К содержанию
РецензированоRU2023

ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ЭКРАННОЙ ЗАПИСИ В РАЗВЛЕКАТЕЛЬНОМ И РЕКЛАМНОМ ВИДЕОКОНТЕНТЕ

YOZUVLARINING QO‘LLANISHI · Isokulov Abdullo Oblokul o‘g‘li · VIDEO CONTENT (Perfect university xususiy oliy ta‘lim tashkiloti o‘qituvchisi.)

Современная наука и исследования · 2 · 2023

Аннотация

Captions are used for various purposes in television broadcasts. Some of them are the speech of the show participants, while others are used to provide additional information to the video content. Some credits summarize what the host says during the telecast. Entertainment and promotional video content also uses unique captions. The purpose of the TV show is also important. Key words: entertainment video content, advertising video content, captions, grouping, speech intence. ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ЭКРАННОЙ ЗАПИСИ В РАЗВЛЕКАТЕЛЬНОМ И РЕКЛАМНОМ ВИДЕОКОНТЕНТЕ Аннотация. Титры используются для различных целей в телевизионных передачах. Некоторые из них представляют собой речь участников шоу, а другие используются для предоставления дополнительной информации к видеоконтенту. Некоторые титры резюмируют то, что ведущий говорит во время телепередачи. Развлекательный и рекламный видеоконтент также использует уникальные титры. Цель телешоу также важна. Ключевые слова: развлекательный видеоконтент, рекламный видеоконтент, титры, группировка, речевой замысел. Televideniyeda qo‘llanadigan ekran yozuvlarini guruhlashtirishda ularning turli o‘ziga xosliklariga tayanish mumkin. Bunda tadqiqotchi ekran yozuvlarining qanday mazmundagi videokontentda qo‘llanishi, nima maqsadda yaratilganligi, qanday ko‘rinishda yoki teleekranning qaysi qismiga joylashtirilganligi kabilarning har birini asosiy tayanch nuqtasi sifatida qabul qilishi mumkin bo‘ladi. Chunki guruhlash “biror belgisi, turi, xili va boshqa xususiyatlariga qarab guruhlarga, qismlarga bo‘lish” [1:529] ekan, sanalganlarning har biri shunday asos bo‘lib xizmat qilishi tabiiy. Bundan ekran yozuvlarini guruhlarga ajratish bevosita teleko‘rsatuvlarning o‘zini 3 7 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ ham tasniflash bilan bog‘liq ekanligi anglashiladi. Ko‘ngilochar va reklama bilan bog‘liq videokontentlarda qo‘llangan ekran yozuvlari ham alohida tahlilni talab qiladi. Ko‘ngilochar videokontent. Bu turdagi teledasturlar ekran oldida tomoshabinlarning hordiq chiqrishlariga mo‘ljallangan. Ko‘ngilochar videokontantlar sirasiga konsert, tok-shou, kinofilm kabilarni kiritish mummin. Hozirgi kunda televideniyeda, jumladan, milliy televideniyemizda ham faqat ko‘ngilochar dasturlar namoyish etiladigan telekanallar ham mavjud [2]. Masalan, “Navo” telekanalining maqsadlaridan biri sifatida “zamonaviy milliy va xorijiy estrada, o‘zbek va jahon mumtoz musiqasi, raqs san’ati, simfonik va cholg‘u musiqa ijrochiligi yo‘nalishlarida xilma-xil va rang-baramg janrlardagi telemahsulotlarni efirga uzatish” [3] dan iboratligi uning ko‘ngilochar telekanallardan biri ekanligini bildiradi. Teletomoshabinlarning jahon va o‘zbek milliy mumtoz musiqasi, qolaversa, zamonaviy estrada san’atining eng yaxshu namunalarini tinglab, eng yaxshi ishlangan videokliplarni tomosha qilib hordiq chiqarishlariga xizmat qiladigan bu telekanal ham ekran yozuvlaridan samarali foydalanadi, albatta. Bu maqsadlarning amalga oshishida eng zamonaviy animatsion dasturlardan foydalanib yaratilgan ekran yozuvlarining o‘rni ham beqiyos. Masalan, “Navo” telekanalining “Sen zo‘rsan” teleloyihasida shunday yzouvlardan foydalanilgan [4]: Ko‘rsatuv boshlanishida va uning qismlari namoyishida loyihaning nomini anglatuvchi ekran yozuvi o‘ziga xos dizaynerlik mahorati mahsuli hisoblanadi. Bunday ekran yozuvlari ko‘ngilochar ko‘rsatuvlarga bo‘lgan tomoshabinning qiziqishini orttirishi shubhasiz. Boshlovchining ismi va sharifi har xil ranglarda berilishi ham ekran yozuvlarini ko‘ngilochar teleko‘rsatuvlar uchun moslashtirish maqsadida amalga oshirilgan. Kinofilmlar ham ko‘ngilochar teleko‘rsatuvlar sifatida televizion dasturlarda tomoshabinlar diqqatini jalb qilishda faol qo‘llanadi. Zero, kinofilm “birin-ketin plyonkaga tushirilgan fototasvirlar majmui, ular bir syujet asosida suratga olinib, ekran orqali ko‘rsatishga mo‘ljallanadigan kino san’ati asari” [5:249] ning bir turi ekan, bu syujet teletomoshabinlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishda muhim ahamiyatga ega. Kinofilmlarda ekran yozuvlari turli maqsadlarda: film va uni yaratgan shaxslar va kinokompaniya nomi haqida ma’lumot berishi, qahramonlar va muallif nutqini ifodalashi, uning boshqa tilga tarjimasini bildirishi mumkin. Kinofilmalarda qo‘llanuvchi ekran matnlarini tadqiq qilgan G.Slishkin va M.Yefremovalar bunday yozuvlar qo‘llanishiga ko‘ra uch xil: boshlanmada, film ichida va yakunda qo‘llanadigan yozuvlar kabilarga ajratiladi [6:127]. Yakuniy qism, odatda, televideniyeda namoyish etiladigan kinofilmlarda namoyish etilmaydi yoki keyingi ko‘rsatuv boshlanmasi bilan (ekranni ikki qismga bo‘lgan holda) birga efirga uzatiladi. Chunki bu qismda film ijodkorlari, unda ishtirok etgan texnik xodimlargacha bo‘lgan shaxslarning uzun ro‘yxati keltiriladi. Chunki bu qismda keltirilgan ekran 3 8 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 9

Доказательный фрагмент

«Captions are used for various purposes in television broadcasts.»

Образец извлечения

Демо-превью

Captions are used for various purposes in television broadcasts. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
entertainment video content, advertising video content, captions, grouping, ko‘ngilochar videokontent, reklama videokontenti, ekran yozuvlari, guruhlashtirish, nutqiy intensiya., entertainment video content, advertising video content, captions, grouping, speech intence., развлекательный видеоконтент, рекламный видеоконтент, титры, группировка, речевой замысел.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники