Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ПРОБЛЕМЫ ИССЛЕДОВАНИЯ СЕЗОННОГО ОБРЯДОВОГО ФОЛЬКЛОРА УЗБЕКСКИХ ДЕТЕЙ
Alijon Esanov
Современная наука и исследования · 2008
Аннотация
This article talks about the issues of studying Uzbek children's seasonal ritual folklore. During the article, reasonable opinions and considerations are mentioned. Conclusions and suggestions are given at the end of the article. Key words: folklore of Uzbek children's seasonal ceremony, children's games, folklore. ПРОБЛЕМЫ ИССЛЕДОВАНИЯ СЕЗОННОГО ОБРЯДОВОГО ФОЛЬКЛОРА УЗБЕКСКИХ ДЕТЕЙ Аннотация. В данной статье рассматриваются вопросы изучения детского сезонного обрядового фольклора узбеков. В ходе статьи приводятся обоснованные мнения и соображения. Выводы и предложения приведены в конце статьи. Ключевые слова: фольклор узбекских детских сезонных обрядов, детские игры, фольклор. Folklor asarlarini tinglab voyaga yetayotgan bolalarning o‘yinlari, sho‘xliklari, xayollari, qiziqishlari, gap-so‘zlari... Bular bolalarning ma’naviy dunyosini boyitadigan omillardandir. Agarda kattalar bu o‘ziga xos bolalar dunyosini tushunib, uni to‘g‘ri baholay olsalar, bolalarning kelajagi uchun katta ish qilgan bo‘ladilar1. Ma’lumki, og‘zaki adabiyot yozma adabiyot paydo bo‘lmasdan ilgari, uzoq, o‘tmishdayoq mavjud bo‘lgan. Bu adabiyot xalq badiiy kamoloti va ma’naviy boyligining bitmas-tuganmas xazinasidir. Xalq og‘zaki ijodi xalqning mehnat jarayoni asosida yuzaga kelgan bo‘lib, uning kundalik turmushi bilan chambarchas bog‘langan. Bolalar 1 Жумабоев М. Болалар адабиёти. – Т.:Ўқитувчи, 2008. – Б.8. 15 folklori xalq poetik ijodining uzviy bir tarkibiy qismini tashkil etadi. Mazkur tarkib tez aytish, sanama, topishmoq kabi ko‘plab janrlardan tashkil topgan. Kattalar xalq og‘zaki ijodidagi qo‘shiq va ertaklar bolalar folkloridagi bolalarga moslashtirilgan holda yaratilib kelingan. “Marosim folklori” tushunchasi, o‘z navbatida, ikki muhim komponentni o‘zida mujassamlashtiradi. Bular marosimning syujetikasi (kechish tarzi va bajariladigan xatti- harakatlar) va uning so‘z (verbal) komponenti bilan bog‘liq uzvlardan iborat”2. O‘zbek bolalar mavsumiy marosim folklorining genezisiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, ajdodlarimizning qachonlardir animistik va totemistik e’tiqodlari asosida shakllanib, endilikda o‘sha mohiyatini yo‘qotgan yalinchoqlar va hukmlagichlar bolalar repertuarida hozirgi kungacha yashab kelmoqda Mavsumiy va oilaviy-maishiy marosimlarining turlari ko‘p bo‘lib, ular tarixan boy va qadimiy hamda mehnatkash xalqning kundalik hayotdagi mehnat faoliyati davomida qadimgi davrlardan shakllangan bo‘lib, o‘zida xalq badiiy tafakkuri, hayotiy kechinmalari, orzu-umidlari, madaniyati va ma’rifati o‘z ifodasini topgan. Shuni ham aytish kerakki, ma’lum marosimlar va ularda ijro etiladigan qo‘shiqlar (masalan, Sust xotin, Choy momo, Qo‘sh haydash) endilikda o‘z mavqeyini yo‘qotgan bo‘lsa-da, ammo ijtimoiy-badiiy tafakkurning rivojlanishi jarayonida ma’lum ahamiyat kasb etib kelmoqda. O‘zbek bolalar folklori namunalarini to‘plash, nashr etish va ilmiy estetik qimmatini oshirish masalalari o‘tgan asrning 20-yillariga to‘g‘ri keladi. 1919-yili Fitrat boshliq bir guruh shoir va olimlar birinchi adabiy uyushmani tuzganlarida, unga “Chig‘atoy gurungi” deb nom berishgan. Fitrat va uning maslakdoshlari mo‘g‘ul istilosidan o‘zlariga qadar turkiy tilda yaratilgan adabiyotni o‘zbek xalqining ma’naviy boyligi sifatida saqlab qolish va xalqning tom ma’nodagi mulkiga aylantirish maqsadida bu boy adabiy merosni to‘plash, o‘rganish va nashr etishni o‘z oldilariga vazifa qilib qo‘ydilar... “Gurung”ning ilmiy va ijodiy dasturini amalga oshirishga kirishgan Abdurauf Fitrat o‘zbek mumtoz adabiyotini uning qadimgi davrlaridan boshlab o‘rganishga kirishdi; Elbek xalq ijodi namunalarini to‘plash va o‘rganishni o‘z zimmasiga oldi”3. 1937-yilda Elbek tomonidan to‘plab tartib berilgan “Bolalar qo‘shig‘i”, Oxunjon Safarov tomonidan tartib berilgan “O‘zbek xalq ijodi” seriyasida 1984-yilda bosilib chiqqan “Boychechak” to‘plamlari juda katta ilmiy ahamiyatga ega bo‘ldi. O‘zbek bolalar folklorini o‘rganish 60- yillardan e’tiboran izchillasha bordi. Z.Husainovaning “O‘zbek topishmoqlari” (1966), G‘.Jahongirovning “O‘zbek bolalar folklori” (1975), shuningdek, O.Safarovning “Bolalarni erkalovchi o‘zbek xalq qo‘shiqlari” (1983), “O‘zbek bolalar poetik folklori” (1985), “Alla-yo alla” 2 Саримсоқов Б. Ўзбек маросим фольклори. – Тошкент: Фан,1986. – Б.16. 3 Каримов Н. ХХ аср адабиёти манзаралари.1-китоб. – Тошкент: “O’zbekiston”, 2008. – Б.235. 16 (1999), “Chittigul” (2004), “O‘zbek xalq bolalar o‘yinlari” (2012), Sh.Galiyevning “O‘zbek bolalar o‘yin folklori” (1998) singari tadqiqotlari tufayli bu boradagi izlanishlarning samaralari ko‘zga tashlandi4. O‘zbek folkloriga oid ilk tadqiqotlardan biri rus sharqshunosi N.P.Ostroumovning Qozonda nashr etilgan kitobida bolalar tomonidan ijro etiluvchi “Ramazon” qo‘shiqlari bilan bog‘liq qaydlar uchraydi5. Folklorshunos H.Ro‘zmetovning tadqiqotida o‘zbek bolalar folklori o‘rganilish tarixining tadrijiy taraqqiyoti alohida tizim sifatida tadqiq etilgan. U o‘z ishida XX asr boshlaridagi N.Budzinskiyning tadqiqotiga alohida e’tibo
Доказательный фрагмент
«This article talks about the issues of studying Uzbek children's seasonal ritual folklore.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article talks about the issues of studying Uzbek children's seasonal ritual folklore. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- folklore of Uzbek children's seasonal ceremony, children's games, folklore, o‘zbek bolalar mavsumiy marosim folklori, bolalarning o‘yinlari, xalq og‘zaki ijodi., фольклор узбекских детских сезонных обрядов, детские игры, фольклор., folklore of Uzbek children's seasonal ceremony, children's games, folklore.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014