К содержанию
РецензированоUZ2026

OLIY TAʼLIMDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VA IJODIY YONDASHUVLAR ORQALI TALABA MOTIVATSIYASINI OSHIRISH: "WORK ZONE" KONSEPSIYASI Ikromova Sevinch Elniyoz qizi

ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Ikromova Sevinch Elniyoz qizi (in-academy.uz/index.php/si)

Наука и инновация · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada talabalarning oʻqishga boʻlgan motivatsiyasini oshirish muammosi koʻrib chiqiladi. Oliy taʼlimda raqamli texnologiyalar va innovatsion yondashuvlar orqali talabalarning mustaqil ishlashi, ijodiy fikrlashini rivojlantirishga qaratilgan “Work Zone” konsepsiyasi taklif etilgan. Konsepsiya talabalarning oʻquv yuklamasi, moliyaviy muammolar va boʻsh vaqtni samarali oʻtkazish bilan bogʻliq muammolarini hal etishga qaratilgan. Unda zamonaviy infratuzilma, elektron resurslardan foydalanish imkoniyati, hamkorlik maydonlari va qulay muhitni oʻz ichiga olgan makon yaratish gʻoyasi ilgari surilgan. Kalit soʻzlar: motivatsiya, innovatsiyalar, raqamli texnologiyalar, "Work Zone", mustaqil taʼlim, ijodiy yyondashuv. Islom Abdug‘aniyevichga xos bo‘lgan bukilmas iroda, fidoyilik, mardlik va vatanparvarlik, insoniylik va adolatparvarlik, samimiylik va mehribonlik kabi olijanob fazilatlar barchamiz uchun yorqin ibrat namunasi bo‘lib qoldi.1 Millatimiz ta’lim-tarbiyasi rivojida Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning tutgan o‘rni alohida. Mustaqillikning dastlabki yillarida xalqimizning ko‘p asrlik tarixga ega boy ma’naviy salohiyati va umuminsoniy qadriyatlariga hamda hozirgi zamon ilm-fani madaniyati, texnikasi va texnologiyasining so‘nggi yutuqlariga asoslangan jamiyat hayotiga doir g‘oya qarashlarni yangilash, o‘zimizga xos va mos ta’lim tizimini barpo etish nihoyatda dolzarb vazifalardan biri edi. Shuning uchun ham Islom Karimov tomonidan jamiyat rivojida ta’lim-tarbiya masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Barcha sohalardagi singari ta’lim-tarbiya sohasida ham tub islohotlar amalga oshirildi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ishlab chiqilib bosqichma-bosqich joriy etildi.2 Yaratilgan ana shunday mustahkam poydevor bugungi yoshlarga, ayniqsa, talabalarga keng imkoniyatlar eshigini ochmoqda. Talabalik davri – inson hayotining eng muhim va hal qiluvchi bosqichlaridan biridir. Bu davrda nafaqat bilim olinadi, balki shaxs shakllanadi, kelajak poydevori quriladi. Mamlakatimizda yoshlarga, xususan, talabalarga ulkan imkoniyatlar yaratilmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta'kidlaganidek, "Mamlakatimizda yangi Oʻzbekistonni, Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishda yoshlarga tayanamiz. Bugun biz yaratayotgan sharoitlar, imkoniyatlar — yoshlarimiz uchun". Ushbu e’tirof yoshlarning ilmiy salohiyatini oshirishga, ularning orzulariga yetishishiga qaratilgan tizimli saʼy-harakatlarning negizidir. Prezident stipendiyalari, grantlar, xalqaro dasturlarda ishtirok etish imkoniyatlari, ilm-fan va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash – bularning barchasi yoshlarning zamonaviy bilim va kasblarni egallashi uchun yaratilayotgan sharoitlardir. Aynan shu imkoniyatlardan toʻliq foydalanish uchun talabalarda doimiy motivatsiya va oʻz-oʻzini rivojlantirish istagi boʻlishi lozim. 1 Sh. Mirziyoyev. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi so‘zlagan nutqi. Xalq so‘zi. 2016-yil 9-sentabr. 179-son. 2 "O'zbekiston Respublikasi prezidentining asarlarida jamiyat rivoji va ta'lim-tarbiya masalalari" moduli bo'yicha o'quv uslubiy qo'llanma. Toshkent-2017. 5-bet. 61 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si Afsuski, baʼzida talabalarning motivatsiyasi pasayishi, oʻqishga boʻlgan ishtiyoqining soʻnishi kuzatiladi. Buning sabablari turlicha boʻlishi mumkin: oʻquv yuklamasi, moliyaviy muammolar, boʻsh vaqtni mazmunli oʻtkazish imkoniyatlarining yetishmasligi va boshqalar. Bu holat oliy taʼlim tizimining asosiy muammolaridan biri boʻlib, uni hal etish uchun innovatsion yondashuvlar talab qilinadi. Shu sababli, maqolada Oliy taʼlimda raqamli texnologiyalar va ijodiy yondashuvlar asosida talaba motivatsiyasini oshirishga qaratilgan, yangi “Work Zone” konsepsiyasi taklif etiladi. Bu konsepsiya talabalarning erkin ijodiy fikrlashini ragʻbatlantirish, mustaqil ishlash uchun qulay va zamonaviy makon yaratish gʻoyasiga asoslangan. Ushbu maqola gʻoyasi mavjud muammolarni tahlil qilish, talabalar oʻrtasida kuzatiladigan motivatsiya pasayishining sabablarini oʻrganish, zamonaviy taʼlim trendlarini tahlil qilish va innovatsion yechimlarni izlash metodlari asosida shakllantirilgan. Tadqiqot doirasida talabalarning oʻquv muhiti, mustaqil ishlash sharoitlari va ularning ehtiyojlari oʻrganildi. Maqolada motivatsiya nazariyalariga asoslanilgan holda, innovatsion taʼlim muhitini yaratish zaruriyati koʻrsatilgan. Raqamli taʼlim texnologiyalarining talabalar motivatsiyasiga taʼsiri ilmiy adabiyotlar tahlili orqali oʻrganib chiqilgan. Tahlil va natijalar: "Work Zone" – talabalarning erkin ijod va mustaqil ishlash makoni “Work Zone” konsepsiyasi talabalar uchun shunday makonlar yaratishni nazarda tutadiki, ular oʻzlarini erkin his qilib, oʻqish, ishlash va rivojlanish uchun qulay muhit topa olsinlar. Bu zamonaviy, funksional va texnologik jihozlangan, ayni paytda ijodiy muhit yaratadigan joy boʻlishi kerak. Bu yerda talabalar nafaqat maʼlumot oʻrganadi, balki raqamli

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada talabalarning oʻqishga boʻlgan motivatsiyasini oshirish muammosi koʻrib chiqiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada talabalarning oʻqishga boʻlgan motivatsiyasini oshirish muammosi koʻrib chiqiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
innovatsiyalar, motivatsiya, raqamli texnologiyalar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники