К содержанию
РецензированоUZ2026

Huquqbuzarliklar profilaktikasi kafedrasi o‘qituvchisi Nurullayev Avazbek Sodiq o’g’li O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi 3-o’quv kursi 317-guruh kursanti

Narziyev Shaxzodbek Zoyirovich · O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi · Nurullayev Avazbek Sodiq o’g’li

Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

Maqolada voyaga yetmaganlar huquqbuzarliklarining profilaktikasida Mahalla fuqarolar yig’inlarining tutgan o’rni va ahamyati haqida so’z boradi. Annotation.The article talks about the role and importance of community gatherings in the prevention of juvenile delinquency. Kalit so’zlar: Voyaga yetmaganlar, g’ayriijtimoiy xulq-atvor, voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi, ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar. Keywords: minors, antisocial behavior, prevention of neglect and delinquency among minors, children in need of social protection. Bugungi kunda hayotimiznining turli jabxalarida insonlar tomonidan sodir etilayotgan huquqbuzarliklar soni tobora ortib bormoqda. Ayniqsa ular orasida voyaga yetmagan shaxslarning ham mavjudligi, bugungi kunning asosiy muammolaridan biri hisoblanadi. Shu sababdan ham voyaga yetmaganlar huquqbuzaliklarining oldini olish, ular orasidagi sog’lom turmush tarzini yo’lga qo’yish, ularning ma’nan yetuk, jismonan baquvvat bo’lib yetishishlari uchun davlatimiz tomonidan bir qator islohotlar amalga oshirildi. Hukumatimiz tomonidan bu masalada qonun hujjatlari ishlab chiqilib ularning ijrosi tegishli davlat organlari zimmasiga yuklatildi. Farzand tarbiyalayotgan ota-ona har bir harakati, yurish turishi, muomalasi, boshqalar bilan o‘zaro munosabatida olijanob fazilatlarni namoyon eta bilishi kerak. Chunki bola tabiatan nihoyatda taqlidchan va kuzatuvchan bo‘ladi. Shuning uchun uning atrofidagilari o‘z odatlari bilan ba’zan o‘zlari sezmagan holda ularga ta’sir qiladilar. Oiladagi qo‘pol munosabatlar, ko‘p yolg‘on gapirish, yoqimsiz xati-harakat bola tarbiyasiga salbiy ta’sir qiladigan nosog‘lom muhitni keltirib chiqaradi 1. Darhaqiqat xalqimiz bola tarbiyasi, uning kamoloti uchun aslo befarq emas. Ota bobolarimizning “bir bolaga yetti mahalla ota-ona” hikmati zamirida bir qancha ma’no yotadi. Bugungi kunda hukumatimiz tomonidan yoshlar uchun yaratib berilgan bir qator imkoniyatlarga qaramay, ular o‘rtasidagi sodir etilayotgan huquqbuzarliklar masalasi davlatimiz va keng jamoatchlikni jiddiy tashvishga solib kelmoqda. So’ngi yilllarda Respublikamizda voyaga yetmaganlar o’rtasida sodir etilayotgan jinoyat ko’rsatkichlariga e’tibor beradigan bo’lsak, birgina 2023-yilning 8 oyi davomida respublikada 2121 nafar voyaga yetmaganlar tomonidan jami 2024 ta jinoyat sodir etilgan. Ushbu 1 ўғли Гадоймиродов Б. О. ВОЯГА ЕТМАГАНЛАР ЎРТАСИДА ФИРИБГАРЛИК ЖИНОЯТИНИНГ САБАБЛАРИ ВА УНИНГ ОЛДИНИ ОЛИШ //Analysis of world scientific views International Scientific Journal. – 2024. – Т. 2. – №. 3. – С. 39-44. 37 jinoyatlarda 1424 nafar maktab o‘quvchilari ishtirok etgan bo’lsa, ularning 291 nafari akademik litsey va kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari tomonidan sodir etilgan. 142 nafar ishlamasdan yurganlar (maktabni tamomlagan) hamda 264 nafar ishlaydigan voyaga yetmaganlar ham jinoyat sodir etishda qatnashgan.2 2021 yilda 1472 nafar voyaga yetmagan shaxs sudlangan bo‘lsa, 2022 yilda bu ko‘rsatkich 2116 nafarga yetgan. 2022-yilda Voyaga yetmagan shaxslar tomonidan ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatlar 389 ta, uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar soni 510 tani tashkil qilgan.3 Shu nuqtayi nazardan ham bugungi kunda voyaga yetmaganlar o’rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarni oldini olish, ularni ijtimoiy jihatdan qo’llab quvvatlash borasida bir qator islohotlar amalga oshirilib kelinmoqda. Bu borada Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish o’rganlarining o’rni ham muhim ahamyat kasb etadi. O’zbekiston Respyblikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Yoshlar bilan ishlash Prezidentdan tortib vazirgacha, hokimdan tortib mahalla raisigacha - hammamizning eng asosiy ishimizga aylanishi zarur. Har qaysi hokim, har bir vazir, har qaysi mahalla raisi “Bugun men yoshlar uchun nima ish qildim? Ertaga farzandlarimiz manfaati uchun yana nima ish qilishim kerak?” degan savollarga javob beradigan, shunday e’tiqod bilan yashaydigan vaqt keldi” deya takidlaganlar. Darhaqiqat bugun yoshlar, xususan voyaga yetmaganlarga qaratilgan e’tiborni yuksak baholash mumkin. Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan 1920-yil 20-noyabrda qabul qilingan “Bola huquqlari to’g’risida”gi konvensiyaga binoan 18 yoshga to’lmaganlarning barchasi bola deb tan olingan. O‘zbekiston Mustaqillikka erishgach, Mustaqil davlatlar hamdo’stligi tashkiloti (MDH) davlatlari orasida birinchilardan bo’lib, 1992-yil 9-dekabr kuni ushbu Konvensiyani ratjifikatsiya qildi. Konventsiyaga binoan, bola mustaqil shaxs sifatida qabul qilinadi. Konvensiya bolani o‘ziga xos huquqlarga ega bo‘lgan shaxs sifatida tavsiflaydi: yashash huquqi (6-modda), oila qurish (9-modda), ismi va fuqaroligi bo‘yicha. Ta’lim to‘g‘risida (7- modda), zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida (19-modda), tenglik, fikr va so‘z erkinligi to‘g‘risida (13-modda), dam olish va hordiq chiqarish (31-modda), tibbiy. xizmat ko‘rsatish va sog‘liqni saqlash (24-modda), davlat yordamida (18-27-modda) va boshqalar mustahkamlab qo’yilgan. O‘zbekiston Respublikasi

Доказательный фрагмент

«Maqolada voyaga yetmaganlar huquqbuzarliklarining profilaktikasida Mahalla fuqarolar yig’inlarining tutgan o’rni va ahamyati haqida so’z boradi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada voyaga yetmaganlar huquqbuzarliklarining profilaktikasida Mahalla fuqarolar yig’inlarining tutgan o’rni va ahamyati haqida so’z boradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
minors, antisocial behavior, prevention of neglect and delinquency among, g’ayriijtimoiy xulq-atvor, Voyaga yetmaganlar, voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi, ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники