Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA ONA TILI FANINI O‘QITISHDA ZAMONAVIY AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH
ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH (in-academy.uz/index.php/si) · Yashinova Shahzoda (in-academy.uz/index.php/si) · Nizomiy nomidagi TDPU (in-academy.uz/index.php/si)
Наука и инновация · 2026
Аннотация
В данной статье освещается значение использования современных информационных технологий в преподавании родного языка в начальных классах. Проанализирована роль информационных технологий в организации учебного процесса как интерактивного, эффективного и увлекательного. Также рассматриваются возможности повышения грамотности учащихся и развития их речевой деятельности. Показаны пути повышения эффективности уроков с помощью электронных учебников, мультимедийных средств и онлайн-платформ. Ключевые слова: начальное образование, родной язык, информационные технологии, цифровые ресурсы, интерактивный урок, электронные учебники, мультимедийные средства, онлайн-платформы, инновационные методы обучения, речевое развитие, грамотность учащихся. Bugungi kunda ta’lim tizimida yuz berayotgan tub islohotlar maktab ta’limi, xususan boshlang‘ich ta’limga ham yangi yondashuvlarni talab qilmoqda. Chunki aynan boshlang‘ich bosqichda bola shaxsining aqliy, nutqiy, axloqiy va ijtimoiy rivojlanishiga asos solinadi. Ona tili darslari esa bu bosqichda asosiy o‘rin tutadi. Zero, ona tili fanini chuqur va tizimli o‘rgatish orqali o‘quvchilarda tilga nisbatan hurmat, og‘zaki va yozma nutq madaniyati, mantiqiy fikrlash kabi muhim fazilatlar shakllanadi. Zamonaviy ta’lim sharoitida bu jarayonni axborot texnologiyalari yordamida olib borish samaradorlikni yanada oshiradi. 46 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si Axborot texnologiyalari o‘qitish jarayoniga jadal kirib kelayotgan bugungi davrda har bir pedagog undan to‘g‘ri va maqsadli foydalanishni bilishi zarur. Bu ayniqsa boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun muhim, chunki yosh o‘quvchilar diqqatining tez chalg‘ishi, eslab qolish imkoniyatining chegaraliligi, ko‘proq ko‘rish va eshitish orqali bilimni egallashi kabi xususiyatlarga ega. Axborot texnologiyalari esa aynan shu didaktik talablarga javob beradi. Interaktiv vositalar, taqdimotlar, audio va video materiallar, raqamli ilovalar, elektron darsliklar yordamida darsni qiziqarli va jonli tarzda tashkil etish mumkin. Boshlang‘ich sinflarda ona tili fanini o‘qitishda, masalan, harflarni o‘rgatishda animatsion videolar, tovushlarni talaffuz qilishda audio fayllar, so‘z va gap tuzish mashqlarida interaktiv dasturlardan foydalanish o‘quvchilarni darsga faol jalb etadi. Bunday vositalar darsning faqat bilim berish emas, balki tarbiyaviy, rivojlantiruvchi vazifalarini ham samarali amalga oshirishga xizmat qiladi. Axborot texnologiyalari yordamida o‘quvchilar mustaqil o‘rganish va bilimlarini mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Masalan, darsdan so‘ng interaktiv testlarni bajarish, onlayn topshiriqlarni yechish, audio diktantlarni tinglab yozish orqali o‘zining bilimini nazorat qilishi mumkin. Bu esa ularning mustaqil fikrlash, javobgarlik va bilimga bo‘lgan qiziqishini kuchaytiradi. Zamonaviy texnologiyalar yordamida differensial yondashuvni amalga oshirish imkoniyati yaratiladi. Har bir o‘quvchining yoshi, qiziqishi, bilimi va qobiliyatidan kelib chiqib mos materiallar tanlanadi. Bu orqali har bir bola o‘ziga qulay tezlikda va shaklda o‘zlashtirish imkoniga ega bo‘ladi. O‘qituvchi uchun ham axborot texnologiyalari darsni samarali tashkil etishda qulayliklar yaratadi. Masalan, dars materiallarini oldindan tayyorlash, elektron resurslar orqali yangi mavzularni tushuntirish, multimedia taqdimotlar orqali vizual materiallarni namoyish etish orqali vaqt tejaladi va darsning sifati oshadi. Zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish o‘quvchilar va o‘qituvchilar o‘rtasidagi muloqotni mustahkamlashga ham xizmat qiladi. Onlayn platformalar orqali o‘quvchining mustaqil ishlari, yozma nutqi, o‘qish tezligi va aniqligi, so‘z boyligi va imloviy savodxonligi doimiy kuzatilib borilishi mumkin. Bularning barchasi o‘quvchining rivojlanish dinamikasini aniqlash va individual yondashuvni amalga oshirishga imkon beradi. Ta’lim jarayonida texnologiyalarning joriy etilishi nafaqat didaktik usullarni yangilash, balki o‘qituvchining kasbiy faoliyatini yengillashtirish, o‘quvchilarning shaxsiy faolligini oshirish hamda ularning nutqiy, ijodiy va tafakkur qobiliyatlarini rivojlantirish imkonini beradi. Ona tili darslarida bu imkoniyatlardan to‘liq foydalanish uchun metodik yondashuvlarning ham mos ravishda yangilanib borishi muhim. Ona tili fanida, ayniqsa boshlang‘ich bosqichda o‘quvchilarning fonetik eshituv qobiliyati, so‘z boyligi, grammatik tuzilmalardan foydalanish ko‘nikmasi, matn ustida ishlash malakasi shakllantiriladi. Bunday ko‘nikmalarni shakllantirishda oddiy og‘zaki tushuntirish va yozuv ishlari bilan cheklanish darsni samarasizlashtiradi. Shu bois bugungi pedagog har bir darsga zamonaviy texnologiyalardan kamida bitta turini tatbiq etishga intilishi kerak. Masalan, tovush va harflarni o‘rgatishda ovozli yozuvlar (audiolar) o‘quvchining tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilishiga yordam beradi. Rasmli slaydlar, animatsiyalar esa harf shakllari, ularning o‘qilishi va yozilishi bo‘yicha mustahkamlovchi material
Доказательный фрагмент
«В данной статье освещается значение использования современных информационных технологий в преподавании родного языка в начальных классах.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье освещается значение использования современных информационных технологий в преподавании родного языка в начальных классах. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- primary education, native language, information technologies, digital, innovatsion o‘qitish usullari, raqamli resurslar, elektron darsliklar, interaktiv dars, multimedia vositalari, onlayn platformalar, nutq rivojlantirish, o‘quvchilar savodxonligi., boshlang‘ich ta’lim, ona tili, axborot texnologiyalari
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025