К содержанию
РецензированоUZ2026

MATEMATIKA DARSLARIDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH Vaxidova Dilfuza Xabibovna Samarqand shahridagi 52 –maktab o’qituvchisi

ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH (in-academy.uz/index.php/si) · Vaxidova Dilfuza Xabibovna (in-academy.uz/index.php/si)

Наука и инновация · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada matematika darslarida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish usullari borasida fikr yuritilgan. Didaktik o'yinlar, «Sonlar o'lkasi» kabi pedagogik texnologiyalardan va metodlardan foydalanib, dars jarayonidagi muhitni ijobiy tomonga o'zgartirish yoritib berilgan. Kalit so'zlar: pedagogik faoliyat, faollik, didaktik o'yin, natural va irratsional sonlar. Annotation: In this article highlights the use of methods of using modern pedagogical technologies in mathematics lessons to change the situation in the course of the lesson in a positive way with the help of such pedagogical technologies and methods as didactic game, brother of numbers. Keywords: teacher, activity, activity, didactic game, natural and irrational numbers. Respublikamizda ta'lim sohasida chuqur islohotlarning o'tkazilayotganligi, xorijdagi ta'lim tizimidagi ijobiy o'zgarishlar, jahon ta'lim standartlariga yaqinlashishga intilish, darslik va o'quv dasturlari yangi avlodining yaratilishi darsni ixcham va qiziqarliroq shaklda tashkil etishimiz uchun zamin bo' ldi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalarning markazida, o'quvchi shaxsining mustaqil tafakkurlay olishga o'rgatish masalasi turadi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar o'quvchilarning darsga bo'lgan munosabati va ilm olishga bo' lgan havasini oshiruvchi muhim turtki bo'ladi, desak xato bo'lmaydi. Umumta'lim maktablarida matematika o'qitishning samaradorligini oshirish, vaqt, kuch va imkoniyatlarni tejash yo'llaridan biri mashg'ulot jarayonida axborot texnologiyalari vositalaridan unumli foydalanishdir. O'quv xonasida kompyuter proektori bo'lgan o'qituvchiga matematika o'qitish jarayonini jadallashtirish, mashg'ulotni ko'rgazmali va jonli tarzda tashkil etish uchun beqiyos imkoniyatlar mavjuddir. Bugungi kunga kelib matematika darslarida kompyuterning bo'lishi real zaruratga aylanib qoldi. Matematika darslarida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish katta ahamiyatga ega. Ayni vaqtda ta'limni tashkil etishda rolli hamda ishbop oyinlardan samarali foydalanishga e'tibor berilmoqda. O'yin chog'ida mahsuldor emas, balki jarayonli faoliyat tashkil etilganligi bois o'quvchilar tasviriy vaziyatlarni yaratish asosida o'zlarini atrof muhitga bo'lgan munosabatlarini tabiiy namoyon eta oladilar. O'quvchining nazariy bilimlarini amaliy ko'nikma va malakalarga aylantirish, ularda ta'limiy faollikni yuzaga keltirish, ularni ijtimoiy munosabatlar jarayoniga keng jalb etishda o'yinlar o'ziga xos o'rin tutadi. Matematika darslarida didaktik o'yinlardan foydalanish o'quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish bilan bir qatorda, ularning ijodiy fikrlash qobiliyatlarini ham rivojlantiradi. O'yinjarayonida o'quvchilar turli matematik masalalarni yechishda o'zlarining original yondashuvlarini ishlab chiqadilar. Bu esa matematika faniga bo'lgan qiziqishning ortishiga va bilimlarning chuqurroq o'zlashtirilishiga olib keladi. Didaktik o'yinlarning yana bir muhim jihati shundaki, ular o'quvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda differensial yondashuvni amalga oshirish imkonini beradi. 44 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si Har bir o'quvchi o'z qobiliyati va imkoniyatlariga mos darajada o'yin jarayonida ishtiroketadi. Buesa sinfdagi barcha o'quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish imkonini beradi. Boshlang'ich sinf matematika darslarida qo'llaniladigan didaktik o'yinlarningsamaradorligini oshirish uchun quyidagi shartlarga rioya qilish zarur: 1. O'yin mazmuni dars mavzusi va maqsadlariga mos bo'lishi; 2. O'yin qoidalari sodda va tushunarli bo'lishi; 3. O'yin jarayonida barcha o'quvchilarning faol ishtiroki ta'minlanishi; 4. O'yin vaqti to'g'ri taqsimlanishi; 5. O'yin natijalarini baholash mezonlari aniq belgilanishi. Didaktik o'yinlarning matematika darslaridagi ahamiyati quyidagi yo'nalishlarda namoyonbo'ladi: Matematik tushunchalarni mustahkamlash. O'yin jarayonida o'quvchilar yangio'zlashtirilgan matematik tushunchalarni amalda qo'llash imkoniyatiga ega bo'ladilar. Buesanazariy bilimlarning mustahkamlanishiga xizmat qiladi. Mantiqiy fikrlashni rivojlantirish. Didaktik o'yinlar o'quvchilarning mantiqiyfikrlashqobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi. O'yin jarayonida o'quvchilar turli matematikmasalalarni yechish yo'llarini izlaydilar, tahlil qiladilar va xulosalar chiqaradilar. Matematik nutqni shakllantirish. O'yin davomida o'quvchilar matematik atamalardanfaolfoydalanadilar, o'z fikrlarini matematik tilda ifodalashni o'rganadilar. Bu esa ularningmatematiknutqining shakllanishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Hamkorlik ko'nikmalarini rivojlantirish. Guruhli o'yinlar jarayonida o'quvchilar bir-biribilan hamkorlikda ishlashni, o'zaro yordam berishni va fikr almashishni o'rganadilar. Raqobat muhitini yaratish. Didaktik o'yinlar sog'lom raqobat muhitini yaratadi, buesao'quvchilarning bilish faoliyatini yanada faollashtiradi va ularning o'zlariga bo'lganishonchinioshiradi. O'z-o'zini baholash ko'nikmalarini shak

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada matematika darslarida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish usullari borasida fikr yuritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada matematika darslarida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish usullari borasida fikr yuritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
teacher, activity, activity, didactic game, natural and irrational numbers, pedagogik faoliyat, faollik, didaktik o'yin, natural va irratsional sonlar.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники