Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ЭТАПЫ РАЗВИТИЯ ГЕОГРАФИИ ПОЧВ
Turdiyev Madiyor Najmiddinzoda · Berdiqulova Barno Nodir qizi · Ziyodova Dilfuza Mahmud qizi · Xudoyberdiyeva Marjon Boborahmat qizi
Современная наука и исследования · 2 · 2023
Аннотация
About the network of soil geography and its foundations. The history and stages of the development of the science. Key words: Soil geography, soil, land, zonation, land. ЭТАПЫ РАЗВИТИЯ ГЕОГРАФИИ ПОЧВ Аннотация. О сети географии почв и ее основах. История и этапы развития науки. Ключевые слова: География почв, почвы, земли, районирование, земельные участки. Bundan bir necha milliard yillar ilgari yer qattiq tosh va qoyalardan iborat bo'lgan. Unga suv, shamol, issiq va sovuq havo harorati ta'sir etib yemirgan va tuproqqa aylantirgan. Hosil bo'lgan yerda o'simliklar, hayvonlar paydo bo'lgan. Chunki o'simliklar yerdan erigan mineral tuzlarni ildizi orqali surish xususiyatiga ega. Tuproqlarning tabiatdagi va jamiyat hayotidagi roli g'oyat beqiyosdir. Tuproq organizmlar uchun hayot muhiti, ozuqa manbai hisoblanadi. Demak, tuproq deb, uniumdorlik hususiyatiga ega bo'lgan er yuzasining ustki, g'ovak qatlamiga aytiladi. Tuproq tugaydigan va tiklanadigan resurslarga kiradi. Tuzilishiga ko'ra 3 asosiy qatlamga ajratiladi: A- eng ustki gumus (chirindil) qatlam; V- mineral va organik birikmalar to'planadigan gorizont; S –tuproq vujudga keladigan ona jinsi. Tuproqning har bir gorizonti organik va mineral birikmalar aralashmasidan iborat. Tuproq tarixiy tarkib topgan murakkab, mustaqil tabiiy jism bo'lib o'zgaruvchidir. 1 gramm tuproqda 1 mln. dan ortiq sodda hayvonlar va tuban o'simliklar uchraydi. Ma'lumki, sog'lom unumdor 1 gektar erdagi tuproqda 3-3,5 milliard tonna mikro va mikroorganizmlar bo'lib, ular 8-12 tonnani tashkil etadi. Bularga dala sichqonlari, tuproqda yashovchi xilma-xil hasharotlar, yomg'ir chuvalchanglari kabilar kiradi. Ayniqsa, yomg'ir chuvalchangining tuproq strukturasini yaxshilashdagi roli juda kattadir. Yomg'ir chuvalchangi erda 1 metrga qadar chuqurlikda ―kanalchalar‖ qazib, ular orqali o'simlik ildizi tashqaridan nafas olishi va suv, oziq moddalar so'rishi imkonini beradi. Ular yilida ovqat hazm qilish organlari orqali 300-400 tonna tuproqni o'tkazib, tuproq unumdorligini oshiradi. Yomg'ir chuvalchangining er unumdorligini oshirishdagi ahamiyatini hisobga olib AQSh va ba'zan G'arbiy Yevropa mamlakatlarida uni ko'paytirib sotuvchi maxsus fermalar ishlab turibdi. 1 2 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Bunday ishlar respublikamiz va viloyatimizda ham tashkil etilmoqda. Inson paydo bo'libdiki, uning hayoti er bilan bog'liq. Chunki u erni yashash makoni, tirikchilik manbai va ishlab chiqarish vositasi sifatida qabul qilgan. Yеr yuzida turli qobiqlar o'rtasidagi aloqadorlik tuproq orqali amalga oshadi, tabiiy landshaftlarning asosi hisoblanadi, litosfera bilan atmosfera o'rtasida moddalarning o'zaro aloqasini sodir etadi. 16 Tuproq xalqning bebaho tabiiy boyligi va insonning yashashi uchun zarur bo'lgan hayot manbaidir. Chunki inson yashashi uchun kerak bo'lgan oziq- ovqat energiyasining 88% ini tuproqdan, 10% ini o'rmon va o'tloqlardan, 2% ini okeandan olmoqda. Tuproqning kishilik jamiyati uchun ahamiyati shundaki, o'z-o'zidan tozalash xususiyatiga ega bo'lib, tabiatdagi iflos moddalarni biologik yo'l bilan tozalaydi va neytrallashtiradi. Yеr yuzasining 2/3 (361 mln. km2) qismini suvliq, 1/3 (149 mln. km2) qismini tashkil etadi. Quruqlikning 13% i (1,9 mlrd. ga) haydab ekin ekiladi, 14% ini sug'oriladigan ekin maydonidagi yerlar tashkil etadi. Tuproq resurslarining ifloslanishi. Insonning tuproqqa ijobiy va salbiy ta'siri ajratiladi. Ijobiy ta'siriga tuproq hosildorligini oshirish, yerlarning holatini yaxshilash, yashil o'simliklar ekish, ixotazorlar tashkil etish, tabiiy o'g'itlar berish va hokazolar kiradi. Salbiy ta'siriga, shaharlar qurilishi, atrof-muhitning ifloslanishi, agrotexnik tadbirlarning talabga javob bermasligi, gidrotexnika tadbirlarining noto'g'ri yo'ga qo'yilishi, kimyoviy moddalardan me'yordan ortiq ishlatilishi, yaylovlarga chorva mollarini boqish, o'rmon va to'qaylarni qirqib yuborish va hokazolar ta'siri oqibatida erlar yaroqsiz holga keladi. Yеr inson uchun bebaho boyliklar, ammo inson bu boylikni saqlashni, undan oqilona foydalanishni hozirga qadar mukammal egallagan emas. Yerga nisbatan noto'g'ri munosabatda bo'lish tufayli hozirgacha 20 mln. kv.km unumdor yerning strukturasi buzilib, yaroqsiz holga kelib qoldi. Bu hozir foydalanib kelinayotgan yerdan qariyb ikki baravar ko'p. M: Sobiq Ittifoqda turg'unlik yillarida qurilgan irrigasiya inshootlar (suv ombori, kanallar) ta'sirida 12 mln. gektar unumdor yerning miliotariv holati buzilib sho'rlanib va zaxlanib ketdi va natijada tarkibi buzildi. Yuksak taraqqiy yetgan Yaponiya va G'arbiy Yevropa davlatlarida har bir metr yerni dengizga shag'al, tuproq to'kib o'zlashtirib olayotgan bo'lsalar, bizda esa har yili minglab gektar unumdor yer sho'rlantirib yaroqsiz holga keltirmoqdamiz. Yеrning sho'rlanishi, eroziyasi, cho'llashish jarayoni hamda uning salbiy oqibatlari. Tabiatda shamol va suv ta'sirida tuproqning emirilishi yoki eroziya
Доказательный фрагмент
«About the network of soil geography and its foundations.»
Образец извлечения
Демо-превьюAbout the network of soil geography and its foundations. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Soil geography, soil, land, zonation, land, География почв, почвы, земли, районирование, земельные участки., Tuproqlar geografiyasi, tuproq, quruqlik, zonallik, yer., Soil geography, soil, land, zonation, land.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025