К содержанию
РецензированоUZ2026

MADANIY KOMPETENSIYANING INGLIZ TILINI O‘RGANISHDAGI ROLI: TAJRIBAVIY TAHLIL Obidova Shahlo Shuhratjon qizi

ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · TAJRIBAVIY TAHLIL (in-academy.uz/index.php/si) · Obidova Shahlo Shuhratjon qizi (in-academy.uz/index.php/si)

Наука и инновация · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada ingliz tilini o‘qitishda madaniy kompetensiyaning o‘rni va uning til o‘rganish samaradorligiga ta’siri tajribaviy asosda tahlil qilinadi. Til o‘rganuvchilarning nafaqat lingvistik bilimlari, balki madaniyatlararo muloqotga tayyorlik darajasi ham ularning chet tilida samarali muloqot qila olishiga ta’sir etadi. Tadqiqot davomida Farg‘ona davlat universiteti talabalariga madaniy komponent integratsiya qilingan darslar orqali eksperiment o‘tkazilib, ularning til ko‘nikmalari va madaniy savodxonligidagi o‘zgarishlar baholandi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, madaniy kontekstdan foydalanish ingliz tili o‘rgatishda ijobiy samara beradi. Kalit so‘zlar: madaniy kompetensiya, ingliz tili, chet tilini o‘qitish, tajribaviy tahlil, madaniyatlararo muloqot, transmadaniy yondashuv, o‘quvchi faoliyati. Kirish. Zamonaviy ta’lim jarayonida til o‘rgatish faqatgina grammatik qoidalar va so‘z boyligini o‘rgatish bilan cheklanib qolmay, balki o‘rganuvchining madaniyatlararo kommunikatsiya ko‘nikmalarini ham rivojlantirishni nazarda tutadi. Ingliz tili global til sifatida dunyo miqyosida turli madaniyat vakillarini bog‘lovchi vosita bo‘lib xizmat qilmoqda. Shu sababli ingliz tilini o‘rgatishda madaniy kontekstni inobatga olish va madaniy kompetensiyani rivojlantirish muhim o‘rin tutadi. Madaniy kompetensiya til o‘rganish jarayonida o‘quvchining boshqa xalqlarning urf- odatlari, qadriyatlari, dunyoqarashi va nutq etiketi haqida bilimga ega bo‘lishini anglatadi. Bu esa o‘z navbatida, o‘quvchining tilni faol, to‘g‘ri va muloqotga mos tarzda ishlatishiga xizmat qiladi. Bugungi kunda xalqaro metodik tadqiqotlar ham madaniy komponentning o‘quv jarayoniga kiritilishini zarur deb biladi (Byram, 1997; Kramsch, 1993; Deardorff, 2006). O‘zbekiston ta’lim tizimida ham ushbu yondashuvga e’tibor ortib bormoqda. Ammo amaliyotda madaniy yondashuvga asoslangan ta’lim metodikasi yetarlicha joriy etilmagan. Shu bois, ushbu maqola ingliz tilini o‘rganish jarayonida madaniy kompetensiyaning tutgan o‘rni va uning ta’limiy samaradorligini tajribaviy tarzda tahlil qilishga qaratilgan. Adabiyotlar sharhi. Madaniyat va til bir-biri bilan uzviy bog‘liq. Kramsch (1993) ta’kidlaganidek, “har bir til o‘z madaniyatining ko‘zgusidir”. Til nafaqat aloqa vositasi, balki o‘sha xalqning dunyoqarashi, qadriyatlari va hayot tarzi haqidagi bilimlar manbai hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan chet tilini o‘rganish bu – boshqa bir madaniyatni o‘rganishdir. Byram (1997) madaniyatlararo kommunikatsiya modelida o‘quvchilarda besh asosiy komponent – sotsiolingvistik ko‘nikmalar, sosiokultural kompetensiya, muloqotga tayyorlik, madaniy o‘zaro tushunish va tanqidiy tafakkurni shakllantirishni taklif etadi. Bu komponentlar nafaqat til bilimini, balki u orqali madaniy ong va empatiya rivojlanishini ham ta’minlaydi. O‘zbek tadqiqotchilari ham bu borada izlanishlar olib bormoqda. Shodmonova (2021) o‘z maqolasida til va madaniyat uyg‘unligini mustahkamlovchi dars metodlarini taklif qilgan. Ammo amaliy tadqiqotlar soni cheklangan bo‘lib, ko‘pchilik o‘qituvchilar hali ham an’anaviy grammatik yondashuvga tayanmoqda. 36 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si Metodologiya. Tadqiqot Farg‘ona davlat universitetining Filologiya fakulteti, Ingliz tili yo‘nalishida tahsil olayotgan 2-kurs talabalar ishtirokida o‘tkazildi. Tadqiqot 8 hafta davom etdi. 60 nafar talaba ikki guruhga ajratildi: Eksperimental guruh (30 nafar): madaniy komponent asosida ishlab chiqilgan topshiriq va materiallar asosida o‘qitildi (autentik matnlar, ingliz tilida madaniy kontekstli videoroliklar, qiyosiy madaniyat tahlillari). Nazorat guruhi (30 nafar): an’anaviy leksik-grammatik yondashuv asosida darslar olib borildi. Tadqiqotda quyidagi metodlardan foydalanildi: Pre- va post-testlar (madaniy savodxonlik va ingliz tilidan). Likert shkalasi asosida so‘rovnoma (madaniy komponentga nisbatan qiziqish). Yarim strukturali intervyular (o‘quvchilar va o‘qituvchilar bilan). Natijalar. Test natijalari shuni ko‘rsatdiki, eksperimental guruh talabalari madaniy kontekst asosidagi darslardan so‘ng ingliz tili bilimlarida 27% o‘sish ko‘rsatgan. Nazorat guruhida esa bu ko‘rsatkich 11% atrofida bo‘ldi. So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, eksperimental guruhdagi talabalar quyidagicha javob berdi: 87% talaba madaniy kontekst motivatsiyani oshirganini aytdi; 75% talaba boshqa madaniyatni o‘rganish tilni chuqurroq o‘zlashtirishga yordam berganini bildirdi; 68% talaba transmadaniy bilimlar nutq so‘zlash jarayonida foydali bo‘lganini e’tirof etdi. Intervyularda talabalar madaniyatlararo farqlarni muhokama qilish ularning dunyoqarashini kengaytirganini, ingliz tilidagi real hayotiy kontekstlar bilan tanishish esa tilga nisbatan ishonchni oshirganini ta’kidladilar. Munozara. Tadqiqot natijalari til o‘rganish jarayonida madaniy komponentni integratsiya qilish o‘quvchilarning faol ishtirokini ta’minlashini isbotladi. Darslarda ingliz tilida muloqotda bo‘lish uchun zarur bo‘lgan faqat grammatika va l

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada ingliz tilini o‘qitishda madaniy kompetensiyaning o‘rni va uning til o‘rganish samaradorligiga ta’siri tajribaviy asosda tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada ingliz tilini o‘qitishda madaniy kompetensiyaning o‘rni va uning til o‘rganish samaradorligiga ta’siri tajribaviy asosda tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
chet tilini o‘qitish, transmadaniy yondashuv, o‘quvchi faoliyati., tajribaviy tahlil, madaniy kompetensiya, ingliz tili, madaniyatlararo muloqot
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники