Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
XIX asr oxiri-XX asrning boshlarida dunyo tamaddunida jiddiy siyosiy, ijtimoiy,madaniy o'zgarishlar ro'y berdi
ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Aliyeva Mohinur G’ani qizi (in-academy.uz/index.php/si)
Наука и инновация · 2026
Аннотация
XIX asr oxiri-XX asrning boshlarida dunyo tamaddunida jiddiy siyosiy, ijtimoiy,madaniy o'zgarishlar ro'y berdi. Bu kabi o'zgarishlar azaldan, o'z dunyoqarashiga suyangan,ilmning barcha jabhalarida rivojlanishda bo'lgan, ammo keyinchalik, Sho'ro mustabid tuzumi ortidan yuksalishning har tomonidan ortda qola boshlagan Turkistonga ham o'z ta'sirini o'tkazmay qolmadi. Bu davr Turkiston tarixiga jadidchilikning maydonga kelishi va shakllanishi davri bo'lib kirdi. Bu rivojning boshlanishida esa, jadid ma'rifatparvarlarining otasi Ismoilbek Gasprali turadi. U Rusiya musulmonlarining Sho'ro istibdodidan xalos bo'lishini urush, qo'zg'olonlar orqali bostirib bo'lmasligini anglagan ziyoli shaxs sifatida, ularni diniy ilmlari bilan mutanosib holda yangi dunyoviy bilimlarni egallash, ularga g'ayrat qilish, dunyo rivojidan ortda qolmaslik uchun Sharq va G'arb ilmini birday o'rganish tarafdori bo'ldi. Ushbu harakatlari amali o'laroq u gazeta va matbaachilik sohasida bir qator yangi jurnal va gazetalarga asos soldi. Tijorat bilan shug'ullanib, dunyoning yetakchi davlatlarida kechayotgan yangi o'zgarishlarni o'z ko'zi bilan ko'rib, ulardan xalqi manfaati uchun andoza oldi. O'zi asos solgan “Tarjimon” gazetasida ijtimoiy-ma'rifiy risolalar, maktublar va badiiy asarlaridan parchalar e'lon qildi. Gazetaning har bir sonini musulmonlar orasida tarqalishi, ularni uyg'otishga hissa qo'shishiga harakat qildi. Ushbu maqolada Ismoilbek Gaspralining nasriy asarlaridan biri “Dorur-rohat musulmonlari" asarida ideal inson va ideal jamiyat tushunchalarining mohiyati va ideal jamiyat tushunchasining badiiy adabiyotda aks ettirilish xususida so'z boradi. Kalit so'zlar: ideal jamiyat,nasr,badiiy ijod, jadidchilik, ma'rifatparvarlik harakati. Badiiy obraz kitobxonga albatta, qandaydir estetik hissiyot uyg'otishi kerak. Yozuvchi badiiy obraz orqali estetik idealini tasvirlaydi: ideal ijobiy obrazda bevosita, salbiy obrazda bilvosita ifodalanadi.Shunga ko'ra, u yoki bu asarni o'qiganimizda biz ham badiiy obraz faoliyatiga befarq qaray olmaymiz:ulardan yo zavqlanamiz yoki nafratlanamiz [Boboyev. T, 2002:50J. Badiiy adabiyotda yaratilgan asarlar tom ma'noda yozuvchining qalbida asrab qo'ygan idealini ifodalaydi. Chunki badiiy asar yozishga kirishar ekan har qanday yozuvchi o'z oldiga fikr va maqsad tizginini umumlashtirgan holda bir butun reja asosida ishga kirishadi. Ismoilbek Gaspralining nasriy asarlaridagi qahramonlar ham bevosita davr ijtimoy holatini his qilgan inson sifatida ko'zga tashlanadi va turg'un jamiyatni yangi davrga olib o'tishni orzu va istaklariga aylantirgan ideaI inson sifatida tasvirlanadi. Xususan, uning “Dorur-rohat musulmonlari” asari bosh qahramoni toshkentlik Mulla Abbos afandi ham Gaspralining o'zi singari “Tilda, fikrda va ishda birlik” shiori ostida, umumturkiy musulmonlar davlati yaratilishini orzu qiladi. Nega aynan Toshkentlik? Gasprali Turkistonga ikki marta sayohat qilgan. Uning birinchi sayohati 1893-yilda bo'lib, safardan ko'zlangan asosiy maqsad Turkistonning o'sha davrdagi ahvolini o'z ko'zi bilan ko'rish edi. Bundan tashqari, rus amaldorlarini o'zining yangi usul 49 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si maktabiga jalb etishni istagan Gasprali Buxoroga qilgan sayohatida amir Abdulahadxon bilan ham bu xususda muzokaralar olib boradi. Ammo amir bergan va'dasining ustidan chiqmaydi. Ilk safarida Buxoro, Samarqand va Toshkentga safar qilgan Gasprali Samarqadda yangi usul maktabi ochishga muvaffaq bo'lgan. Ikkinchi sayohati esa, 1908-yilda bo'lib, bu gal Gasprali har tomonlama o'z pozitsiyasiga ega bo'lgan shaxs edi.U ikkinchi sayohatida Rusiya musulmonlari jamiyatining faoliyatiga qarshilik fikrlari bilan musulmon jamoalari orasida ham siyosiy bo'linish yuz berishiga sababchi boladi. Olimlar fikricha, aynan shu paytdan boshlab Gasprali o'zining siyosat olamidagi faoliyatiga ilk qadamlarini qo'yadi. Bu esa,uning gazetalardagi maqolalari, nasriy asarlaridagi qahramonlar tanlovida ham sezilib turadi. Abbos afandi orqali Turkiston jadidlarini yuzaga chiqarishning dastlabki qadamlarini tashlagan desak,mubolag'a bo'lmaydi. Mulla Abbos haqiqiy jadiddir. U Toshkent madrasalaridan birida tahsil ko'radi. 22 yoshga to'lganida otasi vafot etadi va undan qolgan bitmas-tuganmas boylik bilan dunyoning islom dunyosida muqaddas hisoblangan joylarini ziyorat qilishni xohlaydi. U shu yoshigacha faqat diniy ilmlarni o'rgangan va endilikda sayohatga chiqadigan mamlakatlarida ro'y beradigan voqealar unga yangi dunyo eshiklarini ochadi. Boshidan kechirgan har bir voqealari unga o'zining tor dunyosidan chiqish, boshqa olam sir-sinoatlarini anglashga yordam beradi. O'qigan kitoblari orqali o'zi ziyorat qilishni istagan ziyoratgohlarning Ovrupoda joylashganligini bilib, “aziz turkiy avliyolarning muqaddas qadamjolariga"sayohatni Ovrupodan boshlashga ahd qiladi. Shuni ham unutmaslik lozimki, Mulla Abbos madrasada ta'lim olgani va har qancha diniy bilimlarni egallaganiga qaramay, o'z davri insonlarid
Доказательный фрагмент
«XIX asr oxiri-XX asrning boshlarida dunyo tamaddunida jiddiy siyosiy, ijtimoiy,madaniy o'zgarishlar ro'y berdi.»
Образец извлечения
Демо-превьюXIX asr oxiri-XX asrning boshlarida dunyo tamaddunida jiddiy siyosiy, ijtimoiy,madaniy o'zgarishlar ro'y berdi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ideal jamiyat, nasr, badiiy ijod, jadidchilik, ma'rifatparvarlik harakati, ma'rifatparvarlik harakati.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025