К содержанию
РецензированоUZ2026

Ushbu maqolada o‘zbek musiqa folklori vositasida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini tarbiyalashda shaxs kamolotini ta’minlashga xizmat qiluvchi ma’naviy–ahloqiy qarashlar mujassamlashgan

ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · TEXNOLOGIYALAR ORQALI TARBIYALASH (in-academy.uz/index.php/si) · Usmonova Mijgona (in-academy.uz/index.php/si) · Abdurauf Fitrat nomidagi Buxoro (in-academy.uz/index.php/si)

Наука и инновация · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada o‘zbek musiqa folklori vositasida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini tarbiyalashda shaxs kamolotini ta’minlashga xizmat qiluvchi ma’naviy–ahloqiy qarashlar mujassamlashgan. Chunonchi, ular mazmunida ota–onalarning hurmatlarini saqlash, qarindosh–urug‘ hamda qo‘ni-qo‘shnilar bilan samimiy munosabatda bo‘lish, ularga g‘amxo‘rlik, mehribonlik, mehr–oqibat ko‘rsatish, quvonchu tashvishlariga sherik bo‘lish, dillariga ozor etkazmaslik kabi g‘oyalar ilgari suriladi. Tayanch so‘zlar: Folklor, musiqa, pedagogik texnologiya, doston, mumtoz. Folklor qo‘shiqlari xalqning ijtimoiy–tarixiy rivojlanishi, etnopsixologik xususiyatlari, hayotiy tarixiy tajribasi, ijtimoiy qarash hamda uni amalga oshirish yo‘lida tashkil etiladigan faoliyat yo‘nalishlari, shaxsga ta’lim va tarbiya berish an’analari asosida shakllangan bo‘lib, asrlar davomida tarixiy vorislik tamoyiliga muvofiq avloddan-avlodga o‘tib kelmoqda. Musiqiy ohangni anglash, musiqiy asarlar mazmunini tushunish shaxs estetik his– tuyg‘ularini tarbiyalash, ijtimoiy borliqqa nisbatan mas’uliyatli yondashuv ko‘nikmalarini hosil qiladi. Musiqa folklori vositasida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini ma’naviy jihatdan tarbiyalash ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur jarayonning samarali amalga oshirilishi bir qator omillarning mavjudligini taqozo etadi. Xususan, musiqa o‘qituvchilarining bolalar folklor qo‘shiqlarining tub mohiyatini chuqur anglay olishlari, shuningdek, ijro etiluvchi qo‘shiqlardan namuna ko‘rsatish asosida ijro etib berish, ularning ijro etish usullari xususida ta’lim oluvchilarga uslubiy yo‘l–yo‘riq ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lishlari maqsadga muvofiqdir. Musiqa folklori vositasida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini tarbiyalashda musiqiy an’analarning mazmunini chuqur o‘rganish, ularning imkoniyatlaridan ta’lim–tarbiya, shu jumladan, o‘quvchilarni tarbiyalash jarayonida samarali foydalanish metodikada tadqiq etilishi zarur bo‘lgan muammolardan biridir. Umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi badiiy havaskorlik darslarida folklor qo‘shiqlari bilan ishlash uchun, avvalo, dars ishtirokchilarining, musiqa-ashula o‘qituvchilarining hamda darslarning badiiy rahbarlari ishini shunday tashkil qilish lozimki, unda boshlang‘ich sinf o‘quvchilari badiiy havaskorlik darslarida folklor qo‘shiqlari bilan tanishib, ularni o‘rganishi, tinglashi, ayrim qo‘shiqlarga bag‘ishlangan suhbat, taniqli xonandalar bilan uchrashuv kechalarida qatnashishlari jarayonida qo‘shiqda ifodalangan badiiy obrazlar, his-tuyg‘ular og‘ushida o‘zini sezishini ta’minlash lozim. Shu jihatdan musiqa to‘garaklari oldida o‘quvchilarda folklor qo‘shiqlariga nisbatan muayyan munosabat, qiziqish, havas, pirovard natijada muayyan mahorat ko‘nikmalarini shakllantirish asosiy vazifa qilib qo‘yilishi zarur. Folklor qo‘shiqlari vositasida san’atning ijtimoiy roli va vazifasi yaxlit tasavvur qilinishi natijasida o‘quvchilar ma’naviy olamidagi o‘zgarishlar, yangi jihatlar paydo bo‘lishi jarayoni tezlashadi. 141 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ma’naviy-axloqiy tarbiya berishda boshqa vositalar qatorida xalq san’atining eng ommaviy va ta’sirchan turlaridan bo‘lgan folklor qo‘shiqlarining roli va ahamiyati beqiyos bo‘lgani holda, ulardan foydalanishda ham o‘ziga xos me’yorlar bo‘lishi lozim. O‘quvchilarga har qanday xalq qo‘shig‘ini, termasini, laparlari va o‘lanlarini, maqom yo‘llarini, uning sho‘‘balarini o‘rgataverish, mashg‘ulot va konsert repertuarlariga kiritaverish yaramaydi, albatta. Bunda barcha ishlar maqsadga yo‘naltirilgan holda muayyan pedagogik asos, pedagogik aprobatsiyadan o‘tgan metodika zamirida olib borilishigina kutilgan samarani berishi mumkin. Shuning uchun ham bu borada birmuncha ishlar amalga oshirilishi kerak bo‘ladi. Bular, o‘z navbatida, ma’naviy-axloqiy tarbiya sohasidagi bajarilishi kerak bo‘lgan vazifalar jumlasiga kiradi. Hozirgi paytda xalqning milliy madaniyatiga e’tibor kuchayayotgan ekan, buni chuqur his etgan holda havaskorlik ansambllari, folklor-etnografik dastalarigina emas, balki professional san’at uyushmalari a’zolari ham o‘z repertuarlarida xalq san’ati namunalariga keng o‘rin bermoqdalar. Shunday bo‘lgach, folklor qo‘shiqlaridek bebaho boyliklarga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish, ulardan tarbiya tizimida unumli foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bu muvofiqlikni ta’minlash esa aynan umumiy o‘rta ta’limning boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilan olib borilayotgan musiqiy ta’lim mazmuniga bog‘liq. O‘zbek folklor qo‘shiqlarining salmoqli turlaridan birini termalar tashkil qiladi. Ularning yaratuvchilari xuddi dostonlar singari xalqning o‘zidir. Shuning uchun ham folklor qo‘shiqlari deganda, avvalo, ko‘z oldimizga qadimgi zamonlardan beri aytilib kelinayotgan qo‘shiqlar, laparlar, yor-yorlar keladi. Biroq bu turdagi musiqiy namunalardan foydalanish bugungi kunda biroz mushkul kechadi. Boisi, o‘quvchi yoshlarda estrada yo‘nalishidagi qo‘shiqlarni tinglash va kuylashga bo‘lgan ishtiyoq,

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada o‘zbek musiqa folklori vositasida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini tarbiyalashda shaxs kamolotini ta’minlashga xizmat qiluvchi ma’naviy–ahloqiy qarashlar mujassamlashgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada o‘zbek musiqa folklori vositasida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini tarbiyalashda shaxs kamolotini ta’minlashga xizmat qiluvchi ma’naviy–ahloqiy qarashlar mujassamlashgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
doston, pedagogik texnologiya, Folklor, musiqa, mumtoz.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники