К содержанию
РецензированоUZ2026

PARALLEL MATNLAR KORPUSINI YARATISHNING AMALIY VA NAZARIY

ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Akramdjanova Madina Ismatullayevna (in-academy.uz/index.php/si)

Наука и инновация · 2026

Аннотация

Korpuslar, birinchi navbatda, lingvistik tadqiqotlar uchun ma’lumotlar bazasidir. Tilning mavqeini oshirish, ijtimoiy funksiyalarini kengaytirish, kommunikatsiyadagi o‘rnini belgilash, axborot asri talablariga muvofiq ravishda takomillashtirishga doir tadqiqotlar olib borilmoqda. Hozirgi texnik imkoniyatlardan foydalangan holda milliy tillarning umumiy ma’lumotlar bazasini yaratish, shu asosda tilning semantik imkoniyatlarini, mazmun ifodalash ko‘lamini belgilash global taraqqiyotning dolzarb masalalaridan biridir. Har bir tilda yaratilgan matnlar korpusi, birinchi navbatda, shu tilning lug‘at boyligini aks ettirishga xizmat qiladi. Grammatik va uslubiy xususiyatlarini aks ettiradi. Jumladan, Parallel matnlar korpusi tarjima qilinayotgan tillar o‘rtasidagi lakunar hamda realiya birliklarni to‘liq ifodalash imkonini beradi. Ushbu maqolada parallel matnlar korpusining ahamiyati haqida fikr yuritilgan. Annotation: corpses are primarily a database for linguistic research. Studies are carried out to increase the status of the language, expand its social functions, establish its place in communication, improve it in accordance with the requirements of the information age. The creation of a general database of national languages, taking advantage of the current technical capabilities, on this basis, the definition of the semantic capabilities of the language, the scale of content expression, is one of the pressing issues of global development. The body of texts created in each language serves, first of all, to reflect the dictionary wealth of that language. Aks reflect the mathematical and methodological featurestiradi. In particular, the parallel text Corps provides a complete representation of lacunar and Real units between the translated languages. This article gives an idea of the importance of a parallel text body. Kalit so‘zlar: Korpus, korpus lingvistikasi, kompyuter lingvistikasi, parallel matnlar korpusi, chog‘ishtirma aspekt, badiiy asar bo‘yicha parallel matnlar korpusi. Keywords: Corpus, corpus linguistics, computer linguistics, parallel texts corpus, corpus aspect, parallel texts corpus on the work of art. Korpus lingvistikasi kompter lingvistikasi yo‘nalishi sifatida shakllandi. Korpus lingvistikasi hal qilinishi lozim bo‘lgan muammolar hajmining kengligi, vazifalarning keng ko‘lamdaligi bois alohida soha sifatida rivojlanmoqda. Kompyuter lingvistikasi, korpus lingvistikasi amaliy tilshunoslik yo‘nalishlari hisoblanadi. Har bir tilning mavqeyi axborot-kommunikatsiyadagi o‘rni bilan belgilanadi. Tilning axborot almashuv funksiyasini ta’minlashda kompyuter lingvistikasining, korpus lingvistikasining ahamiyati katta. Korpuslar muayyan tilning xususiyatlarini yoritishda, imkoniyatlarini aks ettirishda, tilshunoslik sohalarini, xususan, kompyuter leksikografiyasini 34 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si takomillashtirishda, ijtimoiy soha tushunchalarini ommalashtirishda amaliy ahamiyat kasb etadi. Kompyuter lingvistikasi taraqqiyotini ta’minlovchi asosiy lingvistik omil elektron matnlar korpusi yoki parallel matnlar korpusidir. Korpus (korpus) lotincha so‘z bo‘lib, «tana» degan ma’noni bildiradi. “Korpus so‘z, so‘z birikmasi, grammatik shakllarni, so‘z ma’nosini muayyan qidiruv tizimi orqali topishni anglatuvchi elektron ko‘rinishdagi matnlar jamlanmasidir [1]”. Korpuslar barcha yo‘nalishdagi tadqiqotlar uchun muhim manba sifatida xizmat qiladi. Korpus lingvistikasining kommunikatsiya, axborot almashuv, ilmiy tadqiqotlardagi ahamiyatli o‘rni tadqiqotchidan tavsiya qilingan adabiyotlardagi ma’lumotlarni tahlil qilish, qiyoslash va baho berish ko‘nikmalariga, korpus lingvistikasining dasturiy vositalari va axborot resurslari bilan ishlash malakasiga ega bo‘lishni talab etadi. Korpus lingvistikasining shakllanishi, taraqqiyoti va nazariy asoslari tadqiqotlarda yoritilgan. Korpus lingvistikasi, uning predmeti izohlangan, ilmiy adabiyotlardagi ta’riflari til korpusi ma’lum tilning belgilangan davrdagi, xilma-xil janr, rang-barang uslub, hududiy hamda ijtimoiy variantdagi matnlarning elektron shakldagi maxsus dasturiy ta’minot asosidagi yig‘indisi sifatida umumlashtirilgan [2]. Korpus lingvistikasida parallel matnlar korpusi muhim ahamiyat kasb etadi. Parallel matnlar korpusi badiiy asar, qo‘llanma, ommaviy axborot vositalari, turli xil hujjatlarning ikki yoki undan ko‘p tillardagi elektron ko‘rinishlaridir. Parallel matnlar korpusi chog‘ishtirma aspektdagi tadqiqotlarda o‘ziga xos o‘rin tutadi. Parallel korpuslar yordamida bir so‘z, jumla, abzats, supersintaktik butunliklarning turli tillardagi variantlarini bilish mumkin. Parallel korpuslar – madaniyatlararo muloqot keng yoyilgan hozirgi davr uchun muhim bo‘lgan ma’lumotlar bazasi. Parallel korpuslar orqali turli til muhitidagi, madaniyatlaridagi universaliyalar hamda tillarning o‘ziga xos mental xususiyatlari, realiya va lakunar birliklarni aniqlash mumkin bo‘ladi. Parallel matnlar korpusi avtomatik tarjima rivoji uc

Доказательный фрагмент

«Korpuslar, birinchi navbatda, lingvistik tadqiqotlar uchun ma’lumotlar bazasidir.»

Образец извлечения

Демо-превью

Korpuslar, birinchi navbatda, lingvistik tadqiqotlar uchun ma’lumotlar bazasidir. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Corpus, corpus linguistics, computer linguistics, parallel texts corpus, corpus, chog‘ishtirma aspekt, parallel matnlar korpusi, badiiy asar bo‘yicha parallel matnlar korpusi., Korpus, korpus lingvistikasi, kompyuter lingvistikasi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники