Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
RIVOJLANTIRISH
ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Choriyev Sherzod Nurillayevich (in-academy.uz/index.php/si)
Наука и инновация · 2026
Аннотация
Mazkur maqolada tasviriy san’atining rivojlanishi, xususan milliy oʻzlikni anglash, koʻp asrlik an’ana va urf odatlar, din va adabiyotni yoritishdagi oʻrni, san’at ta’limi orqali turli yoʻnalishlarni rivojlantirish masalalari yoritilgan. Milliy maktablarning oʻziga xos xususiyatlarini, ularning shakllanishi va rivojlanishini madaniyatlar integrasiyasi sharoitida oʻrganish zamonaviy san’at tarixining eng muxim vazifalaridan biri ekanligi aks ettirilgan. Kalit soʻzlar: integrasiya, madaniyat, uzluksiz, tasviriy san’at, badiiy jarayon, milliy an’analar, ijodiy metod. San’at milliylikka asoslanadi, ayni paytda ezgulik, olijanoblik, doʻstlik, hamjihatlik, ma’naviy yetuklik kabi umuminsoniy gʻoyalarni targʻib etadi. Yurtimizga chetdan kirib kelayotgan barcha asarni ham san’at deb qabul qilish notoʻgʻri. Bugungi globallashuv jarayonida, tezkor axborotlashuv davrida yoshlarni oqni qoradan, yaxshini yomondan farqlay olishga oʻrgatish zimmamizdagi asosiy vazifalardandir. Mustaqillik yillaridagi xalqaro integrasiya Oʻzbekiston san’atini jahondagi badiiy jarayonlarga qoʻshilishiga, yangi tendensiyalar bilan uygʻunlashuviga olib keldi. Mamlakat san’atida xorij innovasiyalari, modernizm oqimlari, konseptual san'at yoʻnalishlarining zamonaviy koʻrinishlari oʻz aksini topa boshladi. Bugungi zamonning dolzarb masalalari bilan bogʻliq mazkur ijodiy hodisalar ularni jahon badiiy tajribalari kontekstida tadqiq etishga undamoqda. Shu jihatdan, mustaqillik davrida Oʻzbekiston rangtasvirida rivojlangan yangi tendensiyalar, ularning zamonaviy jarayonlar bilan ijodiy aloqasi, shuningdek, etnomadaniy meros bilan uygʻunligini tadqiq etish muhimdir. Akademik tasviriy san’at Gʻarb mamlakatlarida rivojlanganligi sababli, ushbu san'at bilan shugʻullanish uchun, yuqori darajadagi ustozlar kabi asarlar yozish uchun ularning bilimlaridan oʻrganamiz. Ularning bilimlarini oʻrganishning eng toʻgʻri yoʻli, bu ularning asarlaridan nusxa koʻchirishdir. Akademik maktabda boʻlajak rassomni tayyorlashda asardan nusxa koʻchirish darsi qadim zamonlardan beri amalda qoʻllangan va hozirgi kunda ham ta'lim jarayonining ajralmas qismidar. Shu oʻrinda misol qilib mashxur haykaltarosh Lorenso Berninining fikrini keltirishimiz mumkin: “Akademiyalarda qadimgi antik dunyo goʻzal haykallarining nusxalari boʻlishi shart, ushbu san'at asrlarini yoshlarga chizdirish orqali ularni oʻqitish kerak, ularda goʻzallik fikrini tarbiyalash kerak, agarda oʻqitishning boshidan oʻquvchilarga tabiatdan ishlashga ruxsat bersak, ular keyinchalik goʻzallikni koʻra olmaydilar va hech qachon tabiatdan idrok etish qiyin boʻlgan goʻzal va yuqori darajadagi badiiy asarlar bajara olmaydilar, chunki ular tabiatdagi goʻzallikni seza olishmaydi” Tasviriy san'at asarlaridan nusxa koʻchirish texnikasining taraqqiyot davri bir qancha bosqichlarni bosib oʻtgan. Eng qadimiy nusxa koʻchirish Antik davrga mansub. Bu erda eslab 83 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si oʻtishimiz mumkinki, Antik davrda yasalgan deyarli barcha grek haykallari rim haykaltaroshlarining nusxasi orqali bizga tanishdir. Ushbu nusxalar asl haykallardan bir muncha farq qiladi. Faqatgina haykal hajmi yoki biron-bir mayda qismi bilan emas, balki ishlash texnikasi bilan ham farq qiladi. Nusxa koʻchirish texnikasi taraqqiyotining navbatdagi bosqichi Oʻrta asrlarda boʻlgan. Bu davrda ham nusxa asar bilan asl asarning oʻxshashligi va farqi toʻgʻrisidagi fikrlar hozirgi kundagi fikrlarga nisbatan ancha farq qilgan. Faqatgina Renessans davriga kelibgina nusxa koʻchirish oʻzining yuqori choʻqqilariga erishdi. Aynan shu davrda Evropa madaniyatida nusxa koʻchirishning teoretik qonun-qoidalari ishlab chiqildi va nusxa bilan asl asarning mavqelari inobatga olindi. Soʻng yuqori darajadagi badiiy asl rangtasvir va haykaltaroshlik asarlaridan nusxa koʻchirish rivojlandi. XVII asrga kelib san'at ihlosmandlarini tasviriy san'atga oʻqitish maqsadida rassomlar akademiyalari tashkil topdi. Shu tariqa nusxa koʻchirish amaliyoti akademik ta'limning ajralmas qismiga aylandi, hamda uning maqsadi tan olingan ustalarning namuna boʻlgan asarlarini texnika-texnologiyasini oʻrganish va rivojlantirish edi. Hozirgi kunda Oliy oʻquv yurtida akademik ta'limning muhim jixatlaridan biri – asarning asl nusxasidan nusxa koʻchirishdir. Nusxa koʻchirishning dasturi rangtasvir texnika- texnologiyasini oʻrganish, hamda yuqori darajada professional mahoratni tarbiyalashni oʻz ichiga oladi. Nusxa koʻchirishdan maqsad asar muallifining ushbu asar ustida ishlash jarayonini, ketma ketligini qaytarishdan hamda rangtasvirning nozik sir-asrorlarini oʻrganishdan iboratdir. Fikrimizcha, nusxa koʻchirish orqali, rassom, rangtasvir asarini har bir bosqichlarini professional darajada yozish madaniyatini oʻrganadi. Hozirgi kundagi rassom qadimda yashab ijod etgan rassomning asaridan nusxa koʻchirish orqali u bilan “suxbat” quradi va uning bilimlarini oʻrganadi. Shu tariqa asar muallifi rassomga ustozlik qiladi. Tarixiy portretlar milliy
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada tasviriy san’atining rivojlanishi, xususan milliy oʻzlikni anglash, koʻp asrlik an’ana va urf odatlar, din va adabiyotni yoritishdagi oʻrni, san’at ta’limi orqali turli yoʻnalishlarni rivojlantirish ma…»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada tasviriy san’atining rivojlanishi, xususan milliy oʻzlikni anglash, koʻp asrlik an’ana va urf odatlar, din va adabiyotni yoritishdagi oʻrni, san’at ta’limi orqali turli yoʻnalishlarni rivojlantirish ma… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ijodiy metod., uzluksiz, badiiy jarayon, tasviriy san’at, milliy an’analar, integrasiya, madaniyat
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025