Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
QASHQADARYO VILOYATIDA SANOAT KORXONALARI RIVOJLANISHINING ISHLOVCHILAR MEHNATI BILAN BOG‘LIQ KO‘RSATKICHLARI TAHLILI Utkirov Anvar Utkirovich Qarshi davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi
ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Utkirov Anvar Utkirovich (in-academy.uz/index.php/si)
Наука и инновация · 2017
Аннотация
Mazkur maqolada Qashqadaryo viloyatida sanoat korxonalari rivojlanishining ishchilar mehnati bilan bog‘liq ko‘rsatkichlari tahlil qilingan. Ishchi kuchi samaradorligi, bandlik darajasi va mehnat unumdorligi viloyat sanoatining rivojlanishiga ta’sir qiluvchi asosiy omillar sifatida ko‘rib chiqilgan. Mehnat bozori sharoitlari va korxonalarning ishchi kuchiga bo‘lgan talab va takliflari ham tahlil qilingan. Maqolada sanoat korxonalarida mehnat sharoitlarini yaxshilash va iqtisodiy ko‘rsatkichlarni oshirishga qaratilgan tavsiyalar keltirilgan. Kalit so‘zlar: Sanoat korxonalari, ishchilar mehnati, mehnat samaradorligi, ishchi kuchi, sanoat rivojlanishi, mehnat ko‘rsatkichlari, iqtisodiy tahlil. Qashqadaryo viloyati iqtisodiyoti rivojlanishi ma’lumotlari tahlilidan ko‘rinmoqdaki, viloyatda 2017 yilda sanoat mahsuloti hajmi 6353,1 mlrd. so‘mni yoki o‘sish sur’ati o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 100,8 foizni tashkil etdi. 2017 yilda 2866,3 mlrd. so‘mlik iste’mol tovarlari ishlab chiqarilib, o‘sish sur’ati 97,4 foizni tashkil etdi. Jumladan, 1617,4 mlrd. so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari va 2037,2 mlrd. so‘mlik nooziq-ovqat mollari ishlab chiqarilib, ularning ulushi 44,3 foiz va 55,7 foizni tashkil etdi1. 1-jadval Qashqadaryo viloyatida sanoat korxonalari rivojlanishining ishlovchilar mehnati bilan bog‘liq ko‘rsatkichlari tahlili2 № Ko‘rsatkichlar 2019 y. 2020 2021 y. 2022 y. 2023 2023 y. y. y. 2019 y.ga nisb-n % 1. Korxonalar soni 1853 2057 2244 2457 2590 139,7 2. Mahsulot hajmi 3073,9 3972,6 5143,9 5569,6 6353,1 206,6 (mlrd. so‘m) 3. Ishlovchilar soni 27,0 28,7 30,4 31,6 32,3 119,6 (ming kishi) 4. O‘rtacha oylik ish 1159,2 1391,9 1407,3 1518,7 1591,1 137,2 haqi (ming so‘m) 5. Mehnat unumdorli- 59183, 31996,2 37841 47797,1 52074,1 184,9 gi, ming so‘m 4 6. Mehnat unumdorli- 108,3 107,6 109,5 104,5 105,3 - 3,0 p gining o‘sishi, % Viloyatda 2019-2022 yillarda yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish, mavjudlarini modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan yangilash bo‘yicha umumiy qiymati 1 trillion 200 milliard so‘mlik 1000 dan ziyod investitsiya loyihasini amalga oshirish rejalashtirilgan. 1 Қашқадарё вилояти Статистика бошқармаси маълумотлари. 2 Қашқадарё вилояти Статистика бошқармаси маълумотлари асосида муаллиф ҳисоб-китоби. 149 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si Qashqadaryo viloyatida sanoat tarmoqlarini ishlovchilarning ichki imkoniyatlaridan samarali foydalanish asosida rivojlantirishni tahlil qilishda sanoat korxonalarida ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi, ulardagi ishlovchilar soni, ish haqi va mehnat unumdorligi kabi ko‘rsatkichlar o‘rganildi. Qashqadaryo viloyati sanoat korxonalaridagi mazkur ko‘rsatkichlar 2- jadvalda tahlil qilindi. Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, Qashqadaryo viloyatida o‘rganilgan yillar davomida sanoat korxonalari soni, sanoat mahsulotlari hajmi va ularda ishlovchilarning soni oshib borgan. O‘rtacha oylik ish haqining miqdori o‘sishi mahsulot ishlab chiqarish hajmi va mehnat unumdorligi oshishidan orqada qolgan. Bu viloyatdagi sanoat korxonalarida ishlovchilarga beriladigan ish haqini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish zarurligini bildiradi. Viloyatdagi sanoat tarmoqlari orasida mahsulot ishlab chiqarish, ish haqi to‘lash va mehnat unumdorligi bo‘yicha yoqilg‘i sanoati yetakchi bo‘lib turibdi. Ishlovchilarni ish bilan band etish bo‘yicha yengil sanoat yuqori ko‘rsatkichga ega, lekin yengil sanoat korxonalarida o‘rtacha ish haqi miqdori juda past. Shuningdek, oziq-ovqat sanoatida ham mahsulot ishlab chiqarish, ish haqi va mehnat unumdorligi nisbatan past darajada. Qashqadaryo viloyatida asosan, yoqilg‘i, yengil va oziq-ovqat sanoatlari rivojlangan bo‘lib, ularda viloyatdagi jami sanoat mahsulotlarining 80 foizdan ko‘prog‘i ishlab chiqariladi. Viloyatdagi sanoat tarmoqlari bo‘yicha yuqorida keltirilgan ko‘rsatkichlarning o‘zgarishi holatini o‘rganish maqsadida viloyatdagi oziq-ovqat, yengil va yoqilg‘i sanoati korxonalarining ko‘rsatkichlari solishtirib tahlil qilindi. (3-jadval). 2-jadval Qashqadaryo viloyatidagi asosiy sanoat tarmoqlarining iqtisodiy ko‘rsatkichlari solishtirma tahlili3 Ko‘rsatkichlar O‘lchov Oziq-ovqat Yengil Yoqilg‘i birligi sanoati sanoat sanoati Mahsulot hajmi mlrd. so‘m 764,8 1564,7 3271,4 Ishlovchilar soni kishi 6744 18748 7288 O‘rtacha oylik ish haqi ming so‘m 1462,4 768,9 2572,3 Mehnat unumdorligi ming so‘m 1132,8 834,6 4488,5 Demak, viloyatdagi oziq-ovqat va yengil sanoat korxonalarining samaradorligini oshirish bo‘yicha zaruriy chora-tadbirlarini ishlab chiqish lozim. 3-jadval Qashqadaryo viloyati yalpi hududiy mahsulotining tarmoqlar bo‘yicha tuzilmasi, foizda4 Кўрсаткичлар 2019 й. 2020 й. 2021 й. 2022 й. 2023 й. I. Ялпи ҳудудий маҳсулот 100,0 100,0 100,0 100,0 100,0 3 Қашқадарё вилояти Статистика бошқармаси маълумотлари асосида муаллиф ҳисоб-китоби. 4 Қашқадарё вилояти Статистика бошқармаси маълумотлари асосида муаллиф ҳисоб-китоби. 150 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KO
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada Qashqadaryo viloyatida sanoat korxonalari rivojlanishining ishchilar mehnati bilan bog‘liq ko‘rsatkichlari tahlil qilingan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada Qashqadaryo viloyatida sanoat korxonalari rivojlanishining ishchilar mehnati bilan bog‘liq ko‘rsatkichlari tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Sanoat korxonalari, iqtisodiy tahlil., ishchi kuchi, mehnat samaradorligi, mehnat ko‘rsatkichlari, sanoat rivojlanishi, ishchilar mehnati
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014