К содержанию
РецензированоEN2026

FALSAFIY TERMINLARNING SEMANTIK XUSUSIYATLARI Berdibekova Hulkar Mavlonovna Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika universiteti

ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Berdibekova Hulkar Mavlonovna (in-academy.uz/index.php/si)

Наука и инновация · 2026

Аннотация

This article talks about the semantic features of philosophical terms in explanatory dictionaries. Key words: term, philosophy, semantic, sema, semema, lexical context, linguistics, metaphor, metonymy, synecdoche, task. Tilshunoslikda so`z semantikasidagi o`zgarish metafora, metonimiya, sinekdoxa, vazifadoshlik kabi ma`no ko`chish yo`llari bilan amalga oshiriladi. O`zbek tilida falsafiy terminlarning semantik usul bilan paydo bo`lishi o`zbekcha ko`pincha, o`zlashma so`zlar: arabcha, lotincha, yunoncha, fransuzcha so`zlarni yangi falsafiy termin ma`nosida qo`llashdan iborat. Bunga misol qilib quyidagilarni keltirish mumkin: Tilshunoslikka oid terminlar falsafa termini vazifasida kelishi mumkin: analogiya, kategoriya, sabab ergash gap, sifat, substrat, nisbiy, ikkilamchi, zamon, harakat nomi; -Iqtisod terminlari falsafa termini vazifasida kelishi mumkin: bazis, -Huquqshunoslikka oid falsafa termini vazifasida kelishi mumkin: analogiya, qonun; -Matematik terminlarning falsafa termini vazifasida kelishi mumkin: miqdor, irratsional; -Diniy terminlarning falsafa termini vazifasida kelishi mumkin: vahdat, haqiqat, panteizm. Semantik valentlikning yuzaga kelishida falsafiy terminlarning ham ahamiyati katta hisoblanadi. Semantik valentlikning vujudga kelishi uchun bir- biri munosabatga kirishayotgan, bog`lanayotgan ikki semamaning tarkibida bir xil semalar bo`lishi kerak. Masalan, kechki payt bog`lashuviga asos bo`lgan umumiy semani toppish uchun, birinchi navbatda, ikkala sememaning semik strukturasini toppish lozim. Kechki – “vaqt”, “tunning boshlanishi”, “kunning tugashi”, “quyoshning botishi”; payt - “vaqt”, “fursat, on”, “davr, zamon”, “qulay imkoniyat”. Shunday ekan, yuqoridagi “vaqt” semasi aynan, umumiy bo`lib, u kechki payt uchun asos bo`lgan. Semantik bog`langan ikki semema bir biri uchun belgilovchi leksik kontekst hisoblanadi. Polisemem leksema anglatayotgan barcha ma`nolarning-sememalarning sintagmatik imkoniyatlari, leksik kontekstlari bir-biridan farqli bo`ladi40. Demak, bundan ko`rinadiki, leksemalarning mazmun plani, sememalar va semalarning yuzaga chiqadigan imkoniyatlari farq qiladi. Buni tajriba falsafiy termini misolida ko`rib chiqamiz va leksik kontekstlari quyidagicha bo`lishi mumkin: 11 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si Semema Leksik kontekst Tajriba 1, muayyan maqsadda amalga Tajriba o`tkazmoq, tajriba natijalari, oshiriladigan, bilish, aniqlash, sinash tajribada sinab ko`rmoq,… va sh.k.ga qaratilgan ish, faoliyat. Tajriba 2, amaliy ishda, hayotda Hayotiy tajriba, pedagogik tajriba, o`zlashtirilgan, orttirilgan bilimlar, ilg`orlarning tajribasini o`rganmoq, malakalar, o`quvlar majmui. tajribalarni o`rtoqlashmoq,… Tajriba 3, obyektiv dunyoni, voqelikni Hissiy tajriba, san`atkorning estetik amaliy jihatdan hissiy-empirik bilish tajribasi,… jarayoni; obyektiv dunyo va ijtimoiy amaliyot qonunlarining kishi ongidagi inkiosi. Tajriba 4, bir masala, yo`nalishda Yosh ijodkorning birinchi tajribasi, o`z dastlabki tarzdagi ish, harakat va g`azallariga o`zi taxmis yozish tajribasi,.. uning mahsuli. Sememalarni semalarga ajratishda izohli lug`atlardan foydalanish maqsadga muvofiq bo`ladi. Chunki, bugungi kungacha leksik ma`noni ma`no bo`lak;arga bo`lishda, sememalarni semalarga ajratishda O`zbek tilining izohli lug`ati muhim manbaa bo`lib xizmat qilmoqda. Quyidagi falsafiy terminlarni semik tahlilga tortamiz. Sabab- “vaj’, “bahona”, “bois”, “hodisa”. Tasavvur-“o`ylash”, “xayol qilish”, “ko`z oldiga keltirish”, “o`ylab zehnda gavdalantirish”. Semik tahlilda semalarni farqlovchi va birlashtiruvchi miqdori aniqlansa asosiy vazifa amalga oshirilgan bo`ladi. Bu falsafiy terminlarning birlashtiruvchi semalari yuzaga chiqqan.

Доказательный фрагмент

«This article talks about the semantic features of philosophical terms in explanatory dictionaries.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article talks about the semantic features of philosophical terms in explanatory dictionaries. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
term, philosophy, semantic, sema, semema, lexical context, linguistics, семантика, task., synecdoche, метафора, metonymy, semantik, leksik kontekst, tilshunoslik, лексический контекст, сема, синекдоха, metonimiya, vazifadoshlik., metafora, sinekdoxa, metaphor, термин, функция., семема, falsafa, termin, лингвистика, метонимия, философия
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники