К содержанию
РецензированоRU2026

THE HISTORY OF PUBLIC SPEAKING AND ITS APPEARING REASONS Kadirov Maksudbek Uktamovich Urganch davlat universiteti magistranti

ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Kadirov Maksudbek Uktamovich (in-academy.uz/index.php/si)

Наука и инновация · 2026

Аннотация

В данной статье дается много информации о причинах репрезентации ораторского искусства, родине «риторики», востребованности профессии «логограф». Кроме того, в статье также содержатся размышления о всемирно известных представителях ораторского искусства, их жизненном пути и вкладе в искусство «риторики». Ключевые слова. Риторик, оратор, логограф, софист, Афины, Греция. Notiqlik haqidagi ta’limot uzoq o’tmishga borib taqalib, uning Assuriya, Vavilon, Hindiston va Misrda paydo bo’lganligi haqida ma’lumotlar bor. “Ritorika” san’ati yuqorida sanab o’tilgan davlatlarda paydo bo’lganligiga qaramasdan, Afina va Rimda notiqlik ta’limot darajasiga yetgan. Qadim zamonlardan omma oldida nutq so’zlash, insonlarni o’ziga ishontirish, ilgari surayotgan g’oyaga ergashtirish, bayon etilayotgan fikrning ishonchli va asosli chiqishiga urunish, fikrni aniq, lo’nda va ta’sirli chiqishi notiqning so’zamonlik mahoratiga, notiqlik san’atiga bog’liq bo’lgan. O’sha davrda yuqori ijtimoiy mavqega ega bo’lish, xalq boshqaruvi va siyosiy harakatlarda, sud ishlarida qatnashish insonlardan eng avvalo go’zal nutq sohibi bo’lish bilan birga, aql-zakovat va notiqlik mahorati talab etilgan. Qadim Yunonistonda demokratiya tuzumining yo’lga qo’yilishi har bir oddiy fuqaro siyosiy yig’inlarda, davlat majlislari, sud ishlarida so’zga chiqib nutq so’zlash imkoniyatiga ega bo’lgan, aynan shuning uchun ham insonlarda “notiqlik” san’atiga bo’lgan qiziqish keskin tarzda kuchaygan. Chunki o’sha darvlarda notiqlik san’atini egallagan kishining mavqei askarlik maqomi bilan tenglashtirilgan bo’lib, bu jamiyatdagi eng yuqori lavozimlarda hisoblangan. O’sha davrning eng mohir notiqlari ham aynan Afina va Rimda mahoratli, so’zi o’tkir notiq bo’lib yetishgan Aristotel, Demosfen, Sitseron, Lisiniy Krass, Mark Antoniy va boshqalar shular jumlasidandir. 94 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si Qadim Yunonistonda sud tizimi takomillashuvi va tartibga solinishi aholi o’rtasida notiqlarga bo’lgan talabni oshirdi. Chunki sud jarayonida da’vogar ham, sudlanuvchi ham nutq so’zlab o’zining da’vo-shikoyati yoki aybsizligini ishonarli va mazmunli nutqi orqali isbotlashi zarur hisoblangan. Oddiy o’qimagan aholi vakillarining esa bu ishni uddalay olmasligi aniq bo’lgan. Aynan shuning uchun ham aholining ilmsiz, notiqlikdan xabari yuq qatlamigi sud jarayonida bo’lgan voqea-hodisalarni ta’sirli qilib so’zlab berishda ularga zukko notiqlar ko’maklashgan. O’sha davrda ushbu ma’suliyat “logograf”1lar (bugungi kundagi “advokat” vazifasini bajarishgan) zimmasiga tushgan bo’lib, ular shu davr qonunchiligidan, sud-huquq tizimidan ma’lumotga ega, bilimli shaxslar bo’lishgan. Sud-huquq tizimidagi “logograflar” ga bo’lgan talab, keyinchalik notiqlik san’ati rivojiga katta hissa qo’shgan desak, hech yanglishmagan bo’lamiz. Eramizdan oldingi V asrda shakllangan notiqlik san’ati faqat og’zaki tarzda bo’lgan bo’lib, notiqlar tomonidan yozilgan betakror va go’zal na’munalar badiiy adabiyot na’munasi sifatida qabul qilinmagan. V asr o’rtalariga kelib, notiqlikka ilmiy yondoshish shakllana boshlab, ushbu san’at turi bilan shug’ullanuvchi shaxslar sofistlar hisoblangan. “Ritorika” san’ati nazariy asoslari bilan shug’ullanuvchilar “ritor”lar nomi bilan atalgan. Ushbu davrda Sitsiliyada demokratiyaning yo’lga qo’yilishi, so’z erkinligi bilan bog’liq vaziyatlar “ritorika” san’ati rivoji uchun asosiy omil hisoblangan, va aynan shuning uchun ham Sitsiliya “ritorika” san’atining asl vatani deb tan olingan. Notiqlar tomonidan yaratilgan go’zal va mazmundor nutq matnlari nasriy va she’riy janr na’munalari sifatida qabul qilingan, bunday notiqlar qatoriga Aristotel, Demosfen, Sitseron, Lisiy, Perekil, Gorgiaslarni kiritishimiz mumkin. Aristotel (eramizdan avvalgi 384-322 yillar) U Makedoniya yarim orolida shiforok oilasida tug’ilgan. Otasi Nikomax poshdo Amintii II saroyida shifokor bo’lib ishlagan. O’rta Osiyoda Arastu nomi bilan mashhur bo’lgan Aristotel o’z zamonasining mashhur olimi bo’lgan Platonga shogirdlikka tushadi2. Aristotel zamonidagi siyosiy zo’ravonliklar sababli Afinada Troadga, u yerda Assosga, keyin Lesbos yarim oroli Mitilen shahriga, unda Makedoniyaga ko’chib boradi. Shu yerda podsho Flipp rahnamoligida falsafa maktabi tashkil etadi. Zamonning talabi bilan notiqlikka e’tibor yanada kuchayib, Gretsiyada ham notiqlik maktablari tashkil etila boshlanadi. Aristotelning notiqlikka bag’ishlangan “Poetika” va uch kitobdan iborat “Ritorika” nomli asarlari dunyo yuzini ko’radi. Demosfen (eramizdan avvalgi 384-323 yillar) U Afina shahrida o’ziga to’q oilada dunyoga keladi. Otasi qurol-yaroq ustaxonasi egasi bo’lgan. Bo'lajak notiq 5 yoshga to'lganida otasi vafot etib, Demosfen va uning singlisiga otadan katta meros qoladi. Bolalaning tarbiyasi va merosi ularning tog'asiga topshiriladi. Tog'asi barcha boyliklarni o’z nomiga olgach, bolalar tarbiyasi bilan umuman qiziqmay qo’yadi. Demosfen voyaga yetgach, tog'asi unga pullarning ma’lum bir qismini, uyi

Доказательный фрагмент

«В данной статье дается много информации о причинах репрезентации ораторского искусства, родине «риторики», востребованности профессии «логограф».»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной статье дается много информации о причинах репрезентации ораторского искусства, родине «риторики», востребованности профессии «логограф». Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Rhetoric, orator, logographer, sophist, Athens, Greece, Greece.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники