Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ОБРАЗ ЦВЕТА В ПОЭЗИИ ХАЛИМЫ ХУДОЙБЕРДЫЕВОЙ
Nasiba Kurbanbayeva
Современная наука и исследования · 2026
Аннотация
This article reveals the charm of Halima Khudoyberdiyeva's poetry and the beautiful color image used in it. Reasonable opinions and comments are given throughout the article. Key words: charm of Halima Khudoyberdiyeva's poetry, poetic verses, color image. ОБРАЗ ЦВЕТА В ПОЭЗИИ ХАЛИМЫ ХУДОЙБЕРДЫЕВОЙ Аннотация. В данной статье раскрывается очарование поэзии Халимы Худойбердиевой и красота использованного в ней цветового образа. На протяжении всей статьи даются обоснованные мнения и комментарии. Ключевые слова: очарование поэзии Халимы Худойбердыевой, поэтические стихи, цветовой образ. So‘z orzuning egiz og‘asidir, u sizga shunday bir sirli eshikni ochib beradiki, bu eshik orqali siz istagan vaqtingizda erkinlikka chiqa olishingiz mumkin. Ryukkertning she’riy misralarini eslaylik. Shuman ularni musiqaga solgandan keyin bu misralar yanada chuqurroq ta’sirchanlik kasb etdi: “Qanot bering, parvoz qilayin, adirlar-u vodiylar osha, ortda qolsin hamma- hammasi, hatto hayot, hatto ajal ham!”1. Halima Xudoyberdiyeva ijodiga nazar tashlaydigan bo‘lsak u ham ruh kishisi, erkinlikka, go‘zalikka tashna qalb egasi. O‘z dunyosida bog‘larni yaratgan, turfa ranglar va sezimlarni jo qilgan betakror ijodkor. Lingvistik epitetlarni xromatik semantika bilan qo‘llash an’anasi Halima Xudoyberdiyeva ijodiga ham xos jarayon. Shoira badiiy, g‘oyaviy va ifodaviy vositalar tizimida kolorizmdan faol foydalangan. Shoiraning rang-barang 1 Yan Parandovskiy. So'z kimyosi // Jahon adiblari adabiyot haqida. –T.: Ma’naviyat, 2010. 112 ijodi qanchalik yorqin ekanligini uning she’rlari asoslab beradi. Ijodkor inson ruhiyati, dunyo qonuniyatlari, ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni tasvirlash uchun ranglar assotsiatsiyasidan keng foydalangan. Men sen bilan xayrlashgan tun qaro edi, qaro edi, Tun bag‘ri but, mening bag‘rim yaro edi, yaro edi.2 Ma’lumki, qora rang bilan bog‘liq ramziy obrazlar qadimda aksariyat hollarda dahshat, yer osti dunyosi, ya’ni o‘liklar olamining ramzi, yovuzlik ma’nolarini ifodalagan. Tun ramzi ham shu singari salbiy bo‘yoqdorlik kasb etadi. Keyinchalik an’anaviy ramzlar mazmunida kengayish yuz berdi. Jumladan, mumtoz va hozirgi she’riyatda qora rangni ma’shuqaning ko‘zi, qoshi, sochiga nisbatan ishlatilganda ijobiy ma’no, qismat, tun so‘zlariga nisbatan qo‘llanilganda yovuzlik, dahshat kabi salbiy mazmun anglashiladi. Misralarda qaro edi va yaro edi birikmalarining takrori ijodkor ruhiyatida sodir bo‘layotgan jarayonlarni, kechinmalarni bo‘rttirib ko‘rsatishga xizmat qilgan. Shu bilan birga tun ijodkor o‘zi va fikrlari bilan yolg‘iz qoladigan, sukunat va qorong‘ulikni o‘z bag‘riga singdirgan ajoyib fursat. Jamiki voqelikni, sir-sinoatlarni yutib yuboradiganday ifodalanuvchi tun ijodkor uchun ma’lum ma’noda sirdosh vazifasini bajaradi. Shoir bu holatini kimsa ko‘rishini, ko‘rib kimdir rost yana kimdir yolg‘on deb o‘ylashini istamaydi. Shuning uchun ham barchasi tun bag‘rida qolgani ma’qul. Xalqimizda “Kasalni yashirsang isitmasi oshkor qiladi” deganlaridek, ijodkor ham tiliga ishonadi, lekin so‘lg‘in rangi o‘ziga itoat qilmay holatini sotib qo‘yishidan xavotirda. Tilimga-ku ishonchim bor, itoatsiz so‘lsa rangim, Men tinglarman yulduzlarning sukutinmas, sho‘x jarangin, Yarqiroq oy shu’lasida tol-tol bo‘lib eshilarman, Xushbaxt do‘stlar davrasiga o‘zim urib, qo‘shilarman3 Misralarda ijodkor inson ruhiy holatini tasvirlash bilan birga go‘zal tabiat tasvirini ham chizgan. She’rni o‘qish barobarida kitobxon tasavvurida go‘zal manzara jonlanadi. Odatda tun paytida sukunat hukmron bo‘ladi. Lirik qahramonda esa buning aksi, u tunda yulduzlarning sukutinimas, jarangini tinglaydi. Oyning yorqinligi ham lirik qahramon holatiga qarama-qarshi qo‘yilgan. Ammo so‘nggi misra fikrimizni oydinlashtiradi, ijodkor ruhiy holatni yashirishni, 2 Xudoyberdiyeva H. Tanlangan asarlar. – Toshkent: “Sharq nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati, 2020. 3 Xudoyberdiyeva H. Tanlangan asarlar. – Toshkent: “Sharq nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati, 2020. 113 birovga sezdirmaslikni istaydi. Shu bilan birga, har bir tunning tongi bo‘lgani kabi shoir ham bir kun oppoq tonglar otishiga va hatto bu tong birinchi davradayoq ekanligiga ishonchi komil. Tunda oy yog‘dusidan taraladigan nur qorong‘ulik qa’rida qolgan kishiga bir ilinj bo‘lgani kabi lirik qahramon uchun ham yorug‘likka yetishishiga ishonch va birlamchi nishona bo‘lib xizmat qiladi. Ijodkor dardi, dil armonlari va ular qoldirgan izlar tun bag‘rida unutilishga mahkum. Aminmanki, avjim bilan shu birinchi davradayoq O‘zimga tong yaratarman, tongim mening otar oppoq, Tunda qolar dardim mening, nurlar chayar yuzlarimni, Unutishning seli yuvar, dilning armon, izlarini. So‘nggi band ham yuqoridagi misralarning mantiqiy davomi. Fikrlar tadrijiy rivojlanib, hissiy-emotsional bo‘yoqdorlikni oshiradi. Lirik qahramon achchiq o‘ylar girdobidan o‘zini olib chiqib, nur qo‘ynida gul yanglig‘ ochiladi. So‘kilgan dil choklarining bitishini, ba’zida esa gul hasratlardan ortiq yashnab
Доказательный фрагмент
«This article reveals the charm of Halima Khudoyberdiyeva's poetry and the beautiful color image used in it.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article reveals the charm of Halima Khudoyberdiyeva's poetry and the beautiful color image used in it. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- charm of Halima Khudoyberdiyeva's poetry, poetic verses, color image, очарование поэзии Халимы Худойбердыевой, Halima Xudoyberdiyeva she’riyatining jozibasi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024