Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Ushbu maqolada imkoniyati cheklangan kasb hunar maktabi talabalarni axborot vositalaridan to‘g‘ri foydalanish madaniyatini shakllantirishga doir muhim ma’lumotlar berilgan
ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Eminov B.A. (in-academy.uz/index.php/si)
Наука и инновация · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada imkoniyati cheklangan kasb hunar maktabi talabalarni axborot vositalaridan to‘g‘ri foydalanish madaniyatini shakllantirishga doir muhim ma’lumotlar berilgan. Axborot vositalari, jumladan televidenie, radio, gazeta va internetning o‘quvchi yoshlar ongiga ta’siri, ularning mazmuni, turli g‘oyalar va qarashlar, yoshlar ongida milliy mentalitetga to‘g‘ri kelmaydigan yot g‘oyalarni paydo qilishga sabab bo‘lmoqda, shu sababdan, axborot vositalaridan to‘g‘ri foydalanish madaniyatini shakllantirish zamon talabidir. Kalit So‘zlar: Axborot vositalari, televidenie, radio, gazeta, internet, ratsional model, hissiy ta’sir usuli, maksimal, minimal va teskari ta’sir modellari. Kirish: Axborotlashish globallashuv jarayonlari bilan uzviy bog‘liq holda amalga oshadi. Bugungi kundagi ommaviy axborot vositalarining o‘sib kelayotgan yoshlar ongida milliy mentalitetga to‘g‘ri kelmaydigan yot g‘oyalarning paydo bo‘lishiga hamda keskin qarashlarning shakllanayotganligiga sababchi bo‘layotganligi to‘g‘risida bir tomonlama fikrlar e’tirof etilmoqda. Shu boisdan ham, ommaviy axborot vositalarining tarbiyasidagi ta’sir doirasi qay darajada ekanligini aniqlash maqsadida tadqiqot ishlari, izlanishlar olib borishni, ta’lim-tarbiya jarayonida ommaviy axborot vositalarining asl mohiyatini ochib berilishini, unda berilayotgan materiallarga xolisona fikr bildira olish zakovatiga ega bo‘lgan o‘smir yoshidagi o‘quvchilarni tarbiyalash, yo‘naltirish shart-sharoitlarini belgilashni taqozo etmoqda. Ijtimoiy muhit shaxsining asosiy ijtimoiy funksiyalarini belgilaydi. Bevosita shakllanayotgan o‘smir yoshidagi o‘quvchiga ijtimoiy omil sifatida ommaviy axborot vositalarining ta’sir doirasi benihoya kengayib bormoqda. Shu sababli ommaviy axborot vositalari ijtimoiylashuvida muhim o‘rinni egallaydi. Ta’lim sohasida ommaviy axborot vositalaridan unumli foydalanish, unda berilgan materiallarni to‘g‘ri tahlil qila olish qobiliyatini o‘quvchilarda shakllantirishda pedagoglarning yo‘naltira olish qobiliyati va mahoratiga ega ekanligida namoyon bo‘ladi. Bundan tashqari, yoshlarimiz ma’naviyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan yana bir omil, internetni olaylik. Internet ommaviy axborot vositasi hisoblanib, u tarqatayotgan xabarlar, reklamalar, kliplar, suratlar ommaviy fikrni shakllantirish kuchiga ega. Bugun jahondagi yirik axborot markazlarining ko‘pchiligi internet orqali faoliyat ko‘rsatmoqda. Shuning bilan birga, internetdagi axborotlarning ishonchlilik darajasi, ularning kishilar ongi va ma’naviyatiga aks ta’sir etayotgani qayd qilinmoqda. Afsuski, keyingi yillarda ommaviy axborot vositalarining barcha turlari kabi internet ham ayni shu tahdidlar bilan yoshlarni o‘ziga jalb etmoqda. 70-80% yoshlar o‘z vaqtini internet kafelarda yoki mobil internetlardan foydalanish bilan o‘tkazayotgani bunga yorqin misol bo‘la oladi. Bu esa eng 117 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si tezkor ta’sir vosita sifatida ham ijobiy, ham salbiy xulqni shakllantirishdagi omillardan biri ekanligi ma’lum. Kuzatuvlar natijasiga ko‘ra, hamma vaqt ham yoshlar internet saytlaridan ma’lum bir mavzudagi materiallarni olish uchun kirmaydilar, aksincha aksariyat 70% o‘smir yoshidagi o‘quvchilar ko‘ngilochar saytlarda o‘z vaqtini o‘tkazayotganliklarini ko‘rish mumkin. Shuningdek, ijtimoiy muhitda axborotlashtirish makonini yaratish, zamonaviy muhitning o‘ziga xos tizimni shakllantirishga asos bo‘ladi. Shu bilan birga axborotlashgan muhit, shaxsning aqliy salohiyati bilan hamohang ravishda borishi lozim. Bu esa shaxs va u yashayotgan axborot muhitining ijodiy salohiyatini oshirishga imkon yaratadi. Axborotlashgan jamiyat oldingi jamiyatlardan sifat jihatidan farq qiladi. U yerda moddiy omillar emas, balki ma’naviy omillar – ya’ni, bilim va axborot birinchi o‘rinda turadi. Jamiyat a’zolarining aksariyati axborot va bilim olish, ularga ishlov berish hamda ularni saqlash va yetkazish jarayonida band bo‘ladi. Axborotlashgan jamiyatda axborot tayyorlash moddiy ishlab chiqarishning rivojiga turtki beradi. Axborot vositasi sifatida internetning ta’lim sohasiga olib kirilishi va uni ta’lim jarayonida qo‘llanilishi uchun, albatta, o‘quvchilarda ma’lum ko‘nikmalarni shakllantirish lozim. O‘tkazilgan tajriba-sinov ishlari natijalariga ko‘ra, pedagoglar shaxsini shakllantirish jarayonida ommaviy axborot vositalaridan foydalanishda quyidagi tashkiliy pedagogik shart- sharoitlarni hisobga olishlari lozim: o‘quvchilarni internet saytidan fanlarga oid manbalarni olish, o‘rganish, tahlil qilish malaka va ko‘nikmalarini shakllantirishda texnologik yo‘naltirish; o‘quvchilarni ommaviy axborot vositalari materiallarini o‘qish, o‘rganish va ularni amalda qo‘llashda samarali foydalanishlari uchun ularni psixologik jihatdan tayyorlash, yo‘naltirish; ommaviy axborot vositalari materiallarini to‘g‘ri idrok etishlari uchun tushuntirish, suhbat munozara usullaridan foydalanish; o‘quvchilarda axborot vositalari materiallariga nisbatan to‘g‘ri ijobiy muno
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada imkoniyati cheklangan kasb hunar maktabi talabalarni axborot vositalaridan to‘g‘ri foydalanish madaniyatini shakllantirishga doir muhim ma’lumotlar berilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada imkoniyati cheklangan kasb hunar maktabi talabalarni axborot vositalaridan to‘g‘ri foydalanish madaniyatini shakllantirishga doir muhim ma’lumotlar berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- gazeta va belgi-ramz., kompyuter, ochiq axborot, umuminsoniy madaniyat, kitoblar, Psixologik himoya, radio, intellektual salohiyat, jurnal, televidenie, internetomaniya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014