Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ОСОБОЕ МЕСТО ВУЛГАРИЗМА И ВАРВАРИЗМОВ В ПРОИЗВЕДЕНИЯХ ОТКИРА ГАШИМОВА
Raʼno Boytoʻrayeva · HASHIMOV'S WORKS
Современная наука и исследования · 2 · 2023
Аннотация
In the language, there are many cases of using words that express the meaning of cursing, or, in the language of experts, "unintelligible speech". We will briefly study these as vulgarisms and barbarisms. Such words serve to reveal the character of the heroes in the works of art. This article also talks about the artist's style and skill in revealing the character of the characters through the use of vulgarisms and barbarisms in the works of O'tkir Hoshimov. Key words: barbarisms, vulgarisms, purity of speech, insults, purity of speech, expressiveness, image, character. ОСОБОЕ МЕСТО ВУЛГАРИЗМА И ВАРВАРИЗМОВ В ПРОИЗВЕДЕНИЯХ ОТКИРА ГАШИМОВА Аннотация. В языке много случаев употребления слов, выражающих значение ругательства, или, говоря языком знатоков, «невнятной речи». Мы кратко рассмотрим их как вульгаризмы и варварства. Такие слова служат для раскрытия характера героев в художественных произведениях. В данной статье также говорится о стиле и мастерстве художника в раскрытии характера персонажей посредством использования вульгаризмов и варваризмов в произведениях Откира Хошимова. Ключевые слова: варваризмы, вульгаризмы, чистота речи, оскорбления, чистота речи, выразительность, образ, характер. Nutqimizda shunday soʻzlar borki, ular nutqning sofligiga putur yetkazadi, adabiy tildan mutlaqo yiroq hisoblanadi. Ammo badiiy asarlarda bunday soʻzlardan uslubiy vosita sifatida foydalaniladi. Mazkur soʻzlarga misol qilib vulgarizm va varvarizmlarni olishimiz mumkin. Vulgarizmlar — haqorat maʼnosida qoʻllanadigan qoʻpol soʻzlardir. Masalan, yer yutkur, oqpadar, qiztaloq kabi. Vulgarizmlardan badiiy adabiyotda ayrim qahramonlarning dagʻalligini, 2 24 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ madaniyatsizligini koʻrsatish uchun foydalaniladi. Ammo bunday soʻzlar odatiy nutqda ishlatilmaydi. Nutqiy tozalikka rioya qilmaslik uning taʼsir kuchini pasaytiradi. Tilshunoslikda vulgarizm deb ataluvchi haqorat soʻzlarida oʻta salbiy munosabat, kamsitish, mensimaslik, haqorat kabi bir qator ifoda semalari juda ochiq koʻrinib turgan boʻladi. Haqorat soʻzlari badiiy asarlarda, asosan, qahramonlar nutqida ishlatiladi. Lisoniy tahlil jarayonida badiiy asarga olib kirilgan vulgarizmlarni kimning nutqida ishlatilayotganiga qarab guruhlash, qanday vaziyatlarda va nima sababdan qoʻllanilayotganligini hamda ularning leksik-semantik tarkibi, shevaga xoslanganligi kabilarni aniqlash lozim boʻladi. Vulgarizmlar aslida nutqni nursizlantiruvchi, tinglovchi yoki oʻquvchida salbiy munosabat uygʻotuvchi birliklar sanalsa-da, ogʻzaki va yozma nutqda ularning oʻziga xos oʻrni mavjud. Soʻzlashuv nutqi boʻyicha kuzatishlar olib borgan professor B.Oʻrinboyev mazkur uslubga xoslangan vulgarizmlarni maʼnosi va qoʻllanish doirasiga koʻra 3 guruhga boʻladi: 1) kishilarning xarakteri va mijozidagi ojizlikni ifodalovchi vulgarizmlar: dum, tekinxoʻr, ayyor, buzuq, xomkalla, xumpar, noinsof, magʻzava, yuzsiz, esipas, lanj, latta, igʻvogar, xotinboz kabilar. Bunday soʻz va iboralarda soʻzlovchining tinglovchiga salbiy munosabati, ichki hayajoni, nafrati, jirkanishi kuchli ifodasini topgan. 2) kishining tashqi kamchiligini koʻrsatuvchi vulgarizmlar: koʻppak, maymoq, ilonbosh, simyogʻoch, qovoqbosh, ayronbosh, gumbaz, qoʻngʻiz, moʻylov, kal, qiyshiq, qoʻtir, soʻloqmon, bir oyogʻi yerda, bir oyogʻi goʻrda kabilar. Bunday vulgar soʻz va iboralar biror predmet nomiga nisbat berish, yaqinlashtirish, oʻxshatish natijasida paydo boʻladi. 3) soʻkish, koyish maʼnosini ifodalovchi vulgarizmlar: yaramas, ablax, xumpar, nomard, badbaxt, nonkoʻr, ahmoq, gumroh, galvars, kasofat, koʻppak, shallaqi, iblis, juvonmarg, benomus, vaysaqi kabilar. Bunday vulgar soʻz va iboralarda suhbatdoshlarning ichki hayajoni, ruhiy holati, gʻazabi kuchli ifodalangan boʻladi. Bir so‘z bilan aytganda, vulgarizm va varvarizmlar badiiy asarlarda qahramonlarning xarakterini chuqurroq ochish uchun xizmat qiladi. Ijodkor qahramonning nutqi orqali uning ijtimoiy mavqei, xulqi, ijobiy yoki salbiyligini ochib beradi. Shuning bilan birga, nafaqat so‘zlovchining, qolaversa, mazkur nutq qaratilgan shaxsning ham xarakterini ochib berishga erishadi. Isteʼdodli yozuvchi Oʻtkir Hoshimov asarlarida ham shu kabi soʻzlarni uchratish mumkin. Misol uchun, yozuvchining "Dunyoning ishlari" qissasi tarkibiga kiruvchi “Qanoat” nomli hikoyasida yozuvchining qoʻshnisi, yaʼni Moʻmin akaning xotini — Kelinoyi tilidan juda koʻp qargʻish soʻzlar keltiriladi: “… — Kechа mаni shunday so‘kdi, shunday so‘kdi, yigitginа o‘lgur! – Kelinоyi ikki qo‘li bilаn shаrаqlаtib sоnigа shаpаtilаdi. – Оnаmni so‘kdiya, bo‘yginаng go‘rdа chirigur” 1. Bunday soʻzlarda koʻp hollarda ekspressivlik ifodalanadi, yaʼni bunday soʻzlar, asosan, soʻzlashuv nutqiga xos boʻlib, muallif tomonidan ekspressivlik hosil qilish uchun asar qahramonlari tomonidan nutqning taʼsirchanligini oshirish maqsadida ishlatiladi. “… — Nimаgа хаfа bo‘lmаs ekаnmаn? – Kelinоyi yanа h
Доказательный фрагмент
«In the language, there are many cases of using words that express the meaning of cursing, or, in the language of experts, "unintelligible speech".»
Образец извлечения
Демо-превьюIn the language, there are many cases of using words that express the meaning of cursing, or, in the language of experts, "unintelligible speech". Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- barbarisms, vulgarisms, purity of speech, insults, purity of speech, варваризмы, вульгаризмы, чистота речи, оскорбления, чистота речи, выразительность, образ, характер., varvarizmlar, vulgarizmlar, nutqning sofligi, haqorat soʻzlar, nutqning tozaligi, ekspressivlik, obraz, xarakter., barbarisms, vulgarisms, purity of speech, insults, purity of speech, expressiveness, image, character.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024