ЖУРНАЛ ПРАВОВЫХ ИССЛЕДОВАНИЙСуванов Сардор Бахадирович2026
Патологическое арбитражное соглашение во внешнеэкономических договорах
«ПЕРСПЕКТИВЫ РАЗВИТИЯ МЕЖДУНАРОДНОГО КОММЕРЧЕСКОГО · Rahmatilla Dehqanov · Nilufar Rahmankulova · ПАТОЛОГИЧЕСКОЕ АРБИТРАЖНОЕ СОГЛАШЕНИЕ · ВО ВНЕШНЕЭКОНОМИЧЕСКИХ ДОГОВОРАХ
Перспективы развития международного коммерческого арбитража в Узбекистане · 101-105 · 2026
Аннотация
The article includes an analysis of the theoretical and practical features of the pathological arbitration agreement in foreign economic transactions. The importance of the pathology of arbitration agreements in foreign economic activity, the order of settlement in international practice, and the recommendations developed in the study. Keywords: the concept of pathological arbitration, the concept of pathology, defect. Tashqi iqtisodiy faoliyatda arbitraj kelishuvlarining patologiyasi koʻp uchrab turadigan holatlar sirasiga kiradi. Bu holat o’z navbatida xalqaro tijorat arbitrlari yoki mazkur sohada faoliyat olib boruvchi amaliyotchilar uchun ham yangi holatemas. Ular shunchaki taraflar tomonidan yanglish tayyorlangan, bajarishda qiyinchiliklar tugʻdiradigan arbitraj kelishuvlari sifatida e’tirof etiladi [1]. 101 «ПЕРСПЕКТИВЫ РАЗВИТИЯ МЕЖДУНАРОДНОГО КОММЕРЧЕСКОГО АРБИТРАЖА В УЗБЕКИСТАНЕ» Сборник международной научно-практической конференции Patologik arbitraj kelishuvlari dastlab Fransiyada vujudga kelgan. Chunki undan oldin arbitraj toʻgʻrisidagi kelishuvlarda kamchiliklar aniqlansa yoki xato tuzilgan boʻlsa, uni haqiqiy emas deb topishgan. Lekin 1974-yilga kelib fransiyalik huquqshunos olim Frederik Eisemenn patologik arbitraj tushunchasini oʻylab topgan va uni oʻz nazariyasida yoritib bergan [2]. Eisemanning fikricha, agar arbitraj bitimi, uning loyihasini ishlab chiqishga koʻra, hakamlik kelishuvining toʻrtta muhim funksiyalaridan birini yoki bir nechtasini qoʻllab-quvvatlamasa, patologik hisoblanadi. Patologiya konsepsiyasining oʻzagi shundan iboratki, arbitraj bitimi oʻziga xos nuqson bilan tugʻiladi. Hujjat shunday tuzilganki, bitim tuzilgan paytdan boshlab uning talqini bilan bogʻliq savollar tugʻiladi. Koʻpgina xalqaro yuridik adabiyotlarda ushbu terminga soddagina tarif berilgan. Ya’ni Patologik arbitraj kelishuvlari – bu tarkibida “defekt” mavjud boʻlganligi sababli uni ijro etish qiyin boʻlgan yohud umuman ijro etib boʻlmaydigan arbitraj bitimlaridir [3]. Arbitraj shartnomasini “patologik” deb atash, albatta, uning huquqiy xarakterini yoki mazmunini oʻzgartirmaydi. Arbitraj bandidagi nuqson shu bilan tuzilgan shartnomani inkor etishi shart emas. Bu nuqsonning tabiati yoki mohiyatiga yoki nuqsonni davolash mumkinmi-yoʻqligiga bogʻliq [4]. Amaliyotda patologik arbitraj kelishuvlari asosan arbitraj sudining nomi yanglish tuzilishi, nizoni hal qilish lozim boʻlgan arbitraj sudi nizo vujudga kelganda oʻz vakolatini tugatganligi yoki qaytadan tashkil qilinganligi, protsessual qoidalar tanlashdagi xatoliklar mavjudligi boʻlganda kuzatiladi. Misol tariqasida quyidagilarni koʻrishimiz mumkin: Astra Footwear kompaniyasida Yugoslaviya ishlab chiqaruvchisi va amerikalik distribyutor oʻrtasida poyabzal sotib olish boʻyicha shartnomada aytilishicha, “barcha nizolar Belgraddagi Federal Savdo Palatasida eksport savdosi boʻyicha arbitraj vakolatli hisoblanadi. Agar xaridor ayblansa, Nyu-Yorkdagi Savdo palatasi vakolatlidir”. Xaridor “NYCC nomini kelishib olingan moddiy huquqlarning ajralmas qismi ekanligini va shu sababli arbitraj kelishuvi oʻz kuchini yoʻqotganligini, chunki NYCC arbitraj faoliyati Nyu-York Savdo-sanoat palatasiga (NYCCI) oʻtkazilishi munosabati bilan shartnoma tuzilishidan oldin oʻz faoliyatini toʻxtatganini da’vo qildi. Sud xaridorning fikriga qoʻshildi: NYCCning yoʻqligi yurisdiksiyani taqsimlash uchun halokatli ekanligini aniqlamadi. Sud FAAning 5-boʻlimiga muvofiq (Yugoslaviya sotuvchisi talabiga binoan) hakamlik sudi a’zolarini tayinladi. Argentinalik va amerikalik biznes oʻrtasidagi savdo shartnomasidagi nizolarni hal qilish shakli “arbitraj”, arbitraj joyi “AQShda” va nizolar “Nyu-York Tijorat arbitraj assotsiatsiyasining Tijorat arbitraj qoidalariga muvofiq Nyu-Yorkdagi arbitraj tomonidan nihoyat hal qilinishini” aytdi. Koʻrib chiqilayotgan “Assotsiatsiya” mavjud emas edi, shuning uchun Argentina tomoni “AAA arbitraji” ni talab qildi, Sud dastlab federal siyosatga ishora qildi va taraflar nizoni arbitrajda hal qilish niyatiga asosan AAAga yuborilgan [5]. 102 «ПЕРСПЕКТИВЫ РАЗВИТИЯ МЕЖДУНАРОДНОГО КОММЕРЧЕСКОГО АРБИТРАЖА В УЗБЕКИСТАНЕ» Сборник международной научно-практической конференции Xalqaro xususiy huquqda tadqiqot olib borgan koʻplab huquqshunos olimlar mazkur yanglish tuzilgan arbitraj kelishuvlarining turli jihatlarini yoritib berishga harakat qilgan. Ulardan bir guruh ingliz olimlari tomonidan arbitraj toʻgʻrisida kelishib olishning rasmiylashtirishda xatoga yoʻl qoʻyilishining bir qancha turlari ajratib koʻrsatilgan boʻlib, ular: – Arbitraj toʻgʻrisidagi kelishuv shartlarining ikki qarama-qarshi ma’noga ega boʻlib qolganligi; – Arbitraj muhokamasi oʻtkazilishini belgilaydigan asosiy qoidalarning aniq belgilanmaganligi; – Arbitraj muhokamasi oʻtkaziladigan joyni hamda ishni koʻrib hal etadigan arbitrlar haqida ma’lumot koʻrsatilmagan arbitraj toʻgʻrisidagi kelishuvlar; – Shartlarda ishni mazmunan koʻrib hal etadigan arbitr yoki arbitrlar koʻrsatilgan boʻlsa va ushbu shaxslar vaf
Доказательный фрагмент
«The article includes an analysis of the theoretical and practical features of the pathological arbitration agreement in foreign economic transactions.»
Образец извлечения
Демо-превьюThe article includes an analysis of the theoretical and practical features of the pathological arbitration agreement in foreign economic transactions. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- the concept of pathological arbitration, the concept of pathology, defect, Patologik arbitraj tushunchasi, порок, понятие патологии, defekt, Patologiya konsepsiyasi, понятие патологического арбитража
Смежные источники
ЖУРНАЛ ПРАВОВЫХ ИССЛЕДОВАНИЙРозимова Кундуз Юлдашевна2026
The American Journal of Political Science Law and CriminologyPAGE NO. -, Farangiz Bahodirovna +12025
International Journal Of Law And CriminologyPAGE NO. -, Djalilov Javoxir Abdumajitovich2025