Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
МЕСТО МИФА О "ЗОЛОТОЙ КОЛЫБЕЛИ" В ИСТОРИИ КОКАНДСКОГО ХАНСТВА.
Ermatova Mushtariy Abdulla qizi
Современная наука и исследования · 2 · 2023
Аннотация
This thesis is devoted to the issue of legitimacy of the Khoqand Khanate. According to him, the description of the "Golden Cradle" narrative, which has become a part of the history of the khanate, in the sources and the comments given by the researchers were analyzed. In the 18th century, it was almost out of tradition to try to be a descendant of Genghis in the issue of legalization, but the reasons why the Ming dynasty chose this path were considered. Key words and expressions: "Golden Cradle", legalization, charisma, traditional, Babur dynasty, Chadak khojos, type. МЕСТО МИФА О "ЗОЛОТОЙ КОЛЫБЕЛИ" В ИСТОРИИ КОКАНДСКОГО ХАНСТВА. Аннотация. Данная диссертация посвящена вопросу легитимности Кокандского ханства. По его словам, проанализировано описание повествования о «Золотой колыбели», ставшего частью истории ханства, в источниках и комментариях исследователей. В XVIII веке в вопросе легализации было почти нетрадиционно пытаться быть потомком Чингиза, но рассматривались причины, по которым династия Мин выбрала этот путь. Опорные слова и выражения: «Золотая колыбель», легализация, харизма, традиции, династия Бабура, Чодак Ходжы, тип. Qo‘qon xonligi tarix zarvaraqalarida 1710 yildan 1876 yilgacha ruslar iste’losiga qadar mavjud bo‘lgan, Markaziy Osiyodagi yirik davlatlardan biri bo‘lgan. Har qanday sivilizatsiya va davlat borki, tashkil topadi, rivojlanishining cho‘qqisiga chiqadi va tanazzulga yuz tutadi. Qo‘qon xonligining tashkil topishi tarixiy manbalarning aksar qismida 1710-1709 yillar qilib ko‘rsatildi. Mazkur vaqtda hokimyatga kelgan sulola qachondan oshlab siyosiy maydonda ko‘rinish ola boshlagan ? Masala minglar sulolasining hokimyat tepasiga qachon kelganida emas, qanday kelganidadir. “Anjum at-tavorix” asarida Qo‘qon xonligining ibtidosi 1709 yilda Shohruxbiy tomonidan boshlanganligi e’tirof etiladi. Is’hoqxon Ibrat ham “Tarixi Farg‘ona” asarida Shohruxning taxtga kelishi ham 1709 yil qilib ko‘rsatilgan. Hozirda Qo‘qon tarixining ibtidosi bevosita “Oltin beshik” afsonasi bilan boshlanadi. “Oltin Beshik” afsona bo‘lsa, nima uchun xonlik tarixi uchun kerak bo‘ldi yokida “o‘ylab topildi”? 4 43 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Mazkur afsona manbalarda keltirilgan mazkur afsona ayrim jihatlarida farq qilsada, biroq asosiy g‘oya bir tarafga yo‘ltirilgan edi. Asosiy maqsad nimada edi? “Oltin beshik” masalasida bir qator Qoʻqon xonligi bilan shugʻullangan tarixchilar oʻz munosabatini bildirib oʻtadi. Fargʻonada vazifasi bilan mashgʻul boʻlgan Vladimr Nalivkin Petrovich oʻz asarida “Oltin beshik” voqeasi Mirzo Olim Mushrif bayon etgan tarix bilan deyarli bir hil koʻrinishda keltirilgan. Bunga sabab Nalivkin xonlikdan oldingi davrni bayon etishda “Ansob us-salotin” asari asosiy manbalardan biri boʻlgan. Skott Levi “Oltin beshik” masalasiga legitimatsiyaning bir koʻrinishi sifatida qaraydi. Bu jarayon aslida Shohruxbiy davrida boshlangan boʻlsa-da, rasman Olimxon hukmronligi tasdiqlangan. Qonuniylik daʼvolarini qoʻllab-quvvatlash uchun yangi mexanizmni ishlab chiqdilar. Ular diplomatik taʼsir oʻtkazish uchun xon unvoni bilan bogʻliq tortishish kuchidan foydalanganlar. Nasl-nasabni bevosita Boburga aloqador qilib, XV asrda mashhur boʻlgan temuriylar sulolasiga koʻtarish edi. Nega aynan Bobur degan savolga quyidagicha javob berish mumkin. Sababi u ajdodlar poytaxti Samarqandda hukmronlik qilgan oxirgi temuriy shahzoda edi. Qoʻqon xonligining siyosiy tarixi boʻyicha yana bir olim B.M.Bobojonovning tadqiqotlari alohida ahamiyat kasb etadi. Aynan “Oltin Beshik” masalasiga tadqiqotchi germenevtik tahlil qilib, bir qator tarixiy faktlar bilan uni nima uchun yuzaga kelganligini tushuntirib beradi. Legitimatsiya jihatdan hokimiyatni qonuniylashtirish davlatning hududi kengaytirilgandan soʻng mana shu hokimiyatga toʻla qonli haqli ekanligini isbotlash uchun Olimxon tomonidan tarixchilarga yuklatilgan vazifa hisoblangan. Eʼtiborli jihati legitimatsiyaning bunday koʻrinishi Amir Temurning taxtga kelishida ham qoʻllanilganligidadir. Amir Temurning ajdodlarini chingiziylarga borib taqalishi, ona tarafdan ham bu sulolaning bir vakili sifatida hokimiyatga toʻla qonli haqli ekanligini koʻrsatadi. Oʻz navbatida T.K.Beysembiyev “Oltin beshik” voqeasi talqinidan quyidagi maqsadlar koʻzga tashlanishini eʼtirof etadi: 1. Qoʻqon xonlari shajarasini temuriylar orqali Chingizxonga ulash (Qoʻqon xonlari shajarasini boshlovchisi Boburning oʻgʻli. Oltin beshik temuriylarning bobosi Bartanxon Chingizxonning bobosidir). 2. Oʻzbek qishloqlari Targava, Saroy va Jonkentlarning Oltin beshik taqdiriga bogʻliqligi; 3. Soʻfiylar, shu jumladan Fargʻonaning mashhur soʻfiylaridan Lutfulloh Chustiyning Oltin Beshikning ajdodlari taqdiriga aloqadorligi; 4. Shayboniylardan boʻlgan Abdullaxonning Oltin beshik avlodlaridan boʻlgan Chamashbiy taqdiriga aloqadorligini koʻrsatish. Bular bilan birga, T.K.Beysimbiyevning Oltin beshik avlodlari bilan bogʻliq ke
Доказательный фрагмент
«This thesis is devoted to the issue of legitimacy of the Khoqand Khanate.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis thesis is devoted to the issue of legitimacy of the Khoqand Khanate. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- and expressions: "Golden Cradle", legalization, charisma, traditional, Babur, “Oltin beshik”,, «Золотая колыбель»,
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025