Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
КОММЕНТАРИИ К ХУДОЖЕСТВЕННОМУ СТИЛЮ
Yulduz Turdiyeva · Alisher Navoiy nomidagi ToshDO’TAU
Современная наука и исследования · 2026
Аннотация
In this article, the concept of style and its essence are thoroughly analyzed. Throughout the article, comments about the artistic style were made. Key words: concept of style, artistic style, creative style, rare works. КОММЕНТАРИИ К ХУДОЖЕСТВЕННОМУ СТИЛЮ Аннотация. В данной статье подробно анализируется понятие стиля и его сущность. На протяжении всей статьи делались замечания по поводу художественного стиля. Ключевые слова: понятие стиля, художественный стиль, творческий стиль, редкие произведения. Hamma davrlarda ham uslub, bu xoh ijodkor uslubi, xoh asar uslubi bo’lsin, adabiyot uchun, uning muvaffaqiyati uchun muhim ahamiyatga ega bo’lib kelgan. Zero, bugungi kundagi nodir asarlar, asrlarni-da ortda qoldirib kelib, o’z muxlislarini yo’qotmayotgan ijod mahsullari, ijodkorning yodini-da boqiy qilishga xizmat qilgan badiiy durdonalar tom ma’noda uslub hodisasi mahsulidir. Badiiy uslub haqida so’z yuritar ekanmiz, Abdurauf Fitratning uslub haqidagi mulohazalariga to’xtalib o’tishimiz joizdir, zero, uslub haqidagi o’zbek adabiyotshunoslari tomonidan qilingan izchil nazariy ta’rif yoxud izohlar Fitratning “Adabiyot qoidalari” asaridan boshlanadi desak, yanglish bo’lmaydi. “Yuqorida so’yladik: butun o’zbek yozg’uchilarining ifodalari o’zbekcha bo’lg’ani holda har birining o’ziga maxsus bir uslubi bordir. Biroq, uslubdag’i bu hol tuban, kuchsiz adib – yozg’uchining asarlarida o’zini ochiq ko’rsata olmaydir. Kuchsiz yozg’uchilarning uslublari bir-biriga o’xshab qoladir. Ular oddiy uslubda, umumiy til uslubida yozadir. Shoir – yozg’uchi san’atkorlikda ko’tarila borgani sayi(n) o’ziga maxsus bir uslub yarata boshlaydir. Shoirning xayol, o’y, tushunish shakllari tugal, komil bo’lg’ach, o’ziga yarasha bir uslub borliqqa chiqqan bo’ladir” [1:17]. Ta’rifdan anglashilib turibdiki, uslubning kuchi, ta’siri 104 yozuvchining, asarning muvaffaqiyatini ta’minlashda asosiy o’rin tutadi. Har bir shaxsning takrorlanmas DNKsi kabi uslub ham alohidalik kasb etib, muallifining har bir ijod mahsulida o’z izini qoldiradi. Yana bir e’tiborli jihat shundaki, ijodkor o’sgani sari uslubning ham rivojlanib borishi izohda keltirib o’tiladi, demak, badiiy uslub yozuvchi bilan birga o’sishda va izlanishda bo’ladi. Darhaqiqat, yozuvchilarning ilk nashrdan chiqqan hikoya yoxud romanlari bilan yetuklik davriga yetgan asarlarini solishtirar ekansiz, muallifning asardan-asarga yuksalib borganiga guvoh bo’lasiz. “Mabodo avtor o’z uslubiga ega bo’lmasa, uning yozuvchiligi to’g’risida gap bo’lishi ham mumkin emas. Agar uning o’z tili, uslubi shakllangan bo’lsagina yozuvchiligiga umid bog’lash mumkin. Shundan keyingina bu ijodkor yaratgan asarlarning boshqa tomonlari to’grisida fikr yuritish mumkin bo’ladi. Chunki asarning nutq tuzilishida badiiy uslubning barcha fazilat hamda xususiyatlari mujassamlashgan bo’ladi”[2:8]. Ijodkor kuzatishlari mobaynida tabiatning kichik hodisalaridan tortib, kishilar hayotida yuz bergan turli voqea-hodisalarning mayda detallarigacha diqqatini qaratadi, ularning orasidan e’tiborini tortgan, muhim deb bilgan jihatlarni asari g’oyasini yoxud mazmunini ifodalashda foydalandi, boshqa bir ijodkor qalamga olgan mavzuni o’z uslubida, go’yo yangi “hodisa”dek tasvirlaydi, bu esa albatta uning mahoratiga bog’liq. Shu boisdanmi, necha turfa janrlarga mavzu bo’lgan, ne-ne ijodkorlar tomonidan kuylangan sevgi, sadoqat kabi mavzular haligacha o’lmas, dilga yaqindir. Shuningdek, adabiyotshunos olim Hamidulla Boltaboyev o’zining “Nasr va uslub” kitobida uslub xususida chuqur nazariy mulohazalar yuritar ekan, uslubning o’rganilish tarixidan tortib, unga doir qilingan ishlar haqida ham bir muncha ma’lumot keltirib o’tadi. Muallif uslubning turli davrlarda turlicha talqin qilinganiga, turli jihatdan nomlanganiga alohida to’xtaladi va uslub haqida so’z yuritishdan avval, uning ikki ma’nosini farqlab olish lozimligini uqtiradi: “Shuni ham ta’kidlash joizki, uslub tushunchasini “umuman” (barcha yuqoridagi ma’nolarini birlashtirgan holda) o’rganib bo’lmaydi, “uslub” so’zini qo’llashdan avval u badiiy asarga nisbatan aytilyaptimi yozuvchining ijodiy o’ziga xosligi nazarda tutilyaptimi va yoxud boshqa ma’nolarda kelyaptimi farqlab olish zarur ” [3:4]. Darhaqiqat, ma’lum bir asar ijodkorning iste’dodini, o’ziga xos yo’nalishini aks ettirsa, boshqa bir asarda muallif faqatgina shu asarga xos va mos bo’lgan usulni, uslubni qo’llaydi va bor mahoratini bir asarida keng namoyon eta olmasligi mumkin. Shuning bilan birga, shunisi e’tiborliki, ijodkor yaratayotgan ijod mahsuliga o’zidagi borini beradi, imkoniyati doirasida o’zidagi eng yaxshilarini sarf etadi va o’z navbatida asar muallifning mehnati mevasi, tajribasi mahsuliga aylanadi, shunday ekan, asar bunda nafaqat o’z uslubini, balki ijodkor uslubinida o’zida namoyish etib boradi. Bir so’z bilan aytganda, yozuvchi yoxud shoir o’z ijod mahsulida o’z uslubi va asari uslubini birgalikda namoyon etadi. Adabiyotshunos olim yozganlaridek: “Demak, uslub tushunchasini 105 dastkabki ikki ma’nodan biri
Доказательный фрагмент
«In this article, the concept of style and its essence are thoroughly analyzed.»
Образец извлечения
Демо-превьюIn this article, the concept of style and its essence are thoroughly analyzed. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- concept of style, artistic style, creative style, rare works, понятие стиля, uslub tushunchasi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Выпускные квалификационные работыUtegenova Gúlbaxar2015
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026