К содержанию
РецензированоUZ2026

VIZUAL IDROK — O‘QISH VA YOZISHNING ILK BOSQICHI

ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Eshniyozova Matluba Ne‘mat qizi (in-academy.uz/index.php/si)

Наука и инновация · 2026

Аннотация

The article presents views and information on the importance of visual perception in mastering reading and writing, the content and analysis of research on visual comprehension, the essence of methods for developing and forming the skill of visual comprehension, tasks for assessing it, and the impact and importance of this skill in later life. Kalit so‘zlar: vizual idrok, diskriminatsiya, vizual fazoviy aloqa, xotira, multimedia, fotoreseptsiya, axborotni uzatish, qabul qilish Key words: visual perception, discrimination, visual spatial communication, memory, multimedia, photoreception, information transmission, reception. Hayotimiz davomida atrof-muhit bilan qanday munosabatda bo‘lishimizga vizual idrok orqali olingan ma’lumotlar yordam beradi. Vizual idrok bu ko‘rish keskinligidan farq qiladi, ya’ni ko‘zlarimiz ma’lum masofadagi narsalarni farqlash qobilyatidir. Aynan bu ko‘rib tushunish ko‘nikmasiga biz har kuni duch kelamiz: matnni o‘qish, sport o‘yinlari,kompyuter va televizor ekranlari, belgi va ishoralar,ijtimoiy o‘zaro ta’sir orqali ma’lumot olish kabilar. Agar bu ko‘nikmada muammolar bo‘lsa, ta’lim jarayonidagi ayrim nuqsonlarni keltirib chiqarishi mumkin. Ko‘rish ko‘nikmasida qiyinchiliklarga duch kelgan o‘quvchilar ayniqsa, o‘qish va yozish kabi asosiy ko‘nikmalarni o‘rganishda muammolar girdobida qolib ketadi. Ko‘rib tushunish ham tinglab tushunish, o‘qib tushunish,gapirish va yozish ko‘nikmalari kabi ta’limning asosi bo‘lib xizmat qiladi, zero maktab ta’limida o‘quvchilar mazkur ko‘nikmaga ega bo‘lishmaydi, dars davomida o‘qib tushunish ko‘nikmasi tarkibida o‘zlashtiradi. Ammo ona tili ta’limida bugun o‘quvchilar egallashi lozim bo‘lgan nutqiy ko‘nikmalami aniqlab olishda ko‘rib tushunish, analitik tafakkumi rivojlantirish muammosi ham bor. [G‘.Hamroyev 2022] Shu tufayli Yevropa ta’lim tizimida dastlab o‘quvchilarda ushbu ko‘nikmani shakllantirish va rivojlantirishga oid tadqiqotlar amalga oshirilgan. Chunki o‘quvchi ta’lim dargohiga qadam bosarkan, yangi axborotni aynan ko‘rish orqali qabul qiladi. Xususan, boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilar tovushlar, bo‘g‘inlar, so‘zlar tarkibida tovushlarning o‘zgarishi, ikki yoki undan ortiq so‘zlarni qo‘shish, bo‘g‘inlarga ajratish, tinish belgilarini qo‘llamaslik kabi qiyinchiliklarni ko‘rib tushunish orqali o‘zlashtirishadi. Keyinchalik esa ular matnlarni o‘qib tushunishda va qayta yozishda ham bu ko‘nikmaga ehtiyoj sezadi. Vizual o‘rganish o‘quvchilarga o‘zlari o‘rganayotgan ma’lumotlarning aqliy tasvirlarini yaratishga imkon beradi, bu esa tushunish a saqlashni yaxshilashga yordam beradi. Vizual formatda taqdim etilgan ma'lumotlarni ko‘rish orqali o‘quvchilar materialni osonroq tushunishlari va eslab qolishlari mumkin. Vizualizatsiya o‘quvchilarga murakkab tushunchalarni qayta ishlash va tushunishga yordam beradi, ko‘rgazmali qo‘llanmalar orqali murakkab ma’lumotlarni kichikroq, boshqariladigan 117 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si bo‘laklarga bo‘lib, o‘quvchilarning tushunishi va eslab qolishini osonlashtiradi.[Beslan Bakriev 2023] Ko‘rish va o‘qish uchun juda muhim bo‘lgan yana bir soha — bu vizual idrok. Vizual idrok — bu odamning miyasi ko‘rilgan ma’lumotni qanday izohlashidir. Vizual shaklni idrok etish, vizualizatsiya, vizual xotira va fazoviy tashkil etish kabi vizual idrok etish qobiliyatlari harflar, raqamlar, shakllar kabi belgilar va obyektlarning fazoviy sifatlarini tan olish, eslash va boshqarishda muhim ahamiyatga ega. [Bratton, Courtney, Gross, Kristen 2021] Bu borada olimlarning bir qancha nazariyalari mavjud bo‘lib, “Gistalt nazariyasi” ga to‘xtalsak, ko‘rish bu tabiiy jarayon va u hissiyotga qaratilmagan. Vizual o‘rganish o‘quvchilarga o‘zlari o‘rganayotgan ma’lumotlarning aqliy tasvirlarini yaratishga imkon beradi, bu esa tushunish va saqlashni yaxshilashga yordam beradi. Vizual formatda taqdim etilgan ma’lumotlarni ko‘rish orqali o‘quvchilar materialni osonroq tushunishlari va eslab qolishlari mumkin. Vizualizatsiya o‘quvchilarga murakkab tushunchalarni qayta ishlash va tushunishga yordam beradi, ko‘rgazmali qo‘llanmalar orqali murakkab ma’lumotlarni kichikroq, boshqariladigan bo‘laklarga bo‘lib, o‘quvchilarning tushunishi va eslab qolishini osonlashtiradi. [Kerry Gray 2022] Har bir sezgi organi hissiy ma’lumotni qabul qilish, bu hissiy ma’lumotni miyaga yuborish bilan kifoyalansa, vizual tizimda ko‘zning to‘r pardasidan vizual ma’lumotlar qabul qilinadi, qayta ishlanadi. Biz ko‘rgan narsalarni qanday izohlayotganimizni tushunish vizual ma’lumotni loyihalash va tartibga solishga yordam beradi. Uning xulosalariga asoslanib, ko‘rish ko‘nikmasini aqliy faoliyat uchun birinchi qadam deb hisoblash mumkin. Undan tashqari yana bir nazariya ham mavjud bo‘lib: a. Yuqoridan pastga — bunda olinayotgan ma’lumotni sharhlashda o‘tmishdagi bilimlarimiz va taxminlarimizdan foydalanamiz. b. Pastdan yuqoriga esa hissiy ma’lumotning boshlanishi va asta-sekin izchil idrok etilishini ta’kidlaydi. Yuqoridagi na

Доказательный фрагмент

«The article presents views and information on the importance of visual perception in mastering reading and writing, the content and analysis of research on visual comprehension, the essence of methods for developing a…»

Образец извлечения

Демо-превью

The article presents views and information on the importance of visual perception in mastering reading and writing, the content and analysis of research on visual comprehension, the essence of methods for developing a… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
visual perception, discrimination, visual spatial communication, memory, diskriminatsiya, vizual fazoviy aloqa, fotoreseptsiya, xotira, vizual idrok, axborotni uzatish, multimedia, qabul qilish
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники