К содержанию
РецензированоUZ2026

Shuni ta'kidlash kerakki, konsentrlangan tabiiy sharbatlar ishlab chiqarish va eksport qilish bo'yicha O'zbekiston O'rta Osiyoda 1-o'rinni egallaydi

ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Axmedova M.B. (in-academy.uz/index.php/si) · Kurbanov М.Т. (in-academy.uz/index.php/si) · Bozorova U.R. (in-academy.uz/index.php/si) · Xalikova N.S (in-academy.uz/index.php/si)

Наука и инновация · 2026

Аннотация

Shuni ta'kidlash kerakki, konsentrlangan tabiiy sharbatlar ishlab chiqarish va eksport qilish bo'yicha O'zbekiston O'rta Osiyoda 1-o'rinni egallaydi. O'zbekistonda, Respublika Prezidentining 2023yil 03.08 dagi PQ – 260-sonli qaroriga muvofiq uzumchilik va vinochilik sohasini yanada rivojlantirish rejalashtirilgan. Uzum sharoblari va sharbatlari ishlab chiqarishning yanada ko'payishi munosabati bilan ushbu ishlab chiqarishlarning ikkilamchi xom ashyosidan, ya'ni uzum mevalari siqilmasidann oqilona foydalanish muammosi dolzarb bo'lib qolmoqda.Ushbu xom ashyoni kukunga qayta ishlash eng istiqbolli yo‘nalish hisoblanib, bu esa uni ayniqsa O'zbekistonning issiq iqlimli sharoitida uzoq vaqt davomida saqlab turishga imkon beradi. Uzum va undan turli xil ichimliklar ishlab chiqarish sohasi rivojlangan O'zbekistonda uzum danagi moyidan farqli o'laroq, siqilma nisbatan ancha arzon mahsulotdir. Uzum siqilmasi (lat. Grape Pomace) - uzum sharbati yoki sharob ishlab chiqarish jarayonida qolgan po‘st, mag‘iz va maydalangan uzum urug'lari aralashmasi. Uzum danagi yog'idan farqli o'laroq, uzum siqilmasi nisbatan arzon, ammo ayniqsa O'zbekistonda uni qayta ishlash va undan foydalanish uchun juda istiqbolli xom ashyo hisoblanadi. Tadqiqot ob’ekti sifatida "AGROMIR-BUKHARA" MCHJ QK (O'zbekiston, Buxoro viloyati) da olingan qizil navlar ustunlik qilgan turli nav uzumlarning aralashmalaridan hosil bo'lgan bijg‘itilmagan uzum siqilmasining asosiy sifat ko'rsatkichlari o'rganib chiqildi. 1-rasm.Uzum siqilmasi Uzum siqilmasi va undan olingan kukun asosiy sifat ko‘rsatkichlarining TSh 10.61.23- 843-37676459-2018 и SanPiN 0366 – 19 O‘zR standart talablariga muvofiqligi o‘rganildi. 38 а – в и н о г р а д н ы е в ы ж и м к В и н е ш н и й в б и – д м : у к а и з в и н о г р а д н ы х в ы ж и м о к ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si Uzum siqilmasi (qisq.US) tulfi ajratilgandan keyin mezgasi membrana barabanli pnevmatik presslarda presslab olinadi. Xom siqilmalar "Hohenheim" (Germaniya) gelioquritgichida 6,0±0,5% namlikgacha quritildi. siqilmalar chiqimi o‘rtacha 20,0 ± 3,0% ni tashkil qiladi. Sanitariya – gigiyena sifat ko'rsatkichlari bo'yicha ushbu xomashyo SanPiN № 0366-19 va TR TS 021/2011 talablariga javob berishi aniqlandi. Uzum siqilmasi kukuni (qisq. USK) danagi (urug‘i) ajratib olinmagan quruq siqilmani LZM-1 laboratoriya mikrotegirmonida o‘rtacha 40,0…50,0 mkm o‘lchamlik zarrachalargacha maydalash yo‘li bilan olinadi. Bu holatda USK O‘BX ni tayyorlash uchun substrat tarkibidagi eng oddiy qandlar, minerallar va vitaminlar manbai sifatida xizmat qiladi. USK ning kimyoviy tarkibi o'rganildi. Tadqiqot natijalari 1-jadvalda keltirilgan. 1-jadval. Uzum siqilmasidan olingan kukunning kimyoyiv tarkibi Nutrientlarning massa ulushi, Nutrientlar QM ga nisbatan % hisobida Umumiy qand, jumladan, % hisobida: 25,50±2,5 -saxaroza 3,12 -fruktoza 10,05 -glukoza 12,33 Kletchatka 20,34±1,30 Pektin 4,50±0,50 Energetik qimmati, kkal 178 Mineral moddalar, jumladan: kalsiy (Ca) 1,042 magniy (Mg) 0,370 natriy (Na) 0,412 fosfor (P) 1,320 temir (Fe) на 0,143 Vitaminlar, mg%:, jumladan: -askorbin kislotasi (C vitamini) 15,17±2,87 -β - кarotin (A vitamini) 16,80±0,60 - piridoksin (В6) 0,07±0,02 USK da asosiy dominant glukoza bo‘lib uning massa ulushi umumiy qand miqdoridan o‘rtacha 48,35% ni, keyingi o‘rinda fruktoza – 39,41% ni va oxirida saxaroza – 12,24% ni tashkil etishi aniqlandi (3-jadval) . Shu bilan birga, 1-NBU da mono- va disaxaridlarning massa ulushi uglevodlar umumiy massasining 10,42% ini UD (undirilgan don) da esa – 21,40% ni tashkil etadi. Mineral moddalar va vitaminlar tarkibi bo‘yicha USK taqqoslash namunalaridan sezilarli darajada ustundir. Shunday qilib, Ca ning USK dagi massa ulushi UD va 1-NBU dagi massa ulushiga nisbatan mos ravishda 18,6 va 38,6, Mg – 2,4 va 7,0, Na – 13,0, P –3,5 va 10,0, 39 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si Fe – 47,7 va 71,5 baravar ko'p. Ushbu elementlar xamirturush mikroflorasining normal faoliyati uchun zarurdir. Shunday qilib, bug'doy nonlari uchun o'z-o'zidan tabiiy bijg‘iydigan xamirturush ishlab chiqarishda tadqiqot xom ashyosidan kompleks foydalanishning maqsadga muvofiqligi nazariy jihatdan asoslandi va eksperimental jihatdan isbotlandi. Bu holat asosiy xom ashyo sarfini kamaytirishga, ikkilamchi xom ashyodan oqilona foydalanishga va ishlab chiqarishni diversifikatsiyalashga yordam beradi.

Доказательный фрагмент

«Shuni ta'kidlash kerakki, konsentrlangan tabiiy sharbatlar ishlab chiqarish va eksport qilish bo'yicha O'zbekiston O'rta Osiyoda 1-o'rinni egallaydi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Shuni ta'kidlash kerakki, konsentrlangan tabiiy sharbatlar ishlab chiqarish va eksport qilish bo'yicha O'zbekiston O'rta Osiyoda 1-o'rinni egallaydi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
uzum siqilmasi, massa ulushi, ishlab chiqarish, ikkilamchi xom, xom ashyosidan, qayta ishlash, uzum danagi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники