К содержанию
РецензированоRU2023

ВАЖНЫЕ АСПЕКТЫ ОЦЕНКИ В ПРОФЕССИОНАЛЬНОМ ОБРАЗОВАНИИ

Boltayev Zafar Asrorovich · Alibekov Zafar Abdusamatovich

Современная наука и исследования · 2 · 2023

Аннотация

В этой статье рассматриваются важные аспекты оценки знаний учащихся в профессионально-техническом образовании. Ключевые слова: профессиональное образование, оценка, знания, навыки, квалификация, профессиональная компетентность, квалифицированный персонал, двойное образование. Kasb-hunarni o’rgatish keng qamrovli jarayon bo’lib, o’z ichiga maqsadni aniqlab olish, zarur shart-sharoitlarni tayyorlash, o’quv hajmini va vaqtini belgilash hamda uni yo’lga qo’yish bilan birgalikda nazorat yuritish orqali natijaga erishish kabilarni qamrab oladi. Bunda o’quv natijalarini baholash tushunchasi eng muhim jihatlardan biri hisoblanadi. Sababi, biz kasb o’rgatishda tanlagan kasbimizning qancha hajmini qancha vaqt davomida o’qitishimizni mo’ljallab olishimiz kerak bo’ladi. Shuningdek, kasb-hunar ta’limi o’qitish jarayoni davom etayorgan vaqtda ko’zlangan natijaga qay darajada erishilayotganligini baholab borish ham zarur. Chunki, baholash yordamida o’quvchining qaysi biri kasbni lozim darajada yetarli o’rganayotganligini, ta’lim jarayonida yo’l qo’yilayotgan xato va kamchiliklarni o’z vaqtida aniqlab olish hamda bularni o’z vaqtida bartaraf etish uchun imkon bor bo’ladi. O’zbekiston Respublikasida kasb-hunar ta’limida amalga oshirilayotgan islohotlar o’zining ijobiy natijalarini ko’rsatib bormoqda. Xususan, kasblarning murakkablik darajasidan kelib chiqib, professional ta’limning boshlang’ich, o’rta va o’rta maxsus bosqichlari joriy etildi. Professional ta’limning bu bosqichlari kasb o’rganishda qator qulayliklarni yaratganligi bilan birgalikda, professional ta’lim dasturlarining YUNESKO tashkiloti tomonidan qabul qilingan Ta’limning xalqaro standarti tasniflagichi (MSKO) darajalari bilan uyg’unlashuviga asos bo’ldi. Zomin tuman 2-son kasb-hunar maktabida olib borilayotgan kasb-hunar ta’limi davomida qo’llanilayotgan baholashning muhim jihatlariga e’tiboringizni qaratmoqchimiz. Kasb-hunar maktablarida baholash avvalo, o’qitilayotgan kasblarning malaka talablari hamda o’quv dasturlariga asoslangan holda tashkil etiladi. O’quv davrida ichki nazorat orqali boshlang’ich, oraliq hamda yakuniy nazoratlarda o’quvchilarni kasbni o’rganish darajasi baholashdan o’tkaziladi. 3 74 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Kasb-hunar ta’limida baholash jarayonida quyidagi uchta muhim tushunchalarga e’tibor qaratish lozim: 1. Bilim - muayyan kasb doirasida o’quvchilar o’rganishi, tushunishi lozim bo’lgan nazariy tushunchalar, iboralar, qoida va algoritmlar yig’indisi. 2. Ko’nikma - muayyan vazifani bajarish uchun egallangan qobiliyat. Ushbu qobilyat kasb-hunar ta’limida o’quvchilarning umumkasbiy va maxsus fanlardagi nazariy bilimlarni o’quv amaliyotlarida ishlab chiqarish ta’limi ustasi boshchiligida amaliyotda bajarib o’rganishi natijasida hosil bo’ladi. Ko’nikma hamisha bilimlarga asoslanadi. Shu bilan birgalikda, kasb-hunar ta’limida ko’nikmalar hosil qilish amaliy ko’nikmalar hisoblanib, u mehnat faoliyatini amalga oshirish, ya’ni biror kasbiy xizmat ko’rsatish yoki biror mahsulot yaratishga qaratiladi. 3. Malaka – muayyan kasbni yaxshi o’rganish natijasida orttirilgan mahorat. O’quvchilar nazariy mashg’ulotlarda o’rgangan bilimlari asosida o’quv amaliyotlarida ma’lum bir kasb doirasida xizmat ko’rsatish yoki mahsulot ishlab chiqarish ko’nikmalariga ega bo’lishadi. Shu bilan ular kasbni o’rganishadi. Lekin kasb egasi bo’lish o’rganuvchida malaka hosil bo’lgandagina to’laqonli bo’ladi. Malaka – o’quvchilar kasb o’rganishida biror ish jarayonida anglanilgan yoki anglanilmagan tarzda amalga oshiriladi. Harakatni bajarishda ongning borgan sari kamroq ishtirok etishi tufayli ish g’ayriixtiyoriy ravishda ijro etila boradi, ayrim mayda qismlarga e’tibor kamayadi. Faoliyatning ayrim bosqichlari avtomatik ravishda bajarilib ketilaveradi. Bunda diqqat hamma jarayonlarni idrok etishdan holi bo’ladi va faoliyat asosan natijaga qaratiladi. Buning natijasida topshiriq ravon va ortiqcha kuch sarflanmay tez va sifatli bajarila boradi hamda ijrochini “malakali kadr” deyish mumkin bo’ladi. Masalan, tajribali tikuvchi kiyim tikish jarayonida orada tikuv mashinasiga qaramasdan ham tezlik bilan tikaveradi. Natijada o’quvchi malakali kadrga aylanadi. Ammo baholashda o’quvchining malakasi ma’lum bir kasbiy topshiriqni ma’lum bir vaqt birligida sifatli va tez bajarishiga qarab baholanadi. O’quvchilarni baholash ko’rgazmali yoki musobaqa shaklida o’tkazilsa ham juda foydali bo’ladi. Chunki musobaqadagi yutuq va unga intilish o’quvchilarga qo’shimcha motivatsiya beradi. Bu esa malakalarining oshishiga yordam beradi. Musobaqani baholashda albatta yuqori natija ko’rsatganlarni rag’batlantirish lozim. Shundagina u o’z samarasini beradi. Kasb-hunar ta’limida yana bir tushuncha borki, uni baholash jarayonida xisobga olish kerak. Bu - kasbiy kompetensiyadir. Kasbiy kompetensiya - bilim, ko’nikma va amaliy tajriba asosida kasbiy faoliyatga tegishli vazifalarni bajarishda fao

Доказательный фрагмент

«В этой статье рассматриваются важные аспекты оценки знаний учащихся в профессионально-техническом образовании.»

Образец извлечения

Демо-превью

В этой статье рассматриваются важные аспекты оценки знаний учащихся в профессионально-техническом образовании. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
professional education, assessment, knowledge, skills, qualifications, professional education, assessment, knowledge, skills, qualifications, professional competence, qualified cadre, dual education, профессиональное образование, оценка, знания, навыки, квалификация, профессиональная компетентность, квалифицированный персонал, двойное образование., professional ta'lim, baholash, bilim, ko‘nikma, malaka, kasbiy kompetensiya, malakali kadr, dual ta'lim.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники