Академические исследования в современной наукеИрода Алимова2025
MEHNAT SOHASIDAGI BOSHQA HUQUQIY HUJJATLARNING TIZIMLI TAHLILI Xurramov E’zozbek Baxron o‘g‘li Toshkent davlat yuridik universiteti Atrof-muhit huquqi va barqaror rivojlanish mutaxassisligi magistri
Xurramov E’zozbek Baxron o‘g‘li
Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026
Аннотация
Ushbu tezisda mehnat to‘g‘risida qonunchilik va ularning turlari, amal qilish sohasi, mehnat sohasidagi boshqa huquqiy hujjatlarning yuridik ahamiyati va ularning ustunlik darajasi, shuningdek, ularning qo‘llanish yo‘nalishlari muhokama qilinadi. Kalit so‘zlar: mehnat kodeksi, jamoa shartnomasi, jamoa kelishuvlari, normativ- huquqiy hujjatlar, kasaba uyushmasi qo‘mitasi, ichki hujjatlar, mehnat shartnomasi. Bugungi kunda aholining yildan-yilga oshib borayotganligi bilan bir qatorda ishchi kuchining ham oshib borishi, doimiy ish va barqaror daromadga nisbatan talab oshishi kuzatilmoqda. Bu esa o‘z navbatida fuqarolarning mehnat qilishga oid huquq va manfaatlarini himoya qilishga doir qonunchilikni takomillashtirishni dolzarb vazifa qilib qo‘ymoqda. O‘zbekiston Respublikasida mehnatga oid munosabatlarni tartibga soluvchi asosiy normativ-huquqiy hujjat Mehnat kodeksi hisoblanadi. Bunga qo‘shimcha ravishda turli qonunosti hujjatlari ham qabul qilingan. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 10- moddasiga ko‘ra mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Kodeksdan hamda yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarni va ular bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratligi keltirib o‘tilgan. Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida xodimlar uchun O‘zbekiston Respublikasining mehnat to‘g‘risidagi qonunchiligiga yoki mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga nisbatan imtiyozliroq qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi. O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining qoidalari mehnatga oid yakka tartibdagi munosabatlar va ular bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy munosabatlar O‘zbekiston Respublikasining mehnat to‘g‘risidagi qonunchiligida to‘g‘ridan-to‘g‘ri tartibga solinmagan hollarda ham qo‘llaniladi. Yuqorida keltirilgan normadan shuni tushunish mumkinki, mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik, avvalo, Mehnat kodeksidan, shuningdek, yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarni va ular bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi boshqa qonunchilik hujjatlaridan iborat ekan. Mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarga, shuningdek, yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarga nisbatan tatbiq etiladi. Mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda, mehnat shartnomasida nazarda tutilgan mehnat shartlarini ish beruvchi tomonidan ta’minlashda xodimning mehnat vazifasini ichki mehnat tartibiga bo‘ysungan holda haq evaziga shaxsan bajarishi haqidagi, xodim bilan ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga asoslangan munosabatlar yakka tartibdagi mehnat munosabatlaridir. Xodim bilan ish beruvchi o‘rtasidagi yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarni 20 haqiqatda tartibga soladigan fuqarolik-huquqiy xususiyatga ega shartnomalar (fuqarolik shartnomalari) tuzish taqiqlanadi. Yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy munosabatlar jumlasiga quyidagilar kiradi: - xodimni ish beruvchida ishga joylashtirishga oid munosabatlar; - xodimni ish beruvchida kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va uning malakasini oshirishga oid munosabatlar; - mehnat sohasidagi ijtimoiy sheriklik jarayonida shakllanadigan jamoaviy mehnat munosabatlari; - mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka, mehnatni muhofaza qilish qoidalariga hamda mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga rioya etilishi ustidan tekshiruv va nazoratga oid munosabatlar; - mehnat nizolarini ko‘rib chiqishga oid munosabatlar. Agar O‘zbekiston Respublikasining qonunlarida yoki xalqaro shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik bilan belgilangan qoidalar chet el fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ishtirokidagi, chet el fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan tashkil etilgan yoki ta’sis etilgan tashkilotlar yoxud ushbu fuqarolar, shaxslar ishtirokidagi, xalqaro tashkilotlar va chet el yuridik shaxslari ishtirokidagi mehnatga oid munosabatlarga nisbatan tatbiq etiladi. Mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikning amal qilishi O‘zbekiston Respublikasi davlat xizmatchilariga, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi davlat muassasalariga (diplomatik, konsullik muassasalariga va boshqa muassasalarga) ishga yuborilgan xodimlariga, shuningdek qonunda nazarda tutilgan o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan muqobil xizmatni o‘tayotgan shaxslarga nisbatan tatbiq etiladi. Mehnat kodeksi umume’tirof etilgan qoidalar bilan bir qatorda ish beruvchi va xodimlarning huquq va manfaatlarini to‘laqonli o‘zida aks ettirgan. Ammo ba’zi bir davlat tashkilotlari borki, ularning o‘z normativ-huquqiy hujjatlari mavjud bo‘lib, o‘zaro mehnatga oid munosabatlari ushbu normativ-huquqiy hujjatlari bilan tartibga solinadi. Bunga misol tariqasida Mehnat kodeksining 11-moddasida keltirilgan kontra
Доказательный фрагмент
«Ushbu tezisda mehnat to‘g‘risida qonunchilik va ularning turlari, amal qilish sohasi, mehnat sohasidagi boshqa huquqiy hujjatlarning yuridik ahamiyati va ularning ustunlik darajasi, shuningdek, ularning qo‘llanish yo‘…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu tezisda mehnat to‘g‘risida qonunchilik va ularning turlari, amal qilish sohasi, mehnat sohasidagi boshqa huquqiy hujjatlarning yuridik ahamiyati va ularning ustunlik darajasi, shuningdek, ularning qo‘llanish yo‘… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- mehnat shartnomasi., mehnat kodeksi, jamoa kelishuvlari, ichki hujjatlar, jamoa shartnomasi, kasaba uyushmasi qo‘mitasi, normativ-huquqiy hujjatlar
Смежные источники
The American Journal of Social Science and Education Innovations+ Karimov Husan Muminbekovich, Jour nal Website:2021
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
ЖУРНАЛ ПРАВОВЫХ ИССЛЕДОВАНИЙСуванов Сардор Бахадирович2026