Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ЭКОНОМИЧЕСКОЕ ПЛАНИРОВАНИЕ В УЗБЕКИСТАНЕ: ЕГО ОСОБЕННОСТИ И ХАРАКТЕРИСТИКИ
Toirova Zamira Sudonovna · Toshkent viloyati · O’rta Chirchiq tumani
Современная наука и исследования · 2 · 2023
Аннотация
This thesis contained information about the policy of economic zoning in Uzbekistan, its features and specificity. Keywords: Economic zoning, Central Asian economic region, cotton growing, irrigation, agro-industrial complex. ЭКОНОМИЧЕСКОЕ ПЛАНИРОВАНИЕ В УЗБЕКИСТАНЕ: ЕГО ОСОБЕННОСТИ И ХАРАКТЕРИСТИКИ Аннотация. В данной диссертации представлена информация о политике экономического зонирования в Узбекистане, ее особенностях и уникальности. Ключевые слова: Экономическое районирование, Центрально - Азиатский экономический регион, хлопководство, ирригация, агропромышленный комплекс. O‘zbekiston sovet ittifoqi xalq xo‘jaligida sanoat jihatidan rivojlangan mintaqalarining paxtaga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlashdek, yaramas konsepsiyaga qat’iy amal qilib keldi. O‘zbekiston sanoati yillar davomida avvalo paxtachilikni rivojlantirishning moddiy-texnika bazasi hisoblandi. Paxta yetishtirish sohasidagi ishlarni kompleks mexanizatsiyalash uchun kerakli mukammal mashinalarni yaratishda, irrigatsiya qurilishi va melioratsiya ishlari uchun zarur mashina va mexanizmlarni hamda paxta tozalash sanoat asbob-uskunalarini ishlab chiqardi. O‘zbekiston SSR Konstitutsiyasining 16 - moddasida ham “O‘zbekiston SSR ekonomikasi – SSSR territoriyasidagi ijtimoiy ishlab chiqarishning taqsimot va ayriboshlashning barcha bo‘g’inlarini o‘z ichiga olgan yaxlit xalq xo‘jalik kompleksining tarkibiy qismi deb”, belgilab qo‘yildi. Biroq, O‘zbekiston SSR sanoatiga bildirilayotgan yuksak talablar bu yerda yangi texnologiyalarni, zamonaviy fan va texnika yutuqlarini joriy qilish bilan hamohang emasdi. Bu esa muqarrar ravishda belgilangan rejaning bajarilmasligi kabi turli nomutanosibliklarga olib kelar, ayniqsa bu holat sanoatning yengil, oziq-ovqat va boshqa tarmoqlarida aniq ko‘zga tashlanar edi. Besh yillik rejalarining bajarilishi esa bir tomonlama xususiyatga ega, katta O‘rta Osiyo iqtisodiy rayoni bu borada yetakchilik qilar edi. Dissertatsiya ishimizning birinchi bobida ta’kidlanganidek, SSSR xalq xo‘jaligining muayyan territorial qismi iqtisodiy rayonlar o‘zining ixtisoslashtirilganligi bilan alohida ajralib turgan. Sotsialistik ishlab chiqarish qoidalariga amal qilsada, bu rayonlarda ishlab chiqarilgan 2 36 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ mahsulotlar butun mamlakat xalq xo‘jaligidagi ehtiyojlarini qondirgan. O‘rta Osiyo iqtisodiy rayoni ham bundan mustasno emas edi. “Ikkinchi jahon urushidan so‘ng sovet ittifoqi o‘zini yashovchanligini ko‘rsatdi va 1957- 1964 - yillarda xalq xo‘jaligi kengashlari tuzilib, iqtisodiy islohotlar o‘tkazishga harakat qilindi. Lekin bu borada ma’muriy buyruqbozlik tizimi saqlanib qolindi. Faqat ba’zi boshqaruv funksiyalari mahalliy boshqaruvga berildi. Oqibatda mamlakatda ma’muriy va iqtisodiy rayonlashtirishda qarama – qarshiliklar kelib chiqa boshladi. 1966-yilda xalq xo‘jaligi kengashlari tugatilgandan keyin ham “hududiy ishlab chiqarish kompleksi” degan qarashlar saqlanib, “dasturiy-maqsadli komplekslar” termini ham kiritildi”. 1951-yilda O‘zbekiston hukumati tomonidan O‘zbekiston SSR Fanlar akademiyasi qoshida ishlab chiqarish kuchlarini o‘rganish bo‘yicha kengash tuzildi. Kengash O‘zbekiston SSR davlat reja qo‘mitasi bilan birga xalq xo‘jaligining o‘ta muhim muammolarini o‘rganishi, tashkilotlarinng vazifalar bajarishi lozim edi. O‘zbekiston hukumati ham kengashga xo‘jaligi bilan bog’liq rayonlarning kompleks muammolarini o‘rganish yuzasidan tadqiqot ishlarini olib borishni topshirdi. Bu topshiriqdan kelib chiqib belgilangan vazifalar O‘zbekistonning umumittifoq fondiga qo‘shayotgan hissasini oshirishga, urushdan keyingi iqtisodni rivojlantirishga ko‘mak berishi lozim edi. O‘sha vaqtlarda Mirzacho‘lni, Farg’ona vodiysini, Angren-Olmaliq tog’-kon sanoati rayonini, Buxoro-Navoiy, Amudaryoning quyi oqimidagi va boshqa rayonlarni o‘zlashtirishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish kerak edi. Tadqiqot ishida respublika Fanlar akademiyasining deyarli barcha ilmiy-tadqiqot institutlari, ko‘plab idoralarga qarashli muassasalar, loyihalash - qidirish muassasalari, oliy o‘quv yurtlarining kafedralari, Davlat reja qo‘mitasi va boshqa tashkilotlaridan 35 nafar mutaxassislar ishtirok etdi. Tadqiqot ishi natijasida O‘zbekiston tog’lari va tog’ etaklarida, cho‘llari va yarim cho‘llarining iqtisodiy salohiyati va uni ishlatish yo‘llari tahlil qilindi. Tadqiqotlarga ko‘ra tog’-kon sanoati korxonalarini mavjud foydali qazilmalar bazasida rivojlantirish, shu orqali yo‘llar, elektr uzatish liniyalari, suv bilan ta’minlash tizimlari, qurilish bazalariga ega bo‘lgan korxonalardan yana kamida 15 tasini qurish mumkin degan xulosaga kelganlar. Shuningdek, o‘sha vaqtlardagi hisob-kitoblarga ko‘ra tog’-kon etaklarida agrosanoat kompleksini rivojlantirish orqali bu yerda kelgusida har-yili 400 ming tonna atrofida uzum, 350 ming tonna meva olish, tirik vaznda 200 ming tonna go‘sht, cho‘l zonasida (cho‘l yaylovlarini kengaytirgan holda) qora
Доказательный фрагмент
«This thesis contained information about the policy of economic zoning in Uzbekistan, its features and specificity.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis thesis contained information about the policy of economic zoning in Uzbekistan, its features and specificity. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Economic zoning, Central Asian economic region, cotton growing, irrigation, Economic zoning, Central Asian economic region, Экономическое районирование, Центрально - Азиатский экономический регион, Iqtisofiy rayonlashtirish, O‘rta Osiyo iqtisodiy rayoni
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025