Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI BOLALARDA KITOBXONLIK MADANIYATINI
ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Аtаxаnovа Mаnzurа Rаjаbboyevnа (in-academy.uz/index.php/si) · Hazratova Mexrigul G‘afur qizi (in-academy.uz/index.php/si)
Наука и инновация · 2026
Аннотация
В статье рассматриваются такие вопросы, как работа над словарным запасом в начальных классах, методы воспитания у детей любви к книгам, понимания литературных текстов, развития навыков и повышения культуры чтения. Ключевые слова: языковые навыки, правильное произношение, правильное письмо, текст, анализ, коммуникация, синонимы, антонимы, творческое мышление. Annotation: This article covers issues such as working on vocabulary in primary grades, methods of teaching children to love books, understanding literary texts, developing skills, and improving reading culture. Key words: language skills, correct pronunciation, correct writing, text, analysis, communication, synonyms, antonyms, creative thinking. Kitob umr yo‘llarini yorituvchi so‘nmas nur, inson hayotiga mazmun baxsh etuvchi saodat manbayi, unga har qanday vaziyatda ham hamroh bo‘luvchi sodiq do‘st. Kitob o‘qish bolalarning ma’naviyatini shakllantirishga, uni ilmli va kelajakda o‘z o‘rnini topa olishga yordam beradi, o‘quvchilarning lug‘at boyligini oshiradi, og‘zaki va yozma nutqini rivojlantiradi, ifodali o‘qish va matnni to‘g‘ri tushunish ko‘nikmalarini shakllantiradi. Ayniqsa, kichik maktab yoshidan kitob bilan oshno bo‘lish bola nutqiga, dunyoqrashiga, erkin fikrlashiga, atrofdagilar bilan muloqot qilishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Azal-azaldan donishmand bobolarimiz ham kitob mutolaasi haqida, kitob o‘qishning kishi kamolotidagi o‘rni haqida o‘z fikrlarini bildirishgan. Jumladan, buyuk bobokolonimiz, so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy hazratlari ta’kidlaganlaridek: “Kitob – beminnat ustoz, bilim va ma’naviy yuksalishga erishishning eng asosiy manbayidir”. Kitob o‘qish – inson tafakkurining ozuqasidir. Bu haqda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ham o‘z nutqlarida bir necha bora ta’kidlaganlar. “ Kitob o‘qigan, o‘zini ustida ishlagan yurtga qanot bo‘ladi. U befarq bo‘lmaydi, uning kuchi bilimida bo‘ladi. Shuning uchun hech kimni pisand qilmaydi. Kattalarga xushomad qilmaydi, uning bilimi bor, ilmi bor. Mana nima uchun kitob o‘qinglar, deymiz. Kitob o‘qisangiz savol berishni bilasiz” – degan edilar davlat rahbari. Davlat rahbari tomonidan yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning bittasi aynan kitobxonlikka qaratilgan. Shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12- 114 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si maydagi”Buyuk allomalar, adib va mutafakkirlarimiz ijodiy merosini keng o‘rganish va targ‘ib qilish maqsadida yoshlar o‘rtasida kitobxonlik tanlovlarini tashkil etish to‘g‘risida” gi PQ-3721- sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida har yili yoshlar o‘rtasida ” Yosh kitobxon” tanlovi o‘tkazilib kelinmoqda. Bu ham yosh avlodni kitob o‘qishga rag‘batlantirish maqsadida davlatimiz tomonidan qilinayotgan katta e’tibordir. O‘qish darslarida kitobxonlik madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish – bu o‘quvchilarni nafaqat savodli qilish, balki ularni ma’naviy boy, intellektual rivojlangan, ijodiy fikrlaydigan shaxslar qilib tarbiyalashning muhim shartidir. Bu jarayon murakkab va ko‘p qirrali bo‘lib, o‘qituvchidan katta mas’uliyat, ijodiy yondashuv va izlanishni talab qiladi. O‘qish darslari o‘quvchilar uchun qiziqarli va foydali bo‘lishi kerak. O‘qituvchi darslarni turli xil interfaol metodlar, o‘yinlar, didaktik materiallar yordamida tashkil etishi, o‘quvchilarni faol ishtirok etishga undashi lozim. Zamonaviy axborot texnologiyalari kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishda ham keng qo‘llanilishi mumkin. Elektron kitoblar, audiokitoblar, onlayn kutubxonalar, badiiy asarlarga asoslangan filmlar va multfilmlar o‘quvchilarni kitob o‘qishga qiziqtiradi va ularning bilim olish imkoniyatlarini kengaytiradi. O‘qituvchi o‘quvchilarning yoshi, qiziqishlari, bilim darajasi va o‘qish qobiliyatini inobatga olgan holda ularga kitob tanlashda yordam berishi kerak. O‘quvchilar o‘zlari qiziqqan mavzudagi kitoblarni o‘qish orqali kitobga mehr qo‘yadilar va kitobxonlikka o‘rganadilar. Sinfda va sinfdan tashqari kitobxonlik mashg‘ulotlari o‘tkazish, o‘quvchilarni kutubxonalarga jalb qilish, kitobxonlik tanlovlari va viktorinalarini tashkil etish kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga xizmat qiladi. O‘qituvchi o‘quvchilarga badiiy asarlarni tahlil qilish, qahramonlarning xarakterini ochib berish, asarning g‘oyaviy mazmunini tushuntirish, badiiy ifoda vositalarini aniqlash kabi ko‘nikmalarni o‘rgatishi kerak. O‘quvchilar o‘qigan kitoblari asosida rasmlar chizishlari, hikoyalar, she’rlar yozishlari, insho va referatlar tayyorlashlari, sahna ko‘rinishlarini namoyish etishlari mumkin. Bu ularning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi. Ota-onalar ham farzandlarida kitobxonlik madaniyatini shakllantirishda faol ishtirok etishlari kerak. Har bir oilaning o‘zini kutubxonasi bo‘lsa bolalar kitob yig‘ishga, uni o‘qib tushunishga, yana kitoblar sonini ko‘paytirishga qiziqishadi va o‘z-o‘zidan kitobga bo‘lgan
Доказательный фрагмент
«В статье рассматриваются такие вопросы, как работа над словарным запасом в начальных классах, методы воспитания у детей любви к книгам, понимания литературных текстов, развития навыков и повышения культуры чтения.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ статье рассматриваются такие вопросы, как работа над словарным запасом в начальных классах, методы воспитания у детей любви к книгам, понимания литературных текстов, развития навыков и повышения культуры чтения. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- language skills, correct pronunciation, correct writing, text, analysis, sinonim, to‘g‘ri yozish, antonim, til boyligi, to‘g‘ri talaffuz, muloqot, kreativ tafakkur., tahlil, matn
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025