К содержанию
РецензированоUZ1945

(1945-1985-YİLLARDA) Quranboyeva Sevinchoy Maqsud qizi

Quranboyeva Sevinchoy Maqsud qizi

Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 1945

Аннотация

Ushbu maqolada Xorazm viloyatida aloqa vositalarining paydo bo’lishi tarixi, rivojlanishi uning aholi kundalik hayotiga ta’siri haqida ma’lumotlar keltirilgan. Kalit so’zlar. Radio, televideniya, radioto’lqin, teleminora, radiostansiya, telemarkaz, televizor. Aloqa vositalari har doim insonlar orasida ma’lumotlar almashishda katta ahamiyatga ega bo’lgan. Radio va televideniye ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy o‘zgarishlar haqida ma’lumotlarni tarqatish va targ‘ib qilish, insonning turmush tarzi, qadriyat yo‘nalishlari va uning dunyoqarashiga ta’sir ko‘rsatish kabi ulkan vazifani bajaruvchidir. Shuningdek, u madaniy qadriyatlarni ko‘paytirish, saqlash va jamiyatga yetkazish kabi yetakchi vazifalarni hech o‘zgarmasdan bajaraveradi. Radio XX asr davomida ommaviy axborot vositalarining shakllanish tarixida muhim voqea bo‘lib qolgan va axborot uzatish usullarida yetakchi mavqega egadir. Ikkinchi jahon urushidan keyin aholi hayotida katta o’zgarishlar bo’la boshladi. Aholinng yangi ma’lumotlar olishga ehtiyoji kuchaydi. Radio tobora xalqning unga bo‘lgan qiziqishini oshira bordi. Ularning ma’naviy turmushini yaxshilashga mumkin qadar hissa qo‘shdi. Xorazmga radioni kirib kelishi uni rivojlanishi uzoq tarixga egadir. Arxiv ma’lumotlariga ko‘ra, viloyatga dastlabki radioto‘lqinlar 1931-yilda kirib kelgan. Bu, albatta, radiostansiya emas, radioto‘lqinlar edi, xolos. Stansiyaning o‘zi hozirgi Qoraqalpog‘iston Respublikasiga qarashli To‘rtko‘l tumanida bo‘lgan. Qoraqalpog‘iston Avtonom Respublikasi Atqaru Komiteti Prezidiumining 1931-yil 17-dekabrdagi Qaroriga asosan To‘rtko‘ldagi radiostansiyaning birinchi boshlig‘i Gavril Aleksandrovich Lexin bo‘lgan.(1) Xorazm xabarlarini eshittirish esa 1933-1934-yillarda Urganch shahrida kichkina radiostansiya tashkil etilgandan keyin boshlangan va u kuniga 30 minutni tashkil etgan. 1936-yilda Xorazm okrugida radio qo‘mitasi tuziladi va bu qo‘mita uchun 221.922 so‘mlik smeta tasdiqlanadi. Nihoyat, birinchi eshittirish 15-yanvardan boshlandi. Kundalik eshittirishlar 2 soatni tashkil etgan va fevral oyidan boshlab mahalliy eshittirishlar 4 soatga uzaytirilgan. Eshittirishlar dastlab Urganchdan Xivaga tarqatiladi. Xiva orqali esa butun shaharga beriladi. Radio qisqa muddat ichida xalqning ruhiyatini ko‘taruvchi, ularga shijoat beruvchi manbaga aylana boshladi. Hukumat aholi ishlaydigan obyektlariga zudlik bilan ommaviy tarzda ishlaydigan radiolar o‘rnatishga harakat qilgan. 1948-yilga kelib Xorazm viloyatida 10 ta radiostansiya va 4 mingdan ortiq radionuqtalar aholiga xizmat ko‘rsatgan. Hatto kolxozlarda ham radiostansiyalar qurila boshlagan. Masalan, Yangiariq rayoni markaziga yaqin bo‘lgan Kaganovich nomli kolxozda kuchli radiostansiyasi qurilib, 432 ta aholi xonadoniga radio karnaylari o‘tkazilgan. Radiostansiya studiyasidan har kuni ilg‘or kolxozchilarning tajribalari, ularning mehnat faoliyati haqidagi xabar va yangiliklar o‘qib eshittirilgan.(2) Ikkinchi jahon urushidan keyin radiostansiyalar va radio nuqtalar qurilishi ko’paytirildi. Masalan; 1952-yilda Xorazm viloyatida 14 ta kolxoz o‘z radiostansiyasiga ega bo‘lgan. 1955-yilda Xorazm oblastida 49 ta kolxoz radioeshittirish 4 tarmoqlariga ega bo‘lgan, shundan 28 kolxozning o‘z radiostansiyasi mavjud edi. 1951-1955-yillarda Xorazm oblastida radioeshittirish nuqtalari 2,8 barobarga, shu jumladan, qishloq joylarida 3,8 barobarga ko‘paygan. Kolxoz radiostansiyalarida radionuqtalar soni 11 marta oshgan. 1960-yillardan keyin radiopriyomniklar nihoyatda ko‘paydi. Chunki partiya va hukumatning radiopriyomniklardan foydalanganligi uchun soliq to‘lovi bekor qilindi.1960-yillarga kelib, radiolashtirish rivoj topib, endi u faqat viloyat, tuman yoki kolxoz markazlarida emas, balki maktablarga ham kirib bordi. Radio vohada tezlik bilan tarqaldiki, natijada viloyatda yangi katta stansiya qurish ehtiyoji tug‘ildi. Nihoyat, Xorazmda 1961-yil oktabr oyida RTUM (Radio televizion uzatish markazi) tashkil topdi. Xorazm RTUM 1961-yilda “Urganch radio televizion uzatish stansiyasi” deb nomlanib, Xorazm viloyatida birinchi marta balandligi 30 metr bo‘lgan teleminora orqali 6 TVK da ishlovchi “TRSA-56” rusumli Rossiyada ishlab chiqarilgan 100 Vt. quvvatga ega bo‘lgan teleuzatgich orqali Xorazm viloyati televideniyesi dasturlari va radioeshittirishlari uzatila boshlandi. 1959-yil may oyida Xorazm oblastidagi rayonlardan tashqari 73 ta kolxoz o‘z radiostansiyasiga ega bo‘ldi.(3)1963-yillarda O‘zbekiston bo‘ylab 1 milliondan ortiq radio o‘rnatilib uning 80% qismi qishloqlarga to‘g‘ri kelgan. Shu yili Xorazm “radiolashgan viloyat” deb e’lon qilingan. Chunki viloyatdagi radiotochkalar soni 70 mingtaga yetgan(4). Radioeshittirish aholini madaniy, siyosiy jihatdan tarbiyalashning kuchli quroli ham bo‘lib qoldi. Radio sovet kishilarining kundalik turmushiga mahkam singib ketdi, radio karnayi har bir oilada oddiy narsa bo‘lib qoldi. Xorazm vohasidagi kolxozlarda radiouzel tashkil qilinishi aholi uchun katta madaniy voqealarning biri bo’ldi. Kolxoz radiouze

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada Xorazm viloyatida aloqa vositalarining paydo bo’lishi tarixi, rivojlanishi uning aholi kundalik hayotiga ta’siri haqida ma’lumotlar keltirilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada Xorazm viloyatida aloqa vositalarining paydo bo’lishi tarixi, rivojlanishi uning aholi kundalik hayotiga ta’siri haqida ma’lumotlar keltirilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
televideniya, teleminora, Radio, televizor., radioto’lqin, radiostansiya, telemarkaz
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники