К содержанию
РецензированоUZ2017

EIHLARDAGI TADBIRKORLIK SUBYEKTLARINING SAMARALI FAOLIYATIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR Nazarov N. Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar

ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · TA’SIR ETUVCHI OMILLAR (in-academy.uz/index.php/si) · Nazarov N. (in-academy.uz/index.php/si)

Наука и инновация · 2017

Аннотация

Mazkur tezisda O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan erkin iqtisodiy hududlar (EIH) doirasidagi tadbirkorlik subyektlarining samarali ishlashiga ta’sir qiluvchi asosiy ichki va tashqi omillar chuqur tahlil qilinadi. Davlat tomonidan yaratilgan qulay huquqiy va institutsional muhit, soliq va bojxona imtiyozlari, zamonaviy infratuzilmaga ega bo‘lgan maxsus zonalarning tashkil etilishi, xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga doir choralar, shuningdek, kadrlar salohiyati va marketing strategiyalari – bularning barchasi ushbu subyektlarning samaradorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda. Tahlillar asosida EIHlarda tadbirkorlikni rivojlantirishda mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar ham beriladi. Kalit so‘zlar: erkin iqtisodiy hudud, tadbirkorlik subyekti, iqtisodiy samaradorlik, rag‘batlantirish, infratuzilma. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini modernizatsiya qilish va uning raqobatbardoshligini oshirishda erkin iqtisodiy hududlarning (EIH) o‘rni beqiyosdir. Bu boradagi islohotlar 2017-yil 26-oktabrda qabul qilingan PF-5281-sonli O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida erkin iqtisodiy hududlar faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni asosida yangi bosqichga ko‘tarildi [1]. Mazkur farmon bilan EIHlarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlariga qator soliq, bojxona va moliyaviy imtiyozlar berilib, ularning investitsion muhitini yaxshilashga alohida e’tibor qaratildi. Farmon asosida Navoiy, Jizzax, Angren kabi yirik EIHlar faoliyati kengaytirildi, u yerda zamonaviy infratuzilma ob’ektlari qurildi, xorijiy va mahalliy investorlar uchun “yashil yo‘lak” tizimi joriy etildi. Shu bilan birga, EIHlarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarining samarali ishlashi faqatgina davlat qo‘llab-quvvatloviga emas, balki qator boshqa omillarga ham bog‘liqdir. Ushbu omillarni chuqur tahlil qilish, kelgusida EIHlar samaradorligini yanada oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Quyida EIHlardagi tadbirkorlik subyektlari samaradorligiga ta’sir etuvchi omillar keltirilgan: 1. Huquqiy va institutsional omillar Tadbirkorlik subyektlarining samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun huquqiy aniqlik, huquqiy kafolatlar va adolatli tartibotlar muhim hisoblanadi. EIHlarda tadbirkorlik qilishga oid tartib va me’yorlar aniq belgilangan bo‘lib, ularning asosiy manbai bo‘lib PF-5281-sonli Farmon, “Erkin iqtisodiy hududlar to‘g‘risida”gi Qonun, Soliq va Bojxona kodekslari xizmat qiladi. Davlat tomonidan yaratilgan “yagona darcha” tizimi orqali EIHlarda ro‘yxatdan o‘tish, litsenziya olish va soliq hisobotlarini topshirish soddalashtirilgan. Bundan tashqari, EIHlarda faoliyat yurituvchi korxonalar mamlakatda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning bevosita manfaatdor subyektlaridan biri hisoblanadi [2]. 2. Soliq va bojxona imtiyozlari 16 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si EIH rezidentlariga 3 yildan 10 yilgacha bo‘lgan muddatlarda quyidagi imtiyozlar taqdim etiladi [3]: Yagona soliq to‘lovi yoki soliqdan ozod qilish (korxona foyda solig‘i, yer solig‘i, mol-mulk solig‘i); Import bojxona to‘lovlaridan ozod etish; Asosiy vositalarni olib kirishda QQSdan ozod etish; Foyda solig‘i bo‘yicha pasaytirilgan stavkalar joriy qilinishi. Bu imtiyozlar korxonalarga dastlabki yillarda xarajatlarni kamaytirish, ishlab chiqarish liniyalarini tezda ishga tushirish va raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish imkonini beradi. 3. Infratuzilmaning rivojlanganligi EIHlar tashkil etilayotgan hududlarda zamonaviy infratuzilmaning mavjudligi yoki uni jadal rivojlantirish davlat tomonidan moliyalashtiriladi. Elektr energiyasi, gaz, ichimlik suvi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, transport-logistika infratuzilmasi va tayyor ishlab chiqarish binolari mavjudligi korxonalar faoliyati uchun muhim resursdir. Masalan, Angren EIHda temiryo‘l terminallari, xalqaro avtomobil yo‘llari va bojxona terminallari mavjudligi ishlab chiqarilgan mahsulotlarni tezkor eksport qilish imkonini bermoqda. 4. Investitsion muhit va innovatsiyalar Xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda EIHlarning roli beqiyosdir. Chet el investorlari uchun moliyaviy xavflarni kamaytirish, mulk huquqining kafolatlanishi, erkin valyuta ayirboshlash va dividendlarni chet elga olib chiqish imkoniyatlari EIHlarning jozibadorligini oshirmoqda. Shu bilan birga, ko‘plab xorijiy investorlar o‘zlarining ilg‘or texnologiyalari va boshqaruv tajribasini olib kelmoqda. Bu esa mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun ham innovatsion o‘zgarishlarga turtki bo‘lib xizmat qiladi [4]. 5. Mehnat resurslari va kadrlar salohiyati Samarali faoliyat yurituvchi korxonalar uchun malakali mehnat resurslari muhim ahamiyatga ega. EIHlarga yaqin joylarda joylashgan kasb-hunar maktablari, texnikum va universitetlar orqali zarur kadrlar tayyorlanmoqda. Lekin ba’zi hollarda yuqori malakali muhandislar va texnologlar yetishmasligi sababli xorijdan mutaxassislar jalb qilinmoqda.

Доказательный фрагмент

«Mazkur tezisda O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan erkin iqtisodiy hududlar (EIH) doirasidagi tadbirkorlik subyektlarining samarali ishlashiga ta’sir qiluvchi asosiy ichki va tashqi omillar chuqur tahlil…»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur tezisda O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan erkin iqtisodiy hududlar (EIH) doirasidagi tadbirkorlik subyektlarining samarali ishlashiga ta’sir qiluvchi asosiy ichki va tashqi omillar chuqur tahlil… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
tadbirkorlik subyekti, infratuzilma., iqtisodiy samaradorlik, rag‘batlantirish, erkin iqtisodiy hudud
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники