Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Ushbu maqolada o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz yashovchi, yolg‘iz keksalar hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy va ruhiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashda psixologik xizmatning o‘rni va ahamiyati yoritilgan
ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · PSIXOLOGIK XIZMATNING AHAMIYATI (in-academy.uz/index.php/si) · Bobomurodova Nasiba Mingnorovna (in-academy.uz/index.php/si)
Наука и инновация · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz yashovchi, yolg‘iz keksalar hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy va ruhiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashda psixologik xizmatning o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Tadqiqotda mazkur toifadagi fuqarolarning psixologik holati, ijtimoiy muhitga moslashuvi, hissiy ehtiyojlari hamda ularning ruhiy salomatligini saqlashda psixolog mutaxassislarning faoliyati muhim omil sifatida tahlil etilgan. Shuningdek, maqolada psixologik xizmat ko‘rsatishning zamonaviy yondashuvlari, samarali metod va uslublari, shuningdek, amaliy tavsiyalar asosida xizmat sifatini oshirish yo‘llari bayon qilingan. Olingan natijalar mazkur toifadagi shaxslarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularni yolg‘izlik hissidan xalos etish va hayot sifatini yaxshilashga xizmat qiladi. Kirish. Bugungi kunda global miqyosda aholining qarish jarayoni, nogironligi bo‘lgan shaxslar sonining ortib borayotgani va yolg‘iz yashovchi fuqarolar sonining ko‘payishi psixologik va ijtimoiy xizmatlarning ahamiyatini keskin oshirmoqda. Yolg‘iz yashovchi keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar ko‘pincha ijtimoiy ajralish, hissiy izolyatsiya, ruhiy tushkunlik, stress holatlari hamda hayotga bo‘lgan qiziqishning pasayishi kabi salbiy holatlar bilan yuzma- yuz qoladilar. Ana shunday sharoitda psixologik xizmat ularning ruhiy salomatligini tiklash, ijtimoiy muhitga moslashuvi va hayot sifatini yaxshilashda muhim vosita sifatida namoyon bo‘ladi. Maqolada ushbu ijtimoiy himoyaga muhtoj guruh vakillariga psixologik xizmat ko‘rsatishning dolzarbligi, amaliy mexanizmlari hamda ijobiy natijalari yoritiladi. Tadqiqot shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash siyosati, mavjud huquqiy asoslar hamda psixologik xizmat ko‘rsatish tizimidagi mavjud muammolarni ham o‘z ichiga oladi. Ushbu maqola orqali psixologik xizmat samaradorligini oshirishga doir ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqishga urinish qilinadi. Adabiyotlar sharhi. Yolg‘iz yashovchi keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning ruhiy salomatligi muammolari bo‘yicha bir qator xorijiy va mahalliy tadqiqotchilar tomonidan ilmiy ishlar amalga oshirilgan. Xususan, R. Atchley (1991) qarilik davrida psixologik moslashuvning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganar ekan, ijtimoiy aloqalarning cheklanishi inson psixikasiga salbiy ta’sir ko‘rsatishini ta’kidlaydi. Shuningdek, P. Baltes va M. Baltes (1990) qarilik davrida 110 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si “selektiv optimallik” tamoyili asosida inson o‘zining cheklangan imkoniyatlariga moslashishni o‘rganadi deb hisoblaydi. O‘zbekistonlik tadqiqotchilar orasida G'. Qurbonov, D. Usmonova va A. Xolmurodovlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlarda ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar bilan ishlashda psixologik yondashuvning individual va guruhiy shakllarini qo‘llash samarali natija berishi ko‘rsatib o‘tilgan. Ayniqsa, psixoprofilaktika, psixokorreksiya va maslahat xizmatlarining tizimli tashkil etilishi ushbu toifadagi fuqarolarning ijtimoiy faolligini oshirishda muhim ahamiyatga ega. So‘nggi yillarda yurtimizda nogironlar va yolg‘iz keksalar uchun “Mehribonlik uylari”, “Muruvvat” markazlari hamda “Inson qadri” tamoyiliga asoslangan yondashuvlar psixologik xizmatlarning jamiyatdagi rolini yanada kuchaytirayotganini ko‘rsatmoqda. Biroq mavjud amaliyotda mutaxassislarning yetishmasligi, xizmat sifati va yondashuvlarning ayrim hollarda yuzaki bo‘lishi dolzarb muammo bo‘lib qolmoqda. Tadqiqot metodologiyasi. Tadqiqot davomida o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz yashovchi keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning psixologik holatini o‘rganish, ularni qo‘llab-quvvatlashda psixologik xizmatning o‘rnini aniqlash maqsadida sifatli va miqdoriy tadqiqot usullari qo‘llanildi. Sifatli usul sifatida yarim tuzilgan intervyular o‘tkazildi, bunda 20 nafar yolg‘iz yashovchi keksalar, 15 nafar nogironligi bo‘lgan shaxslar va 10 nafar psixolog mutaxassis suhbatga jalb etildi. Miqdoriy tahlil uchun maxsus so‘rovnoma ishlab chiqildi va 85 nafar respondentga tarqatildi. So‘rovnomalar orqali ularning psixologik holati (ruhiy tushkunlik, xavotir, yolg‘izlik hissi) va psixologik xizmatdan qoniqish darajasi aniqlandi. Ma’lumotlar SPSS dasturi yordamida statistik jihatdan tahlil qilindi. Shu bilan birga, amaliy holatlarni o‘rganish maqsadida Toshkent shahridagi “Muruvvat” uyi va “Inson qadri” markazida kuzatuvlar olib borildi. Tadqiqot natijalari Tadqiqot natijalari quyidagi asosiy jihatlarni ko‘rsatdi: 1. Psixologik muammolar darajasi yuqori – Respondentlarning 68 foizi o‘zini doimiy yolg‘iz va ijtimoiy ajralgan holatda his qilganini bildirgan. 54 foizida esa depressiv holatlar mavjud bo‘lgani aniqlangan. 2. Psixologik xizmatlardan foydalanish darajasi past – So‘rovda qatnashganlarning atigi 27 foizi doimiy ravishda psixologik xizmat olganini bildirgan, qolganlari esa bu xizmat haqida to‘liq ma’lumotga ega emasligini aytgan. 3. Psixologik yordamning ijo
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz yashovchi, yolg‘iz keksalar hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy va ruhiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashda psixologik xizmatning o‘rni va ahamiyati yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz yashovchi, yolg‘iz keksalar hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy va ruhiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashda psixologik xizmatning o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ijtimoiy moslashuv, psixologik xizmat, psixologik qo‘llab-quvvatlash, yolg‘iz keksalar, ijtimoiy himoya, parvarishga muhtoj shaxslar, ruhiy salomatlik, nogironligi bo‘lgan shaxslar, psixologik yordam.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025