К содержанию
РецензированоUZ2026

TİLDAGİ KAMUNUM SO‘Z YASOVCHİ MORFEMALARNİNG FUNKSİONAL- SEMANTİK XUSUSİYATLARİ Kuchimova Gulmera

ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · SEMANTİK XUSUSİYATLARİ (in-academy.uz/index.php/si) · Kuchimova Gulmera (in-academy.uz/index.php/si)

Наука и инновация · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada tildagi kamunum so‘z yasovchi morfemalarning funksional-semantik xususiyatlari, morfemik jihatdan tahlili va tilshunos olimlar tomonidan o‘rganilganligi haqida so‘z borgan. Kalit so‘zlar: kamunum yasovchi morfemalar, ot yasash mexanizmi, sifat yasash mexanizmi, o‘zak morfema, affiks morfema. ANNOTATION: This article discusses the functional-semantic properties of common word-forming morphemes in the language, their morphemic analysis, and their study by linguists. Key words: common word-forming morphemes, noun formation mechanism, adjective formation mechanism, stem morpheme, affix morpheme. Turkiy tillarda affiksatsiya asosiy yasash usuli bo‘lganligi uchun ot, sifat va fe’lda affiks morfemalarning soni diaxron planda ham, sinxron planda ham juda katta raqamni tashkil etadi. Bu yasovchi qo‘shimcha morfemalarning boshqa turkumlariga qaraganda ot va sifat yasash mexanizmi sodda va qulay, ular yangi so‘zni ikki manbaning oʻzaro taʼsiri ostida shakllantiradi: oʻzak morfemaning asl va ko‘chma maʼnosi hamda affiks morfemaga xos bo‘lgan funksional-semantik ma’nolar1 Qayd etish lozimki, ayniqsa otlarda yasovchi morfemalarning differensiatsiyalashuvi, yangi shakllarning paydo bo‘lishi, eski shakllarning unutilishi, ma’no xiralashuvi, yo‘qolishi hamda bularga mos ravishda morfemada yuz bergan morfonologik jarayonlar tufayli ba’zi affiks morfemalar iste’moldan chiqadi, ba’zilari kamunum affiks morfemalarga aylanadi, chunki morfemalar va so‘z yasash jarayoni va mexanizmi uchun ham tarxiylik kategoriyasi mavjud. Shuningdek, yasovchi morfemalarning amal qilinishi ham til taraqqiyoti natijasida tarixiylik va zamonaviylikka daxldor bo‘ladi. Shuning uchun tarixiy va sinxron so‘z yasash mavjudligini e’tibordan chetda qoldirmaslik kerak. O‘zbek tilidagi turdosh otlarning asosiy qismi yasama so‘zlardan iborat. Bu so‘zlarning katta qismiga oid bo‘lgan yasovchi morfemalar bugungi kunda kamunum affiks morfemalarga aylangan. Bu masalani alohida tadqiq etgan I.Madrahimov o‘zining maqolasida yasama so‘zlarni tarixiylik va hozirgi davrda yasalgani jihatidan farqlanishi lozimligini qayd etadi. Jumladan, u yasama so‘z uch unsurning birligidan: yasovchi asos, yasovchi qo‘shimcha va so‘z yasash qolipining ma’nosidan iborat bo‘lishini aytib o‘tadi. Olim bugungi kunda so‘z yasash salohiyatiga ega bo‘lmagan kamunum so‘z yasovchi affikslar bilan yasalgan so‘zlar tarixiy yasamalik xususiyatiga ega ekanligini alohida ta’kidlaydi. Aynan shunday yasovchi 1 Алиева Земфира Муса Кызы Словообразовательные парадигмы прилагательных в тюркских языках // Вестник ЛГУ им. А.С. Пушкина. 2013. №2. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/slovoobrazovatelnye- paradigmy-prilagatelnyh-v-tyurkskih-yazykah (April, 2023). 15 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si qo‘shimchalar bilan yasalgan yasama so‘zlarni “soddalashgan leksemalar” deb ataydi. Olim bunday so‘zlarga misol qilib otdagi kiyim, bichim, o‘roq, yaroq, quroq, botqoq, eshkak, tirgak, surgun, qirg‘in, to‘lqin so‘zlarini, sifatdagi erkin, turg‘un, o‘lik, tirik, quruq, xorg‘in, so‘lg‘in, fe’llardagi qoraymoq, sarg‘aymoq, oqarmoq, bo‘zarmoq, yashamoq, sanamoq leksemalarini misol qilib keltiradi. Bu so‘zlarni an’anaviy tilshunoslik nuqtayi nazaridan yasama, sistem tilshunoslik nuqtayi nazariga ko‘ra tayyor til birligi ekanini ta’kidlaydi2. Haqiqatan ham, bugungi kunda kamunum affiks hisoblanuvchi affikslar orqali yasalgan so‘zlar tarixiylik xususiyatiga ega. Ular til tarixining ma’lum bosqichida yasalgan bo‘lib, ularni yasagan affikslar bugungi kunda eskirgan, lisoniy va nutqiy faolligi to‘xtagan va ideal til materialiga aylangandir. “O‘zbek tili morfem lug‘ati”da bunday kamunum affiks morfemalar turli so‘z turkumlariga oid bo‘lgan leksemalarni yasaganligiga ishora qilinadi: yupan/ch, ishon/ch, qari/ch, quvon/ch, suya/n/ch, sevin/ch, ilin/ch, tin/ch, irgan/ch, o‘r/oq, yot/oq, qoch/oq, o‘tr/oq, qo‘sh/oq, qoch/oq, qol/oq, puch/oq, yir/oq, qo‘rq/oq, to‘s/iq, chiz/iq, chop/iq, chinqir/iq, qil/iq, yor/iq, pishir/iq, pish/iq, sanch/iq, qich/iq, os/iq, sass/iq, issi/q, qat/iq, qatt/iq, yir/iq, ort/iq, uyush/iq, sin/iq, so‘liq, yoy/iq, to‘l/iq, tin/iq, uch/uq, yuv/uq, yum/uq, is/ir/iq, yot/iq, qavar/iq, yo‘l/iq/moq, tol/iq/moq, ov/loq, tosh/loq, qum/loq, esno/q, qayro/q, chandi/q, chanqo/q, qisto/q, tuz/o/q, oqso/q, uvo/q, usho/q, uzo/q, yumalo/q, qizi/q, qichi/q, quru/q, qaro/q, inti/q, kes/ik, kert/ik, kipri/k, tiri/k, ko‘r/ik, yugur/ik, o‘l/ik, kekir/ik, uz/ik, eg/ik, buk/ik, bir/ik/moq, bil/ag‘on, chop/ag‘on, o‘ksi/k, turma/k, to‘sha/k, kura/k, tol/qin, yol/qin, sot/qin, jo‘sh/qin, tut/qun, to‘s/qin, shov/qin, shosh/qin, qo‘sh/in, tiq/in, yog‘/in, bo‘g‘/in, to‘l/in, yashir/in, but/un, tug/un, ek/in, kes/kir, o‘t/kir, g‘am/gin, hor/g‘in, so‘l/g‘in, tur/g‘un, chol/g‘u, tuy/g‘u, to‘l/g‘in, oz/g‘in, qiz/g‘in, qir/g‘in, chida/m, o‘ra/m, tax/la/m, tuz/um, un/um, chiq/im, qo‘n/im, o‘r/im, tin/im, dahan/aki, zo‘r/aki, og‘iz/aki, qalb/aki, qon/a/moq, bo‘sh/a/moq, qiyn/

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada tildagi kamunum so‘z yasovchi morfemalarning funksional-semantik xususiyatlari, morfemik jihatdan tahlili va tilshunos olimlar tomonidan o‘rganilganligi haqida so‘z borgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada tildagi kamunum so‘z yasovchi morfemalarning funksional-semantik xususiyatlari, morfemik jihatdan tahlili va tilshunos olimlar tomonidan o‘rganilganligi haqida so‘z borgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
common word-forming morphemes, noun formation mechanism, adjective, kamunum yasovchi morfemalar, affiks morfema., sifat yasash mexanizmi, o‘zak morfema, ot yasash mexanizmi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники