Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
FARG‘ONA VILOYAT TEATRLARIDA ZAMONAVIY MAVZUNING IJROVIY MANZARALARI
ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Raximova Charos Xamidulla qizi (in-academy.uz/index.php/si)
Наука и инновация · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada milliy dramaturgik asarlarning sahnaviy talqinlari – o‘z davrining yutuq va kamchiliklarini aks ettirishi, muammo va unga ijodkorlar tomonidan taqdim etilajak yechim ekanligi haqida so‘z yuritiladi. Farg‘ona viloyat musiqali drama teatrida sahnalashtirilgan “Seni sog‘indim” spektakli orqali ijodiy jamoaning repertuar shakllantirishdagi izlanishlari tahlil qilinadi. Tayanch so‘zlar: musiqali drama, ijodiy jamoa, spektakl, aktyor, obraz, kulminatsiya, xarakter, rejissor. Ma’lum davrning ijtimoiy hayot silsilasida hukm surayotgan qarashlar: mafkuraviy ong hamda muayyan axloqiy-huquqiy me’yorlar, san’atning boshqa turlaridan farqli o‘laroq, insonlar e’tiboriga sahnaviy asarlar talqinida uzatilishi nisbatan faol madaniy hodisa sanaladi. [1, 82] Binobarin, teatr sahnasida namoyish etilajak asarlar mavjud davr hayot tarzining amaliy in’ikosi sifatida, tomoshabinga tatimliligi, yuqumlilik reaksiyasining o‘ziga xosligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Bu esa, o‘z navbatida, bugunning dolzarb muammolari, real hayotda tipiklik kasb etuvchi ijtimoiy hayot manzaralarni tomoshabin ko‘z o‘ngida gavdalantirib, jamiyat a’zolarini o‘ylantiradigan og‘riqli savollarga to‘laqonli javob topib bera oladigan badiiy-ijroviy pishiq, g‘oyaviy jihatdan mustahkam sahna asarlari taqdim etishni talab qiladi. Bugun mamlakatimizdagi teatrlar faoliyatida ijobiy siljishlar, aytishga arzigulik ijodiy jonlanishlar yuz bermoqda. O‘zbek xalqi jahon teatr madaniyatining deyarli barcha turlarini egallagan. Lekin xalqimiz o‘z xarakter xususiyati va milliy an’analariga tayangan holda professional teatrning yangi o‘ziga xos turi - musiqali dramani yaratgan. [2, 64] Shu bois, nafaqat poytaxt teatrlarida, balki viloyatlar miqyosida ham, so‘nggi yillarda qator ijodiy izlanishlar hamda tomoshabin ma’naviy ehtiyojiga muvofiq asarlar namoyish etilayotgani quvonarli holdir. Xususan, bu borada Farg‘ona viloyat teatrlarida zamonaviy mavzudagi spektakllar ijroviy pishiqligi, mazmunning davr ruhiga hamohangligi bilan alohida e’tirofga molikdir. Ma’lumki, Farg‘ona viloyati musiqali drama teatri mamlakatimiz madaniy qiyofasining shakllanishida o‘ziga xos muhim o‘rin tutib kelgan. Shu bois, tear san’ati yo‘nalishida amalga oshirilayotgan izlanishlar xususida so‘z borar ekan, farg‘onalik san’atkorlar faoliyati haqidagi kuzatishlarimizni havola etishimiz o‘rinlidir. Bugungi kunning dolzarb mavzularidan biri sanalayotgan yoshlar mavzusi, ularning dunyoqarash va e’tiqodlari masalalariga bag‘ishlangan sahna asarlari Yusufjon qiziq Shakarjonov nomidagi viloyat teatrida tomoshabinlarga taqdim etildi. Jumladan, dramaturglar A. Abdug‘afurov hamda M. 86 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si Komiljonovlar asari asosida sahnaga qo‘yilgan “Seni sog‘indim” spektakli ilk premyeradanoq, tomoshabinlar e’tiborini qozondi. Rejissyor Muhammadsoli Yusupov sahnalashtirgan ushbu asar hozirgi mustaqillik sharoitida o‘sib-ulg‘ayayotgan yosh avlod hamda zamondoshlarning axloqiy mezonlariga salbiy ta’sir etayotgan ma’nan tuban, riyokorona muhit vakillari – jinoiy to‘dalar va ularni fosh etishda biz bilan yonma-yon yashayotgan davrimiz qahramonlarining ma’naviy jasoratlari yuksak professional ijrosi bilan tomoshabin olqishini qozondi. Asarda jamiyat a’zolarining ma’naviy dunyosidagi tanazzuliy jihatlar bo‘lgan g‘ayriinsoniy chirkin illatlar – o‘g‘rilik, qotillik, tanfurushlik, odam savdosi, poraxo‘rlik hamda qimorbozliklar, ularga qarshi elning asil farzandlari bo‘lgan iymonli insonlar tomonidan olib borilayotgan murosasiz kurashlar o‘zining sahnaviy ifodasini to‘laqonli shakllantira olgani ahamiyatlidir. Spektaklning boshi – prologdanoq, endigina mustaqil hayotga kirib kelgan Beshkapalik Diyorbekning tasodif tufayli guldek yoshligini allaqachon izdan chiqarib, nopok yo‘llarni ixtiyor qilgan, boshi berk ko‘chaga kirgan qimorboz tengqurlari – Ibo va Tillo kabi chirkin shaxslarning pul, boylik yo‘lida har qanday tubanliklardan tap tortmasliklari yoritiladi. Aynan mana shu ko‘rinishdayoq, o‘tkir konflikt yuzaga keladi va mana shu tarang vaziyat spektaklning har bir ko‘rinishlariga ma’lum darajada o‘z kuchini saqlagan holda, barcha personajlar taqdiriga ham ma’lum darajada salbiy ta’sir kuchini o‘tkazib, ko‘plar hayotining butunlay izdan chiqarishga muvaffaq bo‘ladi. Taassuflar bilan aytish mumkinki, spektakldagi bunday badbin kimsalar o‘zga yurtlardan kelib, tinchimizni buzayotgan begonalar emas, o‘z zamondoshlarimiz, millatdoshlarimiz! Ularning tubanliklari nafsiga qul kimsalar – haqiqat, adolat izlovchi, sururga intiq, pokiza qalblar tasavvuriga nayza bo‘lib sanchiladi. Zamondoshlarimizni ma’naviy tubanlik qa’riga tortayotgan bu kabi nafs qullariga nisbatan dadil va murosasiz kurash uchun yo‘lga chiqqan pok iymonli Sultonning Vatanga, o‘z kasbiga sodiqligi, vatandoshlariga bo‘lgan cheksiz muhabbati spektaklning boshdan oxiriga qadar bo‘lgan har bir ko‘rinish hamda vaziyatlarda o‘z ifodasini namoyon etib turadi. Zero, tubanlik ajdaholari
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada milliy dramaturgik asarlarning sahnaviy talqinlari – o‘z davrining yutuq va kamchiliklarini aks ettirishi, muammo va unga ijodkorlar tomonidan taqdim etilajak yechim ekanligi haqida so‘z yuritiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada milliy dramaturgik asarlarning sahnaviy talqinlari – o‘z davrining yutuq va kamchiliklarini aks ettirishi, muammo va unga ijodkorlar tomonidan taqdim etilajak yechim ekanligi haqida so‘z yuritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ijodiy jamoa, xarakter, kulminatsiya, spektakl, rejissor., musiqali drama, obraz, aktyor
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014