К содержанию
РецензированоUZ2026

ZIRKDOSHLAR OILASI TURKUMI TURLARI HAMDA ULARNI DORIVORLIK HUSUSIYATLARI Sattorova Xurshida Nurmatovna Termiz davlat-muzey qo’riqxonasida ilmiy xodim

ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Sattorova Xurshida Nurmatovna (in-academy.uz/index.php/si)

Наука и инновация · 2026

Аннотация

ushbu maqolada ziradoshlar oilasiga mansub bo’lgan bir nechta o’simliklarning dorivorlik xususiyatlari haqida qisqacha ma’lumotlar keltirib o’tilgan. Ziradoshlar oilasi vakillarining tarqaladigan hududlarini bilib olish mumkin. Kalit so‘zlar: alkaloidli, glikozidli, efir moyli, vitaminli, pelterin tanat, ekstrakt, achchiqmiya, bodom, doʻgʻbuy, dorivor gulxayri, yongʻoq, jagʻ-jagʻ, zubturum, isiriq, itburun, omonqora, pista daraxti, sachratqi, choyoʻt, shildirbosh, shirinmiya, shuvoq, yantoq, yalpiz, kiyikoʻt, togʻrayhon, qizilcha, qoqioʻt. Tabiatimizdagi ko'p o'simliklar oziq-ovqatga sifatida ishlatilishi bilan qolmay dorivorlik xususiyatini ham namoyon qiladi. Olimlar tomonidan har bir o'simlikning o'ziga xos bo'lgan dorivorligi o'rganib chiqilgan. Ziradoshlar oilasining ba'zi turlarida ham shifobaxshlik bor. Zirkdoshlar (Berberidaceae Juss)- ikki urugʻpallalilar yoki magnoliyasimonlar sinfiga mansub oʻsimliklar oilasi. Ko’p yillik oʻt, buta yoki daraxtlar. Guli ikki jinsli, gulqoʻrgʻoni sariq, bir necha (4—5) qator boʻlib joylashgan, har bir qatorda 3 tadan gultojbarg bor. Koʻpchilik Z.ning gulida tojbarg bilan changchisi orasida shiradon — staminodiy boʻladi. Mevasi rezavor, baʼzan koʻsakcha yoki yongʻoqcha shaklida. Asosan, Shim. yarim sharning moʻʼtadil hududlarida usadi. Zirkdoshlarning bargi tarkibida alkaloidlar, ayniqsa, berberin koʻp. Ularning mevalari nordon, mazali boʻlganligidan turli xil taomlarga, jumladan, palovga solinadi, ovqatni xushtaʼm qiladi. Qora zirk keng isteʼmol qilinganligi uchun uning tusiga nisbat berib "qoraqand" deb ataladi. Tabobatda jigar xastaliklarini davolashda, isitmani pasaytiruvchi, ich ketishni toʻxtatuvchi va yurakni mustahkamlovchi vosita sifatida qoʻllaniladi. Arpabodiyon (Pimpinella anisum) — ziradoshlar oilasiga mansub bir yillik oʻtlar turkumiga kiradi, 2 ta turi bor. Oʻzbekistonda oddiy Arpabodiyon (Arpabodiyon Vulgare) ekiladi. Uning pastki barglari buyraksimon yoki uch boʻlakli, yirik arra tishli, yuqoridagilari barglari ipsimon, boʻlakchalarga boʻlingan. Gullari mayda, oq, murakkab soyabonga toʻplangan. Arpabodiyonning mevasi tarkibida 3,2%, baʼzan 6% gacha efir moyi va 28% gacha boshqa moylar bor. Efir moyi tarkibida 90% gacha anetol boʻladi. Mevasi va efir moyidan tayyorlangan preparatlar balgʻam koʻchiruvchi sifatida qoʻllaniladi. Arpabodiyon mevasi va efir moyi oziq-ovqat sanoatida ishlatiladi.Bundan tashqari arpabodiyon antiseptik, mikroblar, bakteriyalar va xavfli viruslani yo‘q qilish vazifasini ham bajargan Zira – ozdiruvchi ziravor. Zira ovqatga solinadigan va yog‗ hujayralarining to‗planib qolishini kamaytirish bilan birga ozishga yordam beruvchi ajoyib ziravor. Bu ziravor ortiqcha vazn hosil bo‘lishining oldini olishdan tashqari, oldindan mavjud bo‗lgan ortiqcha kilogrammlardan qutulishga ham yordam beradi. Zira yog‗ to‗qimalari miqdorini yuqori darajada kamaytiradi. Eron tibbiyot fanlari universitetida o’tkazilgan tadqiqotlarda o’zining ovqatlanish ratsioniga zirani kiritgan ayollar organizmida yog’‗ to’qimalari 14 foizga 16 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si kamaygani, shu vaqtning o’zida, nazorat guruhi qatnashchilariniki esa hatto to‘g‘ri ovqatlanish tartibiga qaramasdan 5 foizga kamaygani aniqlandi. Zira uyquning bir maromda kechishini yaxshilaydi. Agarda siz uyquga to’ymasangiz, unda ko’proq iste‘mol qilasiz — to’yib uxlamaslik ishtahani nazorat qila olmaslikka va moddalar almashinuvining sekinlashishiga olib keladi. Zira uyqusizlik bilan kurashishga yordam beradi. Zira qondagi qand miqdorini meyorga keltiradi. Zira hujayralarning insulinga va glyukozaga bo’lgan extiyojini kuchaytirish yo’li bilan qondagi shakar miqdorini ushlab turish vazifasini ham bajaradi. Zira qondagi shakar miqdorini nazoratda tutib turish bilan uglevodlarga bo’lgan intilishni yengadi va bizdagi to‘qlik hissini uzoqroq saqlab turadi. Zira hazmni yaxshilaydi. Zira hidi og’iz bo’shlig’idagi so’lak ajiralib chiqishini faollashtiradi, bu esa hazm qilish sistemasini ishga tushiradi va uning birinchi bosqichini yaxshilaydi. Zira tarkibidagi timol moddasi ovqat hazm qilish va so‘rilishda ishtirok etuvchi kislota, o’t va fermentlar ishlab chiqaruvchi bezlar faoliyatini tezlashtiradi. Shuningdek, zira yel haydovchi vosita hisoblanadi, ya‘ni u gaz yig’ilishi va qorin dam bo‘lishi kabi muammolarining ham yechimi ekanligini bildiradi Dorivor oʻsimliklar - odam va hayvonlarni davolash, kasalliklarning oldini olish uchun, shuningdek, oziq-ovqat, atir-upa va kosmetika sanoatida ishlatiladigan oʻsimliklar - giyohlar. Yer yuzida dorivor oʻsimliklarning 10-12 ming turi borligi aniqlangan. 1000 dan ortiq oʻsimlik turining kimyoviy, farmakologik va is xossalari tekshirilgan. Oʻzbekistonda dorivor oʻsimliklarning 700 dan ortiq turi mavjud. Shulardan tabiiy sharoitda oʻsadigan va madaniylashtirilgan 120 ga yaqin oʻsimlik turlaridan ilmiy va xalq tabobatida foydalaniladi. Hozirgi davrda tibbiyotda qoʻllaniladigan dori-darmonlarning qaryib 40-47% oʻs

Доказательный фрагмент

«ushbu maqolada ziradoshlar oilasiga mansub bo’lgan bir nechta o’simliklarning dorivorlik xususiyatlari haqida qisqacha ma’lumotlar keltirib o’tilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

ushbu maqolada ziradoshlar oilasiga mansub bo’lgan bir nechta o’simliklarning dorivorlik xususiyatlari haqida qisqacha ma’lumotlar keltirib o’tilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
vitaminli, glikozidli, doʻgʻbuy, omonqora, alkaloidli, isiriq, achchiqmiya, yalpiz, itburun, kiyikoʻt, shuvoq, bodom, efir moyli, yantoq, togʻrayhon, jagʻ-jagʻ, pista daraxti, shildirbosh, choyoʻt, sachratqi, pelterin tanat, dorivor gulxayri, ekstrakt, shirinmiya, zubturum, qizilcha, qoqioʻt., yongʻoq
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники