К содержанию
РецензированоUZ2026

MAKTABGACHA KATTA YOSHDAGI BOLALARNI KREATIV KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH USULLARI VA METODIKASI Toshpo'latova Inobat Ulug'bek qizi Namangan davlat universiteti

ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Toshpo'latova Inobat Ulug'bek qizi (in-academy.uz/index.php/si)

Наука и инновация · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarni innovatsion pedagogik texnologiyalar yordamida kreativ fikrlashga o’rgatishga doir zaruriy ma’lumotlar keltirilgan. Shuningdek maqolada kreativlik, innovatsion texnologiya, maktabgacha ta’lim, maktab Yoshi kabi tushunchalar mazmuni ham yoritilgan. Kalit so’zlar: maktabgacha ta’lim, tarbiyachi, kreativlik, qobiliyat, pedagogik texnologiya, innovatsiya, ta’lim, tarbiya, interfaol metod. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida maktabgacha yoshdagi bolalarning har tomonlama rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan pedagogik jarayon murakkab, shu bilan birga rangbarangdir. Ta’lim-tarbiya samaradorligiga erishishda maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi har bir faoliyat turini to’g’ri tashkil etish lozim. Hozirgi davr ta’lim taraqqiyotida yangi yo’nalish innovatsion pedagogikani maydonga olib chiqdi. Innovatsion - bu yangilik kiritish, yangilik degan ma’noni anglatadi. Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda pedagog faoliyatiga yangilik bo’lib, uni amalga oshirishda asosan interfaol metodlardan to’liq foydalaniladi. Interfaol metodlar - bu jamoa bo’lib fikrlash deb yuritiladi, ya’ni pedagogik ta’sir etish usullari bo’lib ta’lim mazmunining tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu esa maktabgacha ta’lim tashkiloti mashg’ulotlarida ta’lim-tarbiya berishda iterfaol usullardan foydalanishdan maqsad shundaki, bolalarni ijodiy fikrlashga o’rgatish, muammoli vaziyat- larni yecha olish ko’nikmasini rivojlantirish, bolalarni faollashtirish va ularda do’stona munosabatlarni shakllantirish. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tashkil etilayotgan mashg’ulotlarda qo’llanilayotgan interfaol usullar ta’lim samaradorligi hamda muhitini yaxshilaydi. Tarbiyachining kasbiy mahorati oshadi. Bolalar ijtimoiy muhitda, jamoasida o’z o’rnini his qila boshlaydi. Hozirgi kun talabi tez o’zgaruvchan, murakkab va o’zaro bir-biriga bog’liq dunyoda o’z o’rnini topa oladigan shaxsni tarbiyalashdir. Ta’lim innovatsiyasi deyilganda avvalo mashg’ulotlarda pedagogik texnologiyalardan foydalanish nazarda tutiladi. Texnologik yondashuv asta-sekin takomillashib innovatsion xarakterga ega bo’ldi. Har qanday yangilik egtiyoj natijasida yuzaga keladi. Ehtiyoj qanchalik yuqori bo’lsa, uning samaradorlik darajasi ham ko’tarilaveradi. Masalan maktabgacha ta’lim tizimida an’anaviy yo’nalishdagi mashg’ulotlar sistemasiga e’tibor berilganda , bu faoliyatda tarbiyachi obyekt bola subyekt rolini o’ynagan edi . Ya’ni faqat bola tinglovchi, tarbiyachi notiq sifatida gavdalangandi. Ammo barcha tajribalar ta’lim berishdagi bunday harakatlar samarali bo’la ololmasligini tasdiqladi. Natijada ta’limni samaraliligini belgilay oladigan yondashishlarni yuzaga keltirish zarurati tug’ildi. Ta’lim innovatsiyalari deyilganda ko’z oldimizga albatta yangi pedagogik texnologiyalar gavdalanadi. Pedagog ta’lim jarayonini innovatsiyalashda texnologiyani qo’llashni nazarda tutadi. Innovatsiya yangilik kiritish bo’lsa, texnologiya- mahorat, san’at sifatida gavdalanib, 8 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si innovatsion texnologiyalar yuzaga keladi. Demak, tarbiyachining innovatsion faoliyati, bu uning pedagogik mahorati belgisidir. Innovatsion texnologiyalarning har bir turi bolalarda faqatgina yangi bilim hosil qilishga xizmat qilibgina qolmasdan, balki ularda har tomonlama rivojlanish xizmat qila oladi. Ma’naviy savodxonligi sust bo’lgan inson hayot davomida uchrashi mumkin bo’lgan qiyinchiliklar oldida esankirab qolishi mumkin. Maktabgacha yoshdagi bolalarda kreativ tafakkurni rivojlantirishning muammosi ko‘pgina pedagog va tadqiqotchilarni qiziqtirgan muammo sifatida uzoq yillardan buyon o‘rganilib kelinmoqda. Boshqa ko‘pgina, sifatlar (fazilat) singari kreativlik ham birdaniga shakllanmaydi. Kreativlik muayyan bosqichlarda izchil shakllantirib va rivojlantirib boradi. Bolaning kreativligi uning tafakkurida, muloqotida, histuyg‘ularida, muayyan faoliyat turlarida namoyon bo‘ladi. Maktabgacha yosh davri ijodiy faol shaxsni shakllanishi uchun eng samarali davri, chunki aynan manashu davrda psixik jarayonlar progressive o‘zgarishlar kechadi va shaxsiy fazilatlar tezkor rivojlanadi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida ijodni rivojlantirish bolalarning turli faoliyatlari orqali, masalan, kommunikativ, amaliy o‘yinlar yordamida amalga oshadi. Maktabgacha yoshi - bu bolaning atrofida dunyoni faol o'rganadigan davr. Maktabgacha yoshdagi bolalar o'zlarining psixologik rivojlanish xususiyatlariga ega. Yurish boshlaganida, bola juda ko'p kashfiyotlar qiladi, xonada, ko'chada, bolalar bog'chasida joylashgan narsalar bilan tanishadi. Turli narsalarni yig'ish, ularni o'rganish, mavzudan kelib chiqqan tovushlarni tinglash, bu ob'ektning qaysi fazilatlari va xususiyatlari borligini biladi. Ushbu davrda bolaning ingl. - figurativ va ingl. Effektiv fikrlash shakllari yaratilgan Maktabgacha yoshdagi bolalar ko'pincha kamchiliklarini tanqid qilishadi, tengdoshlariga shaxsiy xususiyatlar beriladi, bolalar va kattalar o'rtasi

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarni innovatsion pedagogik texnologiyalar yordamida kreativ fikrlashga o’rgatishga doir zaruriy ma’lumotlar keltirilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarni innovatsion pedagogik texnologiyalar yordamida kreativ fikrlashga o’rgatishga doir zaruriy ma’lumotlar keltirilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
tarbiya, pedagogik texnologiya, interfaol metod., innovatsiya, ta’lim, kreativlik, maktabgacha ta’lim, tarbiyachi, qobiliyat
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники