Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
CHIRCHIQ SAYILGOHI LOYIHASINI BARPO ETISHDA BAJARILADIGAN GEODEZIK ISHLAR
ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · GEODEZIK ISHLAR (in-academy.uz/index.php/si) · Dotsent: Tag‘ayeva Dilafruzxon Usmonovna (in-academy.uz/index.php/si) · Assistant: Komilov Otabek Anvar o‘g‘li (in-academy.uz/index.php/si) · Student: Zakirov Alisher Alim o‘g‘li (in-academy.uz/index.php/si) · South N. (Tashkent university of architecture civil engineering)
Наука и инновация · 2026
Аннотация
Qurilish jarayonida bajariladigan geodezik ishlar muhim hisoblanib, Chirchiq Sayilgohi loyihasini barpo etishda poligonametriya tormog‘i, nivelir to‘ri, topografik syomka ishlari vazifalarini bajarish tartibi yoritilgan. Aннотация: Рассматриваются важные геодезические работы, выполняемые в процессе строительства, и объясняется порядок выполнения задач полигонометрической сети, нивелирной сети и топографической съемки при строительстве проекта «Чирчикский пляж». Annotation: Geodetic work performed during the construction process is considered important, and the procedure for performing the tasks of the polygonometry network, leveling network, and topographic surveying in the construction of the Chirchik Beach project is explained. Kalit so‘zlar: Geodezik tarmoq, poligonometriya, burchak bog‘lanmaslik xatosi, geodezik asos, koordinatalar aniqligi, poligonometriya yo‘li, poligon punktlari, elektron taxеometr, ichki burchaklar yig‘indisi, razryadlar poligonometriya, Trimble M3, South N3. Ключевые слова: Геодезическая сеть, полигонометрия, невязка углов, геодезическая основа, точность координат, ход полигонометрии, точки полигона, электронный тахеометр, сумма внутренних углов, способы полигонометрии, Trimble M3, South N3. Keywords: Geodetic network, polygonometry, angle error, geodetic basis, coordinate accuracy, polygonometry progress, polygon points, electronic tacheometer, sum of internal angles, polygonometry methods, Trimble M3, South N3. Asosiy qism. “Chirchiq Sayilgohi” loyihasi shahar infratuzilmasini rivojlantirish, aholi uchun qulay va zamonaviy dam olish maskanlarini yaratish maqsadida ishlab chiqilgan bo‘lib, geodezik ishlar bu jarayonda muhim hisoblanadi. Aholiga qulay yashash va dam olish sharoitlarini yaratish, shahar infratuzilmasini takomillashtirish va zamonaviy arxitektura-me’morchilik yondashuvlarini qo‘llagan holda jamoat maskanlarini rivojlantirishdir. Ayniqsa, so‘nggi yillarda madaniy dam olish maskanlari, sayilgohlar, va ko‘ngilochar majmualarni qurish va реконструкция qilish keng ko‘lamda amalga oshirilmoqda. Ushbu yo‘nalishdagi loyihalarni amalga oshirishda geodezik ishlar muhim texnik bosqich bo‘lib, ularning sifatli bajarilishi butun qurilish jarayonining aniqligi, havfsizligi va samaradorligini belgilaydi. “Chirchiq Sayilgohi” loyihasini barpo etishdagi geodezik ishlarni o‘rganish va amaliyotga joriy etishdan iborat. Loyiha shahar markazidagi bo‘sh va foydalanilmayotgan yer maydonida ekologik toza, zamonaviy va aholi uchun qulay sayilgoh barpo etishni maqsad qiladi. Shuningdek, bu hududda piyodalar yo‘laklari, sun’iy suv havzalari, bolalar o‘yingohlari, sport maydonchalari, yoritish tizimlari va turli inshootlar joylashtirilishi rejalashtirilgan. 38 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si Loyihaning geodezik jihatdan tayyorlanishi, joylashtirilishi va qurilish jarayonida kuzatuv ishlarini amalga oshirishni ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan yoritishdan iborat. Planli davlat geodezik to‘ri haqida tushuncha Tayanch geodezik to‘rlar planli va balandlikka bo‘linadi. Planli-balandlik tayanch geodezik to‘rlar o‘z maqsadi bo‘yicha davlat va s’yomka qilish to‘rlariga bo‘linadi. Planli davlat tayanch to‘ri triangulyatsiya, trilateratsiya va poligonometriya usulida yaratiladi. Ular o‘z o‘lchash aniqligi bo‘yicha 1-, 2-, 3- va 4-klasslarga bo‘linadi. Klasslar bir-biridan burchak o‘lchash aniqligi, punktlar orasidagi masofani o‘lchash va ishni tashkil qilish bo‘ycha farq qiladi. 1-klass triangulyatsiya meridian va parallel bo‘ylab yopiq poligon ko‘rinishida yaratiladi. Poligon perimetri 800 - 1000 km bo‘ladi. (1-rasm ). 1-rasm. Davlat geodezik planili to‘ri sxemasi Poligon zvenolardan, zvenolar esa yopishgan uchburchaklardan iborat. Zvenoning boshida va oxirida 1:1000000 nisbiy xatolik bilan bazis o‘lchanadi. Chiqish tomonining o‘lchash aniqligi 1:400000. Bazis tomonlarining oxirida Laplas astronomik punktlari aniqlanadi. Birinchi klass triangulyatsiya uchburchaklari tomonining uzunligi 20-25 km bo‘ladi. Uchburchakdagi burchaklar ± 0.7" xatolik bilan o‘lchanadi. Yopiq joylarda triangulyatsiya o‘rniga poligonometriya barpo qilinadi. Poligonometriya yo‘li siniq chiziq ko‘rinishida barpo qilinadi. Bunda hamma qayrilish burchaklari va ular orasidagi masofalar o‘lchanadi. Poligonometriyaning mohiyati. 1-klass triangulyatsiya zvenosi cho‘zilgan va 10 ta tomondan ortiq bo‘lmasligi kerak. 2-klass poligonometriya to‘ri 1-klass triangulyatsiya va poligonometriya poligoni ichida barpo qilinadi. 3-klass poligonometriya yo‘llari 2-klass poligonometriya to‘ri ichida barpo qilinishi kerak. Uning zichligi 50 km 2ga bitta punkt qilinishi kerak. 4-klass poligonometriya yo‘llari 3- va 4- klass poligonometriya punktlari orasida o‘tkaziladi. Shaharni syomka qilishda va injener- geodezik ishlar uchun asos qilishda yuqori aniqlikdagi 1-razryadli poligonometriya, 1- va 2- 39 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si razryadli poligonometriya yo‘lla
Доказательный фрагмент
«Qurilish jarayonida bajariladigan geodezik ishlar muhim hisoblanib, Chirchiq Sayilgohi loyihasini barpo etishda poligonametriya tormog‘i, nivelir to‘ri, topografik syomka ishlari vazifalarini bajarish tartibi yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюQurilish jarayonida bajariladigan geodezik ishlar muhim hisoblanib, Chirchiq Sayilgohi loyihasini barpo etishda poligonametriya tormog‘i, nivelir to‘ri, topografik syomka ishlari vazifalarini bajarish tartibi yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Geodetic network, polygonometry, angle error, geodetic basis, coordinate, burchak bog‘lanmaslik xatosi, poligonometriya, poligon punktlari, Trimble M3, Geodezik tarmoq, poligonometriya yo‘li, ichki burchaklar yig‘indisi, koordinatalar aniqligi, South N3., elektron taxеometr, razryadlar poligonometriya, geodezik asos
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024