Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
КУЛЬТУРНАЯ ЖИЗНЬ СУРХАНДАРЬИ В ГОДЫ ПОСЛЕ ВТОРОЙ МИРОВОЙ ВОЙНЫ.
MADANIY HAYOT. · Choriyev S.H. · WORLD WAR.
Современная наука и исследования · 2 · 2023
Аннотация
This article talks about cultural life in Surkhandarya in the years after the Second World War. Key words: Soviet government, communist party, enlightenment, cultural institutions in the Soviet era, houses of culture. КУЛЬТУРНАЯ ЖИЗНЬ СУРХАНДАРЬИ В ГОДЫ ПОСЛЕ ВТОРОЙ МИРОВОЙ ВОЙНЫ. Аннотация. В данной статье рассказывается о культурной жизни Сурхандарьи в годы после Второй мировой войны. Ключевые слова: советская власть, коммунистическая партия, просветительство, учреждения культуры в советское время, дома культуры. Sovet hukumati tomonidan qator dasturlarida qabul qilingan aholini "ma’rifatli qilish" vazifalarini amalga oshirishda maktabgacha tarbiya, maktab, o‘rta maxsus va oliy ta’lim tizimidan tashqari, madaniy-ma’rifiy va ma’naviy ta’lim muassasalar tarmog‘i; kutubxona, klub, kinoteatrlar oldiga bir qator mafkuraviy harakterdagi mas’uliyatli talablar qo‘yilib, madaniy-oqartuv ishlari kommunistik partiya tashkilotining ajralmas tarkibiy qismiga aylantirildi. Madaniy-oqartuv muassasalari hukmron partiyaning tashviqot va targ‘ibot olib boruvchi qudratli quroli sifatida keng xalq ommasi ongiga kommunistik mafkurani singdirishga xizmat qildi. Mafkuraviy-g‘oyaviy ahamiyati kuchli bo‘lgan madaniy-ma’rifiy va oqartuv muassasalar faoliyatiga sovet davlati ahamiyat bilan qarab uning shu faoliyatini yaxshilash va ish jarayonini tartibga solish maqsadida taxlil etilayotgan yillarda bir qator qarorlar qabul qildi. Jumladan, 1946 yil 12 martda O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo‘mitasi va O‘zbekiston SSR Ministrlar Soveti "O‘zbekiston SSRda madaniy-oqartuv muassasalar ishini yaxshilash tadbirlari to‘g‘risida" qaror qabul qilib, unda bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirish rejalarini tasdiqladi1. O‘zbekistonda sovet davrida madaniy muassasalar o‘z faoliyatini barcha davlat va jamoa xo‘jaliklari va shahar va tuman markazlarida faol amalga oshirdilar. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetning 1948-yil 17-noyabrdagi №2186 qaroriga ko‘ra O‘zbekiston SSR hududida faoliyat ko‘rsatayotgan madaniy muassasalar faoliyati yaxshi olib 1 Нурмуҳамедова М.Ўзбекистонда маданий-маьрифий ишлар.–Т.: Ўқитувчи, 1993. – Б.47; Қизил Ўзбекистон. 1947 йил 13 март. 2 83 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ borilmayotganligi va har bir muassasaga lektor belgilash kerakligi to‘g‘risida qaror chiqarildi. Bu qararning 1-ilovaga ko‘ra qishloq va rayonlarda 400 lektor tashkil etilishi belgilandi, madaniy oqartuv muassasalari, maktablar va kutubxonalarni yetuk lektorlar bilan taminlanish belgilandi. Radio eshittirishlar orqali haftasiga ikki marta ilmiy-maorif mavzularida eshittirishlar tashkil etilishi kerakligi aytildi. 2-ilovasida esa klub, madaniyat uylari, qiroatxonalardagi ishlarning g‘oyaviy-siyosiy mazmuni yuksaltirish, klub va madaniyat uylarida siyosiy, umumiy ma’lumot to‘garaklari va havaskorlik to‘garaklari muntazam ishlashi va shu asosda 1500 badiiy to‘garaklar tashkil etilishi be’lgilandi. Madaniyat muassasalari esa kerakli moddiy ta’minot bilan ta’minlash, Termiz va boshqa shaharlarda 1948-yil 1-dekargacha xotin-qizlar to‘garaklari tashkil qilish belgilandi.2 O‘zbekiston SSR Vazirlar Kengashining 1949-yil 17-noyabrdagi 2186-sonli “O‘zbekiston SSRda madaniy-ma’rifiy muassasalar ishlarini yaxshilash to‘g‘risida”gi qarorida mazkur muassasalar ishida bir qator kamchiliklar Surxondaryo viloyatida kuzatilgan. Viloyatimizning bir qator tumanlari, jumladan Sho‘rchi, Uzun, Sariosiyo tumanlarida, shuningdek okrug ijroiya qo‘mitasida hududdagi madaniy-ma’rifiy ishlarning ahvoli to‘g‘risidagi masalani besh yarim yil moboynida bir marotaba ham muhokama qilishmagan. Bundan tashqari viloyat va qishloq kutubxonalari kitob targ‘ibotining yaxshi yo’lga qo’yilmagan. Shu vaqtgacha Sho‘rchi tumanidagi kolxoz klublaridan birortasi, Uzun tumanidagi “Yangi kuch”, “Yangi bog‘”, “Qizil g‘uncha” kabi kolxoz klublariga qishloq soveti va kolxozlar tomonidan yetarli darajada e’tibor qaratilmaganligi sababli yopilgan. Olti oy davomida Uzun tumanidagi qishloq kutubxonasi mudiri Musaev Telpak-Chinor qishloq kengashi raisining o‘rinbosari lavozimida ishlagan, ammo kutubxona ishi yaxshi yo’lga qo‘yilmagan. Shuningdek, Sho‘rchi tumanida Qarluq qishloq kengashiga qarashli qishloq kutubxonasi mudirining ish haqi Qishloq Kengashi qorovuliga to‘lanib kelinganganligi. Termiz o‘lkashunoslik muzeyi aholining madaniy ehtiyojlarini qondira olmasligi alohida ta’kidlab o‘tilgan3. Mazkur qaror asosida viloyatdagi madaniy-ma’rifiy muassasalar faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida Viloyat ijroiya qo‘mitasi tomonidan bir qator chora-tadbirlar belgilab olindi. Jumladan, 1949 yil 1-maydan boshlab tumanlarda madaniyat uyi, kutubxonalar va kolxoz klublari tashkil qilish, 24 ta ma’ruzalar va aholi o‘rtasida kamida 2500 ta suxbatlar o‘tkazish, to‘garaklar sonini 100 taga yetkazish, kolxoz-sovxozlarda kutubxonalar sonini 80 taga yetkazish hamda ularning kitob fondi kamida 150 dona kitobdan
Доказательный фрагмент
«This article talks about cultural life in Surkhandarya in the years after the Second World War.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article talks about cultural life in Surkhandarya in the years after the Second World War. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Soviet government, communist party, enlightenment, cultural institutions in the, советская власть, коммунистическая партия, Sovet hukumati, kommunistik partiya, Soviet government, communist party
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
МонографииK.J.Murodov2026