К содержанию
РецензированоUZ2020

Suvdan foydalanish borasidagi muammolar va ularni bartaraf etish yo’llari

on Information Science · Communications Technologies: Applications · BARTARAF ETISH YO’LLARI

Устойчивые направления управления земельными ресурсами в Узбекистане: проблемы и решения · 2020

Аннотация

O’zbekistondan suv tanqisligi global iqlim o’zgarishi oqibatida tobora dolzarblashib bormoqda. Markaziy Osiyo davlatlari aholisining suvga bo’lgan talabi asosan transchegaraviy daryolar hisobiga qondiriladi. Tadqiqotlarga ko’ra, 2025 yilga borib iqlim o’zgarishi, global haroratning oshishi tufayli Amudaryo va Sirdaryo daryolarini suv bilan ta’minlayotgan muzliklar zaxirasining 15–20 foizga kamayishi kutilmoqda. Tog’ muzliklari hajmi yiliga 0,2–1 foiz atrofida kamayib borayotgani, tog’ daryolari havzalarida qor zaxiralari tobora qisqarayotgani aniqlangan. Ushbu maqolada keltirilgan muammolarni bartaraf etishda avvalom bor qishloq xo’jaligi ekinlarini sug’orishda suv tejamkor texnologiyalarni qo’llashni takomillashtirish va suv sarfini hisoblash, kanalni masofadan boshqarish, kanaldagi suv yo’qotishlarini qayd etish va uning oldini olish usullarini to’liq avtomatlashtirishga bag’ishlangan takliflar ishlab chiqilgan. 349 “O‘zbekistonda yer resurslarini boshqarishning ustuvor yo‘nalishlari: muammo va yechimlar” Kalit so’zlar: suv resurslari tanqisligi, cho’llanish jarayoni, suv resurslaridan foydalanish samaradorligi, sug’orish tizimlarini modernizatsiya qilish, Aqlli suv, suvni tejaydigan sug’orish texnologiyalari, suvni “onlayn” nazorat qilish, suvni boshqarish jarayonlarini avtomatlashtirish. Bugungi kunda dunyoning aksariyat mintaqalarida suv resurslari tanqisligi muammosi yuzaga kelmoqda. Buning asosiy sabablari sifatida global isishni, sayyoramizdagi ekotizimning buzilishini, davlatlar iqtisodiyoti ko’lami va aholisi soni o’sib borishi natijasida qo’shimcha suv resurslariga talabning ortishini keltirish mumkin. Aytib o’tish joizki, so’nggi yillarda suv resurslari tanqisligi muammosi Markaziy Osiyo mintaqasida ham yaqqol namoyon bo’lmoqda. Mutaxassislarning tahlillariga ko’ra, oxirgi 40 yil ichida Markaziy Osiyoda suv ta’minoti hajmi yiliga kishi boshiga 8,4 mingdan 2,5 ming kubmetrgacha kamaydi, 2050 yilga borib Markaziy Osiyo aholisi 90 million kishiga va suv tanqisligi 25-30 foizga ko’payadi, suv ta’minoti hajmi esa kritik darajaga – yiliga 1,7 ming kub metrdan kamroqqa yetadi. Aholi sonining ko’payishi bilan issiq iqlimli hududlarda cho’llanish jarayoni kuchayib bormoqda. Ayni vaqtda cho’llanish dunyo miqyosida 100-200 million aholining yashash tarziga salbiy ta’sir ko’rsatib, yaqin o’n yil ichida 50 milliondan ortiq aholini o’z yashash joylarini tashlab ketishga majbur qildi. Undan keladigan iqtisodiy zarar esa 42 milliard AQSh dollari miqdorida baholanmoqda. Global iqlim o’zgarishi bu jarayonni o’zgartirib yuborishi ham mumkin. 20 ga yaqin daryo havzalaridagi 50 dan ortiq davlatlarda suvdan foydalanish, uni to’g’ri taqsimlash bo’yicha keskin munozaralar mavjud bo’lib, suvdan samarali va oqilona foydalanishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Mamlumki, mamlakatimiz o’tgan asrning 70-80 yillarida Amudaryo va Sirdaryodan har yili 74,1 km3 suv olgan, shuning 28,4 km3 Amudaryoga, 10,9 km3 Sirdaryoga, 19,2 km3 ichki kichik daryolarga, 12,6 km3 yer osti va kollektor suvlariga to’g’ri kelgan. Hozirgi kunda esa O’zbekiston olayotgan suvi 1980-yillardagi miqdorining 79 foizini tashkil etadi xolos. Qurg’oqchilik yillarida Amudaryo va Sirdaryodan suv olish hajmi 8-10 km3 ga kamayadi va sug’orishda 49,0 km3 miqdorigacha suvdan foydalanishimiz hisobiga dehqonchilik mahsulotlari hosildorligi 1,3-1,5 martaga kamayishiga sabab bo’ldi. Demak, mavjud imkoniyatlardan foydalanish, suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish dolzarb muammolardan sanaladi. Maqolani yozishda O’zbekiston Respublikasining “Suv va suvdan foydalanish to’g’risida” gi Qonuni, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 350 “O‘zbekistonda yer resurslarini boshqarishning ustuvor yo‘nalishlari: muammo va yechimlar” Farmon va Qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlaridan shuningdek, mamlakatimiz va xorijiy iqtisodchi olimlarning fikrlaridan hamda O’zbekiston Respublikasi qishloq xo’jaligi vazirligi, Qashqadaryo viloyati qishloq xo’jaligi boshqarmasi ma’lumotlaridan keng foydalanilgan. Mavzuni yoritishda mantiqiy fikrlash, qiyosiy va solishtirma tahlil usullaridan foydalanilgan. Respublikamizda suv ta’minotini yaxshilash, mavjud suv resurslarini oqilona va tejamkor bilan foydalanish, ilmiy asoslangan yangi texnologiyalarni joriy qilish bugungi kunning dolzarb masalasidir. Mutaxassislarning ma’lumotlariga ko’ra suv manbalaridan kanallar, ariqlar orqali sug’orish dalasiga qadar yetib borgancha suvning 25 foizdan 40 foizgacha yo’qotiladi. Buning uchun birinchi navbatda, hozirgi sug’orish tizimlarini modernizatsiya qilish, suv infratuzilmalarini boshqarishda raqamlashtirish orqali suvni yo’qotish holatlarini keskin kamaytirish yo’llarini amalga oshirish zarurdir. Ma’lumki, oxirgi besh yilda O’zbekistonning foydalanilgan o’rtacha yillik suv miqdori 51-53 mlrd m3 ni tashkil qilgan. 2020 yilda O’zbekiston iqtisodiyotining barcha tarmoqlarida 49 mlrd m3 suv ishlatilgan bo’lib, bu ko’rsatkich 1980 yillarda hisobla

Доказательный фрагмент

«O’zbekistondan suv tanqisligi global iqlim o’zgarishi oqibatida tobora dolzarblashib bormoqda.»

Образец извлечения

Демо-превью

O’zbekistondan suv tanqisligi global iqlim o’zgarishi oqibatida tobora dolzarblashib bormoqda. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
эффективность использования водных ресурсов, suv resurslaridan foydalanish samaradorligi, Smart water, водосберегающие технологии орошения, процесс опустынивания, suvni tejaydigan sug’orish texnologiyalari, "online" control of water, desertification process, дефицит водных ресурсов, suvni “onlayn” nazorat qilish, automation of water management processes, умная вода, suv resurslari tanqisligi, watersaving irrigation technologies, efficiency of water resources use, cho’llanish jarayoni, scarcity of water resources, «онлайн» контроль воды, автоматизация водохозяйственных процессов, sug’orish tizimlarini modernizatsiya qilish, suvni boshqarish jarayonlarini avtomatlashtirish, модернизация ирригационных систем, Aqlli suv, modernization of irrigation systems
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники