Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
INKLYUZIV TA‟LIMNI AMALIYOTGA JORIY QILISHNISHI - YUTUQ VA MUAMMOLARI
ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Maxmudov Jasur Yusupovich (in-academy.uz/index.php/si)
Наука и инновация · 2019
Аннотация
In the article, the introduction of inclusive education into practice, the focus on the education of children with disabilities, the decisions made by our state regarding the education of children with special needs in the system of general education institutions, and some of the achievements that need to be resolved. Opinions were expressed about the problems. Key words. Inclusive education, lifting device, ramp, handrail, special pedagogue, disabled child, specialist. Imkoniyati cheklangan bolalarning ta‘lim olishi nihoyatda yuqori e‘tiborni talab qiluvchi umuta‘lim tizimining sohasi hisoblanib, imkoniyati cheklangan bolalar jamiyatning ijtimoiy qatlamidir, chunki ularning ko’pchiligi kam ta‘minlangan oilalarda voyaga yetganlar. Inklyuziv ta‘lim – bu imkoniyati cheklangan bolalarni barcha zaruriy vositalar bilan ko’pchilik bolalar uchun amalga oshiriluvchi ta‘lim tadbirlariga jalb etishdir. Shundagina biz imkoniyati cheklangan barcha bolalarni jamiyat hayotida faol ishtirok etishga erishishishimiz mumkin. Maxsus yordamga muhtoj bolalarni umumta‘lim muassasalari tizimida o’qitish borasida respublikamizda ko’zga ko’rinarli ishlar qilindi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi PF-5712-son Farmoni bilan tasdiqlangan, O’zbekiston Respublikasi Xalq ta‘limi tizimini 2030- yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida alohida ta‘lim ehtiyojlari bo’lgan bolalarga ko’rsatiladigan ta‘lim xizmatlari sifatini yaxshilashga qaratilgan, alohida ta‘lim ehtiyojlari bo’lgan bolalarni o’qitish uchun inklyuziv ta‘lim tizimini tashkil etish, umumta‘lim muassasalarini maxsus moslamalar (ko’tarish qurilmasi, pandus, tutqich va boshqalar), shuningdek tegishli kadrlar (maxsus pedagog, bolalarni ruhiy-pedagogik kuzatish bo’yicha mutaxassislar) bilan ta‘minlash; alohida ta‘lim ehtiyojlari bo’lgan har bir bolaning inklyuziv ta‘lim olish huquqini ta‘minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish kabi bandlar kiritilgan. Bundan tashqari, ―Zamonaviy maktab‖larni qurishda ushbu maktablarda alohida ta‘lim ehtiyojlari bo’lgan bolalarni o’qitish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, ular uchun maxsus infratuzilma bo’lishi va jihozlanishini ta‘minlash maqsadida inklyuziv ta‘limni tashkil etish bo’yicha ―Zamonaviy maktab‖ga qo’yiladigan me‘yoriy talablar loyihasi ishlab chiqildi. Mana shu maqsadda alohida ta‘lim ehtiyojlari bo’lgan bolalarni o’qitish uchun O’zbekiston 107 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning 13.10.2020 yildagi «Alohida ta‘lim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga ta‘lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish choratadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-4860-son qarori qabul qilindi[1]. Alohida ta‘lim ehtiyojlari bo’lgan bolalarni sog’lom bolalar qatorida umumta‘lim maktablarida o’qitish amaliyotini rivojlantirish maqsadida ixtisoslashtirilgan ta‘lim muassasalarida ta‘lim olayotgan o’quvchilarning umumta‘lim maktablariga integratsiyalashuvi (uyg’unlashtirgan holda ta‘lim-tarbiya berish) tajribasi qo’llanilishi natijasida so’ngi yillarda 500 nafarga yaqin alohida ta‘lim ehtiyojlari bo’lgan o’quvchilar umumiy o’rta ta‘lim maktablariga qaytarildi. Hozirgi kunda 3,2 mingdan ortiq umumiy o’rta ta‘lim maktablarida 13 ming nafarga yaqin o’quvchilar inklyuziv ta‘lim bilan qamrab olingan[1, 4-b]. Amalga oshirilgan ma‘lum bir darajadagi yutuqlar bilan birga ayrim hal etilishi kerak bo’lgan muammolar ham mavjud. Ular jumlasiga quyidagilar kiradi: salbiy munosabat; hamjamiyatda ko’rinmaslik; moddiy mablag’ muammolari; jismoniy moslashtirish; sinfdagi o’quvchilar soni; qaramlik; jinsiy belgilarga qarab kamsitish; favqulodda vaziyatlar, mojorolar va qochoqlar[2,3]. Shulardan birinchisi salbiy munosabat muammosiga to’xtaladigan bo’lsak bu holat maxsus ehtiyojli bolalarning umumta‘lim muasasalari tizimida ta‘lim-tarbiya olaishlari uchun eng katta to’siq bo’lsa kerak. Salbiy munosabat muammosining mazmuni shundaki, ota-onalar, hamjamiyat a‘zolari, o’qituvchilar, umumta‘lim muassasalari hodimlari, boshqaruv organlaridagi hatto maxsus ehtiyojli bolalrning o’zlaridagi umumta‘lim muassasalarida ta‘lim tarbiya olishlariga nisbatan qashiliklari va buni istamasliklaridir. Bunga sabab nogironlarga nisbatan insonlardagi noto’g’ri fikr, ular to’g’risida ma‘lumotlarning yetishmasligi, nogiron bolalarning chegaralangan muhitda o’sganligi va boshqalardir[4]. Hamjamiyatda ko’rinmaslik muammosining mazmuni shundaki, ko’pincha ko’plab maxsus ehtiyojli bolalar ota-onalar tomonidan qattiq bekitiladi. Ularni uyga qamab hech kimga ko’rsatmaydilar, ro’yxatga olish jarayonida nogiron bolasi to’g’risida hech bir ma‘lumot berilmaydi. Natijada ko’plab nogiron bolalar hamjamiyatda ishtirok etishdan mahrum bo’ladilar. Ular to’g’risida hech bir ma‘lumotni bo’lmasligi ta‘limtarbiya muassasalariga qatnamasliklariga olib keladi[8,9]. Moddiy mablag’ muammolari. Jahon miqiyosida ko’pgina davlatlarda maxsus ehtiyojli bolalarni umumta‘lim muassasalarida o’qitish juda qimmatga tu
Доказательный фрагмент
«In the article, the introduction of inclusive education into practice, the focus on the education of children with disabilities, the decisions made by our state regarding the education of children with special needs i…»
Образец извлечения
Демо-превьюIn the article, the introduction of inclusive education into practice, the focus on the education of children with disabilities, the decisions made by our state regarding the education of children with special needs i… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Inclusive education, lifting device, ramp, handrail, special pedagogue, pandus, maxsus pedagog, tutqich, Inklyuziv ta‟lim, ko„tarish qurilmasi, disabled child, mutaxassis., imkoniyati cheklangan bola, specialist.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Современная наука и исследованияNEW RENAISSANCE, HUJJATLARDA AKS ETISHI +22025