К содержанию
РецензированоUZ2026

YOSHLARNI MILLIY G‘OYA RUHIDA TARBIYALASHDA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARINING O‘RNI

ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · MUHIM JIHATLARI (in-academy.uz/index.php/si) · Madraximov Jahongir (in-academy.uz/index.php/si) · Madrakhimov Jahangir (in-academy.uz/index.php/si)

Наука и инновация · 2026

Аннотация

This article analyzes the important aspects of ideological prevention among young people. The role of ideological prevention in moral, spiritual and social education among young people, effective methods and approaches to its implementation are discussed. At the same time, the relevance of prevention among young people in the fight against modern ideological threats is highlighted. Kalit so'zlar: Yoshlar, mafkuraviy profilaktika, ma'naviyat, axloqiy tarbiya, ijtimoiy tarbiya, zamonaviy tahdidlar, yondashuvlar, profilaktika usullari. Key words: Youth, ideological prevention, spirituality, moral education, social education, modern threats, approaches, methods of prevention. Kirish: Hozirgi zamonda yoshlar o‘rtasida mafkuraviy profilaktika olib borishning ahamiyati ortib bormoqda. Yoshlar dunyoqarashi, ma'naviyati va axloqiy tamoyillarini shakllantirish maqsadida profilaktika tadbirlari amalga oshirilmoqda. Ushbu maqolada yoshlar o‘rtasida mafkuraviy profilaktika olib borishning muhim jihatlari va usullari tahlil qilinadi. Metodlar: Tadqiqotda adabiyotlar tahlili metodlari qo‘llanildi. Asosiy e'tibor o‘zbek milliy ta’lim tizimi, ma'naviyat va axloqiy tarbiya yondashuvlarini o‘rganishga qaratildi. Shuningdek, zamonaviy olimlarning asarlari ham tahlil qilindi. Keltirilgan ma'lumotlarga muhim dalillar bilan bog‘liq misollar keltirilgan. Natijalar: Umuman olganda globallashuv sharoitida turli yot g‘oyalarni kirib kelishi va ularga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirishda mafkuraviy profilaktika zaruriy vazifalardan biriga aylanmoqda. Mafkuraviy profilaktika – ijtimoiy institutlar tomonidan 60 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si amalga oshiriladigan turli shakldagi g‘oyaviy-mafkuraviy ishlar majmui bo‘lib, u butun g‘oyaviy tarbiya tizimini qamrab oladi. Mafkuraviy profilaktika g‘oyaviy bo‘shliqni tugatish, mafkuraviy profilaktikaning oldini olish yoki biror-bir hudud, qatlam, guruhni yot va zararli g‘oyalar ta’siridan xalos qilish maqsadida amalga oshiriladi. Bunda g‘oyaviy ta’sirning xilma- xil usul va vositalaridan foydalaniladi. Mafkuraviy profilaktika tezkor va qisqa sur’atda yoki asta-sekin, bosqichma-bosqich amalga oshirilishi mumkin. Birinchi holatda zudlik bilan chora-tadbirlar qo‘llash lozim bo‘lsa, ikkinchi holda doimiy va sobit qadamlik bilan ish olib borish ko‘proq natija beradi. Ta’kidlab oʻtganimizdek, mafkuraviy immunitet tizimini shakllantirishda ham mafkuraviy profilaktikaning o‘rni katta. Zero, u mohiyatan yot g‘oyalarning kirib kelishining oldini olish va ularni yo‘qotishga qaratilgan chora-tadbirlarga tayanadi. Yoshlarda ta’lim tarbiya va targ‘ibot va tashviqot tizimi orqali mafkuraviy profilaktikani amalga oshirishga yordam beradi. Yoshlarda sog‘lom mafkurani xalq qalbi va ongiga singdirishga xizmat qiladigan ijtimoiy tuzilmalar, oila, maktab, mahalla, davlat va jamoat tashkilotlari ham unda o‘z o‘rniga ega. Shuningdek, Vatan, xalq manfaatlarini, do‘stlik va birodarlikni, o‘zaro hurmat va bagʻrikenglikni targ‘ib-tashviq etuvchi ertaklar dostonlar, qoʻshiqlar raqslar, turli ko‘rinishdagi va mazmunga ega bo‘lgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar mafkuraviy profilaktikani amalga oshirish shaklidir. Yuqorida taʼkidlanganidek, mafkuraviy profilaktika mafkuraviy immunitet tushunchalari uzviy aloqador bo‘lib, muayyan bir yaxlitlikni o‘zida ifoda etadi. Zero, targ‘ibot va tashviqot ishlari va uning usul va vositalari mafkuraviy immunitetning shakllanishiga olib keladi. Yoshlarni u yoki bu maqsadga yo‘naltirish, tarbiyalash ikki tomonlama jarayon bo‘lib, bunda targ‘ibot subyektlari (targ‘ibotchilar, TV, radio, matbuot) va targ‘ibot obyektlari (shaxs, aholi) ishtirok etadi, bu esa o‘z o‘rnida profilaktika ishlarining samaradorligini belgilaydi. Targ‘ibot va tashviqot samaradorligi yoshlar siyosiy ongida targ‘ibotgacha va targ‘ibotdan keyingi darajalar orasidagi farqda bilinadi. Yoshlar mafkurasidagi o‘zgarishlar ilmiy yutuqlarga asoslangan holda olib borilsa, targ‘ibot va tashviqot samarasini aniqlash va takomillashtirish mumkin bo‘ladi. Mafkuraviy profilaktika samaradorligi, eng avvalo jamiyatni mafkuraviy tarbiyalashdan natija qanday bo‘lishi kerak ekanligini aniq belgilanishiga bog‘liq. Bu jarayonining eng muhim yo‘nalishlaridan biri mafkuraviy profilaktikadir. “Profilaktika” atamasi tabiiy fanlarda, ayniqsa meditsinada ko‘proq qo‘llanilishiga o‘rganib qolganmiz. U meditsinada kasallikning oldini olish va davolash jarayonining tarkibiy qismi sifatida tushuniladi. G‘oyalar falsafasi nuqtayi nazaridan “Mafkuraviy profilaktika” ijtimoiy institutlar tomonidan amalga oshiriladigan turli shakllardagi g‘oyaviy-tarbiyaviy, ma’naviy-ma’rifiy ishlar majmui bo‘lib, butun g‘oyaviy tarbiya tizimini qamrab oladigan faoliyatni ifodalash uchun qo‘llaniladigan tushunchadir. Mafkuraviy profilaktika g‘oyaviy bo‘shliqni tugatish, mafkuraviy parokandalikning oldini olish yoki biror-bir hudud, qatlam, guruhni yot va zararli g‘oyalar ta’siridan xalos qilish maqsadida amalga oshirila

Доказательный фрагмент

«This article analyzes the important aspects of ideological prevention among young people.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article analyzes the important aspects of ideological prevention among young people. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Youth, ideological prevention, spirituality, moral education, social, ijtimoiy media, milliy qadriyatlar, Milliy g‘oya, yoshlar tarbiyasi, internet, televideniye, radio, texnologiyalar., ommaviy axborot vositalari
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники