К содержанию
РецензированоUZ2026

HUQUQIY ASOSLARI Muhammadyunusova Mohistara Muhammadilxom qizi

HUQUQIY ASOSLARI · Muhammadyunusova Mohistara Muhammadilxom qizi

Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

Ushbu tezisda Mamlakatimizda so’nggi yillarda gender tenglik atamasini erkin qo’llash imkoniyati yuzaga keishi bilan birgalikda, ushbu yo’nalishda mamlakat siyosatida keskin yangiliklar amalga oshrilgani hamda buning aholi turmush tarziga bo’lgan ahamiyati darajasi haqida so’z boradi. Kalit so’zlar Haqiqiy tenglik, gender tenglik tushunchasi, tinchlikni mustahkamlash, qonunchilik hujjatlari, Vazirlar mahkamasi, xotin-qizlar maqomi, Konstitutsiya, Oliy ta’lim tizimi, qizlarning professional ta’limi, milliy xususiyatlar. Erkaklar bilan xotin-qizlar o‘rtasidagi to‘liq va haqiqiy tenglik qonun ustuvorligiga asoslangan adolatli va demokratik jamiyatning g‘oyat muhim elementi hisoblanadi. Jamiyatning yaxlit rivojlanishi va uning barcha a'zolari farovonligining oshirilishi erkaklar bilan xotin-qizlarning bu jarayonda to‘liq va teng ishtirok etishi uchun baravar imkoniyatlarni taqozo etadi. Ayollar tomonidan inson huquqlarini to‘la va teng tasarruf etishlari mamlakatda tinchlikni mustahkamlash va demokratiya uchun eng muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. O‘zbekistonda xotin-qizlar aholining 50 foizidan ortig‘ini tashkil etadi. Shuning uchun ham ularning intellektual-ma'naviy taraqqiyoti, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy faolligi nafaqat mamlakatimiz rivoji uchun, balki oilalar mustahkamligi uchun ham juda muhimdir. So‘nggi yillarda gender tenglik masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib, sohaga oid 25 ta Qonunchilik hujjati qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasining gender tenglikni ta'minlash masalalari bo‘yicha komissiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi tashkil etildi. Bunday natijalar jamiyatimizda gender muvozanatni shakllantirishda erkaklar va xotin- qizlarning maqomini tenglashtirishning tashkiliy-huquqiy asoslarini ta'minlashga hizmat qilmoqda. Shu bilan birga, "O‘zbekiston barqaror rivojlanishning beshinchi maqsadini amalga oshirish doirasida "gender tenglikni ta'minlash hamda barcha xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish"ga oid to‘qqizta vazifani ishlab chiqdi. Beshinchi maqsadning vazifalariga (gender tenglik) muvofiq, 2030 yilga kelib barcha xotin-qizlarga nisbatan kamsitishlarning har qanday shakliga barham berish, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hayotda qarorlar qabul qilishning barcha darajalarida ayollarning to‘liq va samarali ishtirokini va etakchilik qilishi uchun teng imkoniyatlarni ta'minlash zarur bo‘ladi. Bundan tashqari, ushbu maqsad davlatning turli darajalarida Davlat dasturlarini qabul qilish jarayonida gender tenglik tamoyillarini joriy qilishni o‘z ichiga oladi”[1]. Mazkur davlat dasturi asosida mamlakatimizda gender tengligiga erishish, bu borada boshlangan ishlar samaradorligini oshirish, yuqori natijalarga ega bo‘lishga doir ko‘plab tashkiliy-huquqiy ishlar boshlab yuborildi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi 46-moddasida xotin-qizlar va erkaklar teng huquqli ekanliklari mustahkamlab qo‘yildi. 1995 yil 6 mayda mamlakatimiz 1979 yil 18 dekabrda Nyu-Yorkda qabul qilingan "Xotin-qizlarni kamsitishning barcha shakllariga barham 4 berish to‘g‘risidagi”[2], 1997 yil 30 avgustda "Xotin-qizlarning siyosiy huquqlari to‘g‘risidagi”[3], “Bir xil qiymatga ega bo‘lgan mehnat uchun erkaklar va xotin-qizlarni teng rag‘batlantirish to‘g‘risidagi” konventsiyalarga qo‘shildi. Bu esa xorijiy tajribaning umume'tirof etilgan huquqiy normalariga tayangan holda, xalqimizning mental xususiyatlarini e'tiborga olgan holda, mamlakatimizda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta'minlash bo‘yicha muhim qadamlar qo‘yishga asos bo‘ldi. 2019 yil 2 sentyabrda O‘zbekiston Respublikasining "Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida"gi 561-son, "Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida"gi 562-son qonunlari, shuningdek, xotin- qizlarni ijtimoiy himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirish borasida 15 dan ortiq normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinishi, mamlakatimizda ushbu masalaning xalqaro andozalar darajasiga ko‘tarilganligidan dalolat beradi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 fevraldagi "Xotin-qizlarni qo‘llab- quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 5325-son Farmoni, 2018 yil 2 iyuldagi "Ijtimoiy reabilitasiya qilish va moslashtirish, shuningdek oilaviy-maishiy zo‘rlik ishlatishning oldini olish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-3827-son, 2019 yil 7 martdagi "Xotin- qizlarning mehnat huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-4235-son qarorlari qabul qilindi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 apreldagi "Og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga, nogironligi bo‘lgan, kam ta'minlangan, farzandlarini to‘liqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga mu

Доказательный фрагмент

«Ushbu tezisda Mamlakatimizda so’nggi yillarda gender tenglik atamasini erkin qo’llash imkoniyati yuzaga keishi bilan birgalikda, ushbu yo’nalishda mamlakat siyosatida keskin yangiliklar amalga oshrilgani hamda buning…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu tezisda Mamlakatimizda so’nggi yillarda gender tenglik atamasini erkin qo’llash imkoniyati yuzaga keishi bilan birgalikda, ushbu yo’nalishda mamlakat siyosatida keskin yangiliklar amalga oshrilgani hamda buning… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
gender tenglik tushunchasi, Konstitutsiya, qizlarning professional ta’limi, tinchlikni mustahkamlash, milliy xususiyatlar., Vazirlar mahkamasi, Oliy ta’lim tizimi, xotin-qizlar maqomi, Haqiqiy tenglik, qonunchilik hujjatlari
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники