Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Xudoymurodova Xurriyat
ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Xoliqulova Zarnigor (in-academy.uz/index.php/si) · Xudoymurodova Xurriyat (in-academy.uz/index.php/si)
Наука и инновация · 2026
Аннотация
In this article, the second manifestation of Greek tragedy is analysed by Sophocles, who was the great embodiment of tragedy in the tragedy "King Oedipus", which gave rise to a special movement in European literature in the late 18th and early 19th centuries called the "Tragedy of Fate". Key words: Tragedy, myth, Greek mythology, ancient world, goddess, prophecy, destiny. Inson hayot atalmish so`qmoqqa qadam qo`yibdiki, qismatiga bitilgan qiyinchilik-u mashaqqatlarga sabr bilan bardosh berib, taqdir atalmish azal bitigiga rozi bo`lib yashashi kerak bo`ladi. Hayot inson oldiga qanday sinovlarni qo`ymasin, u baribir o`z yo`lini topishga harakat qiladi. Biroq ba`zan insonning irodasi va orzulari taqdir oldida ojiz qolgandek tuyuladi. Odamzod o`z taqdirini o`zi yaratadimi yoki taqdir allaqachon belgilanganmi? Bu savol asrlar davomida falsafiy bahslarning markazida turib kelgan. Sofoklning Arastu tili bilan aytganda “mualliflik mahoratining cho`qqisi” hisoblangan "Shoh Edip" asari esa bu masalaga o`ziga xos yondashuv bilan javob beradi. Yunon dramaturgi, shoir, siyosiy va harbiy arbobi Sofokl miloddan avvalgi 495-yilda Afina shahri yaqinidagi Kolon qishlog`ida qurol- aslaha korxonasi egasi xonadonida tug`ilgan. Sofokl oltmish yillik ijodi mobaynida 120 dan ortiq asar yozgan. Ijodkorning 123 ta dramasi mavjud bo`lib, shulardan yettitasi, ayrim dramalardan parchalari, ba`zi lirik she`rlari bizgacha yetib kelgan. Yunon yozuvchilari o`z ijodiy asarlarida miflarga murojaat qilganlar. O`zlarining uslublari, badiiy qarashlariga moslab voqealar rivojini istaganlaricha o`zgartirib qo`llashgan. Sofokl asarlari orasida bugungi kungacha saqlanib qolgan eng nodir asari “Shoh Edip” tragediyasidir. Mazkur asar Edip Lay haqidagi afsona syujeti asosida yozilgan. Bu afsona o`z davrida bir qancha variantlarda tarqalgan va Sofokl bu afsonaga katta qiziqish bilan qaraydi, shu syujet asosida “Shoh Edip”, “Edip Kolonda”, “Antigona” deb nomlanuvchi uch tragediyani yaratadi. “Shoh Edip” asarining qisqacha syujetida Fiva podshohi Lay befarzand bo`ladi. Koxinlar Layning o`g`il ko`rishi, ammo bu farzand kelajakda otasini o`ldirib, o`z onasiga uylanishi haqida bashorat qilishadi. Shu sababli Lay endi tug`ilgan o`g`il farzandini xizmatkorining qo`liga berib, uni o`ldirib kelishini buyuradi. Ammo xizmatkor bolaga rahmi kelib, uni Korinf shohi Polibga berib yuboradi. Oradan yillar o`tib Edip Delfa ibodatxonasida o`zi haqidagi shu mudhish bashoratni eshitadi va haqiqiy otam deb o`ylagan Polibni o`ldirib, bu bashoratni amalga oshirib 25 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si qo`yishidan qo`rqib, taqdiridan qochish maqsadida Korinfdan chiqib ketadi. Yo`lda u noma`lum bir odam bilan janjallashib, uni o`ldirib qo`yadi. Bu odam Edipning haqiqiy otasi Lay edi. Fiva shahriga yetib kelgan Edip shaharni dahshatga solayotgan maxluq- Sfinks jumbog`ini yechib, xalqni ofatdan qutqaradi va mamlakatga shoh etib saylanadi. O`z taqdiridan bexabar holda marhum shohning bevasi- o`z onasi Iokastaga uylanadi va farzandlar ko`radi. Yillar o`tib mamlakat boshiga turli xil ofatlar yog`ila boshlaydi. Edip bu falokatlarning sababi marhum podshoh Layning g`oyibona o`ldirilganligi va qotilning hali hanuzgacha jazolanmaganligi ekanini bashoratchilardan so`rab biladi. U qotilni izlash davomida hech bir voqeani nazardan qochirmaydi, ma`lumotlar va dalillarni sinchiklab o`rganadi. Qotillik sodir etilgan kun va sodir bo`lgan jinoyatni bir necha yil avval o`z boshidan kechirgan hodisaga a`loqador bo`lib chiqishidan xavfsiraydi. Korinfdan kelgan elchidan otasi Polib o`z ajali bilan o`lganini bilib, bashorat amalga oshmaganidan xursand bo`ladi. Ammo rafiqasi Iokastaning bashoratlarga ishonmaslik kerak deb, o`z o`g`lining qismati haqida aytganlari o`zining taqdiri bilan mos tushayotganidan qo`rquvga tushadi. Axiyri Edip hamma haqiqatni anglab yetadi: u o`z otasini o`ldirib, onasiga uylangan! Buni anglagan Iokasta o`z joniga qasd qiladi, Edip esa ko`zlarini o`yib shahardan bosh olib chiqib ketadi. Ko`rib turganimizdek bu tragediya inson taqdiri, erkin iroda va bashoratning muqarrarligi haqida o`ylashga undaydi. Tragediyani nafaqat o`zbek, balki dunyo adabiyotshunos va faylasuflari tahlil qilgan desak mubolag`a bo`lmaydi. “Shoh Edip’ asari haqida 20-asrning yirik faylasufi, ruhshunosi Freyd shunday yozadi: “Shoh Edip” asari antik dunyo yunon tomoshabinini larzaga solishining asosiy sababi, e`tirof etilayotgandek, taqdiri azal bilan inson irodasi o`rtasidagi to`qnashuvdir…Edip kabi bizning ichimizda ham axloqqa qarshi mayl-istaklar mavjud va bu istak payti kelishi bilan asosiy istakka aylanishi mumkin. “Shu sababli,- deydi Freyd,- Edipning taqdiri- bu ilohiy hukm hodisasi emas, patologik hodisalar va bunday fojia har bir insonda sodir bo`lishi mumkin”.1 20-asrning yana bir mashhur faylasufi Erix From ham o`z konsepsiyasini asoslash uchun ko`plab ustoz faylasuflar kabi “Shoh Edip” asariga murojaat etadi. From ham Edip qismatida insoniyat taqdirin
Доказательный фрагмент
«In this article, the second manifestation of Greek tragedy is analysed by Sophocles, who was the great embodiment of tragedy in the tragedy "King Oedipus", which gave rise to a special movement in European literature…»
Образец извлечения
Демо-превьюIn this article, the second manifestation of Greek tragedy is analysed by Sophocles, who was the great embodiment of tragedy in the tragedy "King Oedipus", which gave rise to a special movement in European literature… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Tragedy, myth, Greek mythology, ancient world, goddess, prophecy, destiny, yunon mifologiyasi, mif, antik dunyo, ma`bud, Tragediya, qismat., bashorat
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025