные свойства, а также значение растения в странах, где выращивается это растение. информация дана правильно. Ключевые слова: имбирь, углеводы, жиры, рибофлавин, тиамин, ниацин, пантотеновая кислота, пиридоксин, холин, гингерол, Индия, Китай. Zanjabilning shifobaxsh xususiyatlari keyingi bir necha o’n yilliklarda zamonaviy mutaxassislar tomonidan faol o’rganilmoqda. Tarkibida biriktiruvchi moddalar va gingerol mavjudligi unga o’ziga xos yoqimli hid berib turadi, qator foydali xossalarga egaligi ham shundan kelib chiqadi. 145 Bugungi kunda zanjabil ko’pgina tabiiy dori-darmonlar tarkibiga kiritilib, organizmni turli kasalliklardan himoya qilishda va bir qancha kasalliklarga qarshi kurashda keng isteʼmol qilinmoqda. Ayollarda homiladorlikdagi ko'ngil aynishi, organizmning turli xil shamollashlari, sovuq kunlarda tumov ko'paygan mavsumda immunitetni kuchaytirish, kasallikning oldini olish maqsadida qaynoq sut yoki choyga bir oz zanjabil ildizidan qo'shib ichish inson sog'ligi uchun benihoyat foydali ekanligini mazkur tadqiqotlar isbotladi. Tarixiy jihatdan zanjabil miloddan avvalgi toʼrtinchi asrda oshqozon ogʼrigʼi, koʼngil aynishi, diareya kasalliklarini davolashda qoʼllanilgan. Shuningdek, zanjabil ishtahani ochuvchi, immunitetni koʼtaruvchi dori vositasi sifatida ishlatilgan. Zanjabil bir vaqtning oʼzida oshqozon harakatini yaxshilaydi. Xavfsizligi sababli zanjabil muntazam ravishda homilaga zararli taʼsirisiz homiladorlikda qoʼllaniladi. Аsosan, tropik va subtropiklarda tarqalgan. Janubiy va Janubiy- Sharqiy Osiyoda oʼstiriladi. Zanjabil yer osti qurigan ildizi hushboʼy hidli va mazali boʼlib, hamma qismida efir moyi bor. Maydalanmagan zanjabilning xushboʼy hidi maydalanganiga nisbatan uzoq saqlanadi. Tuyib elaklangan talqoni tabobatda jigar, yurak, meʼda xastaligini davolashda ishlatiladi (asal bilan birga choynakka damlab ichiladi). Oziq-ovqat sanoatida konditer mahsulotlari ishlab chiqarishda va pazandachilikda baʼzi ovqatlarga (pishish oldidan) maydalangan holda ziravor sifatida solib ishlatiladi Bugungi kunda zanjabil koʼpgina tabiiy dori-darmonlar tarkibiga kiritilib, organizmni turli illatlardan himoya qilishda va bir qancha kasalliklarga qarshi kurashda keng isteʼmol qilinmoqda. Shu jumladan, Zanjabil jigarni tozalab, undan zaharli moddalarni chiqarib yuboradi, oʼt pufagini sogʼlomlashtiradi, ovqat hazm qilishni yaxshilashda ishlatiladi. Xususiyatlari nafaqat tanaga tibbiy ta’sir doirasiga taalluqli bo’lgan zanjabil samarali tabiiy afrodizyak sifatida ishlatiladi. Keng miqyosda turli moddalar libidoni kuchaytirishga yordam beradi, ayol va erkak jinsiy muammolarining namoyon bo’lishini yo’q qiladi. Ildiz reproduktiv organlarga qon oqimiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi va shu bilan tabiiy qo’zg’alishga erishiladi. Zanjabil erkaklar salomatligi uchun nihoyatda foydalidir. Hozirgi kunda tarqalishi rekord darajaga o’sib borayotgan prostata saratonining oldini olishga hissa qo’shadi. O’simlikning ildizi qadim zamonlardan beri libidoni oshirish vositasi sifatida ishlatilgan. Eronlik mutaxassislarning fikriga ko’ra, o’simlik jinsiy a’zolarga qon oqimini oshiradi va ularning ishiga foydali ta’sir ko’rsatadi. O’simlik vaqtinchalik yoki uzoq muddatli potensiyani oshirish uchun ishlatilishi mumkin. Zanjabil potensialni, libidoni oshiradi va prostata hujayralarining malign transformatsiyasini ehtimolini kamaytiradi. 146 Zanjabil; • jigarni tozalab, undan zaxarli moddalarni chiqarib yuboradi; • oʼt pufagini sogʼlomlashtiradi; • organizmni ichdan qizdiradi; • ovqat xazm qilishni yaxshilaydi; • immun tizimini mustahkamlaydi; Shubhasiz, zanjabilning dunyodagi koʼpchilik xalqlar oʼrtasida maʼlum-mashhurligi uning shifobaxsh xossalari bilan bogʼliq, bu esa, uning kasalliklarning oldini olish va ularni davolashda universal tabiiy vositaligidandir. Zanjabilda, shuningdek, kaliy, magniy, mis, kalsiy oksidi va B-6 vitamini mavjud bo'lib, inson organizmi uchun zarur bo’lgan kundalik ehtiyojining 3 %ini qondiradi. Tabobatda qorin og'rig'i va gaz yig'ilib dam bo'lishini yengillatishda ham ishlatiladi. Zanjabilni imom Ibn Qayyim “At-tibbun-nabaviy” asarida “qizdiruvchi, hazmi taomni yengillatuvchi, qorinni yumshatuvchi, me'da va ichaklarda yig'ilgan yellarni haydovchi, balg'am haydab qurituvchi, kuch-quvvatni ko'paytiruvchi shifobaxsh giyoh” deb ta'riflagan. Hozirgi zamon tibbiyoti ilmiy tadqiqotlari har
Доказательный фрагмент
«In this article, the biology, chemical composition, importance of ginger plant in agriculture and medicine, its use in food, as well as its medicinal properties, as well as the importance of the plant in the countries…»
Образец извлечения
Демо-превьюIn this article, the biology, chemical composition, importance of ginger plant in agriculture and medicine, its use in food, as well as its medicinal properties, as well as the importance of the plant in the countries… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ginger, carbohydrate, fat, riboflavin, thiamin, niacin, pantothenic acid, имбирь, углеводы, жиры, ginger, carbohydrate, fat, zanjabil, uglevod, yog’
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Выпускные квалификационные работыUtegenova Gúlbaxar2015
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026