К содержанию
РецензированоRU2023

ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ХАДИСОВ В КАЧЕСТВЕ ТЕРАПИИ ПРИ ИЗУЧЕНИИ ПРОБЛЕМ ВОСПИТАНИЯ ДЕТЕЙ РОДИТЕЛЕЙ, ОБРАТИВШИХСЯ ЗА ПСИХОЛОГИЧЕСКОЙ КОНСУЛЬТАЦИЕЙ

TERAPIYA SIFATIDA FOYDALANISH · Nigora Kozimova Abduqahhorovna

Современная наука и исследования · 2 · 2023

Аннотация

This article talks about one of our main problems: preventing conflicts between parents and children, the role of wisdom such as hadiths and narrations in child education is very important. Key words: psychological protection mechanisms, information person, family environment, hadistherapy, wisdom, deviant behavior. ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ХАДИСОВ В КАЧЕСТВЕ ТЕРАПИИ ПРИ ИЗУЧЕНИИ ПРОБЛЕМ ВОСПИТАНИЯ ДЕТЕЙ РОДИТЕЛЕЙ, ОБРАТИВШИХСЯ ЗА ПСИХОЛОГИЧЕСКОЙ КОНСУЛЬТАЦИЕЙ Аннотация. В этой статье говорится об одной из наших главных проблем: предотвращении конфликтов между родителями и детьми, очень важна роль мудрости, такой как хадисы и повествования, в воспитании детей. Ключевые слова: механизмы психологической защиты, информационная личность, семейная среда, хадистерапия, мудрость, девиантное поведение. Bizni hamisha o‘ylantirib keladigan yana bir muhim masala – bu yoshlarimizning odob- axloqi, yurish-turishi, bir so‘z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog‘liq. Bugun zamon shiddat bilan o‘zgaryapti. Bu o‘zgarishlarni hammadan ham ko‘proq his etadigan kim – yoshlar. Mayli, yoshlar o‘zdavrining talablari bilan uyg‘un bo‘lsin. Lekin ayni paytda o‘zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug‘ zotlarning avlodimiz, degan da’vat ularning qalbida doimo aks-sado berib, o‘zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan. Sh. Mirziyoyev Bugungi ta’lim tizimidagi jadal intellektual o‘zgarishlar ta’lim subyektlariga turlicha ta’sir ko‘rsatyapti. Nimaga deganda, ta’lim subyektlari bo’layotgan hamma yangiliklar, hamma o’zgarishlarga ham psixologik, intellektual tayyor emaslar. Ayniqsa, ta’limning asosiy ishtirokchisi – o‘quvchilar bo‘layotgan o‘zgarishlarni osonlik bilan qabul qilishmaydi. Bunga turli omillarni sabab qilib ko’rsatishimiz mumkin. Avvalo, bugungi zamonaviy o‘quvchilarda psixologik himoya mexanizmlari yaxshi shakllanmaganligida. Immunitet – bizning 6 1 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ salomatligimizga javob bersa, psixologik himoya mexanizmi esa – bizning ongimiz, ruhiyatimizning salomatligiga javob beradi. Mana shu ruhiy barkamollikni shakllantirishda ta’limda biz hadislar, hikmatlar va rivoyatlardan keng foydalanishimiz maqsadga muvofiq. Shu o‘rinda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulovning “Biz ta’limdan ham oily ta’limdan ham islomni sug’urib oldik” degan so’zlarini keltirishni joiz deb bildim. Nimaga deganda din insonni turli zalolatlardan asraydi. Ayniqsa bugungi kunda o‘rta ta’limda duch kelayotgan katta muammolarimizdan biri – deviant xulq – atvorli o‘quvchilar bilan ishlashda xulq o‘g‘ishishlarning oldini olish maqsadida hadis, hikmat va rivoyatlardan terapiya sifatida foydalanishimiz juda katta ahamiyatga molik. Bu kabi korreksiya usuli bizning mentalitetimizga ham mos bo‘lib, bunday meros shu qadar bebahoki, ularni o‘rganib o‘zimiz uchun ruhiy tarbiya olamiz. Har bir inson sof fitratda, sof tabiatda tug‘iladi. (hadisdan) Shunday ekan unda paydo bo‘luvchi turli deviant xulq–atvorlarni jamiyatdan va ota – onasidan o‘rganadi. Ota – ona, ayniqsa ona bola uchun juda katta madrasa hisoblanadi. E’tibor bergan bo‘lsangiz, odatda bobo – buvisi bilan bir uyda istiqomat qiluvchi bolalarda o’ziga xos ijobiy xislatlar, vazminlik, kattalarni hurmat qilish kabi odatlar namoyon bo‘ladi. Chunki, bola uyda aynan shunday muhitni ko‘radi. Har qanday gapni bezatuvchi, uning ta’sirchanligini oshiruvchi ziynatlari bo‘ladi. Hadislar ham tarbiyaning bezagi, ziynatidir. Bizning hayotimizda turli o‘ziga xos hadislar borki, biz ushbu hadislarni o‘rganib, ularni hayotimizda qo‘llab, ularga amal qilib yashaymiz. Masalan, “Beshikdan qabrgacha ilm izla”, “Yoshlikda olingan bilim toshga o‘yilgan naqsh”, “Avvalo onangga, onangga va yana onangga, so‘ng otangga yaxshilik qilgin”. Bu kabi durdona hadislarimiz juda ko‘p. Birgina ota – ona mavzusidagi hadislar bilan ota – onalar va farzandlar o‘rtasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ziddiyatlarni oldini olish mumkin. “ Otaga itoat qilish — Allohga itoat qilishdir. Uning oldida gunoh qilish Alloh oldida gunohkor bo‘lish bilan barobardir.” (Hadis) Biz mana shunday hikmatlardan tarbiyada, ta’limda terapiya sifatida foydalansak, bugungi zamonaviy yetuk barkamol o‘quvchi shaxsini shakllantirgan bo‘lamiz. Va albatta, bolalardagi psixologik himoya mexanizmlarini ham mustahkamlagan bo‘lamiz. Bu uchun birinchi, ota- onalar va o‘qituvchilar bugungi zamonaviy o‘quvchi shaxsiga mos salohiyatli bo‘lishi darkor. Biz odatda muammoni yechishda ko‘proq unga tashqi tomondan yondashib hal etamiz. Muammoning ildizi esa qolib ketaveradi. Bu go‘yoki tikanni chopishga o‘xshaydi. Tikanni chopaverasan, ammo ildizi shu qadar chuqur o‘rnashib olganki, qayta qayta chiqaveradi. Biz odatiy usul bo’lib qolgan bolaning bo‘sh vaqtini band qilish kerak deymizu, ammo uning ongini band qilish haqida hech o‘ylamaymiz. Agar bolaning ongi kerak siz axborotlar

Доказательный фрагмент

«This article talks about one of our main problems: preventing conflicts between parents and children, the role of wisdom such as hadiths and narrations in child education is very important.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article talks about one of our main problems: preventing conflicts between parents and children, the role of wisdom such as hadiths and narrations in child education is very important. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
psychological protection mechanisms, information person, family, psixologik himoya mexanizmlari, механизмы психологической защиты
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники