К содержанию
РецензированоRU2026

OF ASCOMYCETES Abduqahhorova Saidaxon Azizbek qizi ADPI tabiiy fanlar fakulteti biologiya ta`lim yo`nalishi talabasi Tojiboyev Murodali Umaraliyevich Ilmiy rahbar

OF ASCOMYCETES · Abduqahhorova Saidaxon Azizbek qizi · Tojiboyev Murodali Umaraliyevich

Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

Ushbu tezisda askomitsetlarning umumiy tavsifi, ahamiyati, tarqalishiva vakillari haqida ma`lumot berilgan. Aннотация: этот тезис содержит общее описание, важность, распространение и представителей аскомицетов. Annotation: this thesis provides information about the general description, significance, and representatives of ascomycetes. Kalit so`zlar: ascomycetes, gaplofaza mitselliy, zamburug`, carpoasci. Ключевые слова: аскомицеты, гаплофаза, мицелии, замбуруги, карпоаски. Key words: ascomycetes, haplophase, mycelium, fungus, carpoasci. Askomitsetsimonlar, xaltachali zamburug`lar(Ascomycetes)- maxsus xaltachalarda rivojlanib yetiladigan sporalar orqali ko`payuvchi zmburug`lar sinfi. 42000 dan ortiq turi bor. Ba`zi turlari jinssiz yo`l bilan turli kondial sporalar hosil qiladi. Zamburug`lar mitselliysi bir yadro (gaplofaza) hujayrali va xaltachali hosil qiluvchi qo`sh yadro (diplofaza)hujayrali giflardan iborat. Askomitsetlarning eng soda tuzilgan vakillarida haltacha bevosita zigotadan yetiladi; bunda giflarning ikki hujayrasi va hujayra yadrolari o`zaro qo`shilib, zigota hosil qiladi, zigota esa o`z navbatida xaltachalarga aylanadi. Ayni vaqtda kopulatsiya tufayli yuzaga kelgan zigota yadrosi reduksiya yo`li bilan birin -ketin bo`lina boshlaydi. Shu tariqa ikki yoki uch bo`linishdan so`ng, to`rtta yoki sakkizta gaploid yadrolar, ularning yonida esa shu yadrolar soniga teng keladigan asko- sporalar hosil bo`ladi. Bunda zigotalar bitta xaltachada yetiladi. Askomitsetlar asosan tana tuzilishiga va qisman xaltacha shakliga mos hold abo`linadi. Ular yalang`och xaltachalilar, ya`ni tuban askomitsetlar(Gymnoasci), mevaxaltachalilar (carpoasci) va lokuloaskomitsetlar ( loculoasci) deb ataluvchi uchta kenja sinfga va bir nechta oilalarga bo`linadi. Lishayniklar tanasidagi barcha zamburug`lar askomitsetlar ga kiradi. Koloniya davrida ko`pchilik askomitsetlar o`simlik, hayvonlarda parazitlik qiladi, selluloza va har hil sanoat mahsulotlarini yemirib, zarar keltiradi. Mikrobiologiya sanoatida esa fermentlar, antibiotiklar va boshqa mahdulotlar olishda foydalaniladi. Xulosa Askomitsetlarning ba`zi turlari xo`jalik ekinlariga parazitlik qilib, shudring, oidium, parsha kabi kasalliklarni keltirib chiqaradi. Lekin ularning ba`zi turlaridan esa antibiotiklar, 19 vitaminlar, fermentlar, alkoloidlar va spirtlar olinadi. Biologiya va genetika sohasida ilmiy- tadqiqotlqr olib borishda obekt sifatida ishtirok etadi.

Доказательный фрагмент

«Ushbu tezisda askomitsetlarning umumiy tavsifi, ahamiyati, tarqalishiva vakillari haqida ma`lumot berilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu tezisda askomitsetlarning umumiy tavsifi, ahamiyati, tarqalishiva vakillari haqida ma`lumot berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ascomycetes, haplophase, mycelium, fungus, carpoasci, gaplofaza mitselliy, carpoasci., zamburug`
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники