Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Masofadan zondlash va gat texnologiyalari orqali ekin turlarini kartalashtirish
EKIN TURLARINI KARTALASHTIRISH
Устойчивые направления управления земельными ресурсами в Узбекистане: проблемы и решения · 2026
Аннотация
Maqolada masofadan zondlash orqali turli kartalarni tuzishda kosmik suratlar, ma’lum bir hududning mavzuli kartasini tuzish zarur bо‘lganda, qisqa vaqt ichida masofadan zondlashdan olingan signallardan yetarlicha ma’lumot olish mumkin. Bu esa karta tuzishni tezlashtirish bilan birga aniqlikni ham oshiradi. Masofadan zondlash texnologiyalaridan foydalanib qishloq xо‘jaligi ekin turlarini kartalashtirishda foydalanish orqali karta tuzish ishlari ancha yengillashadi. Kalit sо‘zlar: karta, masofodan zondlash, elektron karta, monitoring, GPS asbobi, sensor, GAT, aerosurat, aerofotosyomka. Masofadan zondlash - bu masofadan masofadan turib ma'lumot olishni o'rganish yoki yig'ishdir. Bunday tekshiruv yerga asoslangan qurilmalar (masalan, kameralar) va kemalar, samolyotlar, sun'iy yo'ldoshlar yoki boshqa kosmik qurilmalarga asoslangan sensorlar yoki kameralar bilan sodir bo'lishi mumkin. Bugungi kunda olingan ma'lumotlar odatda kompyuterlar yordamida saqlanadi va ishlov beradi. Masofadan zondlashda ishlatiladigan eng keng tarqalgan dastur ERDAS Imagine, ESRI, Mapinfo va ERMapper hisoblanadi. Masofadan zondlash - tadqiq qilinayotgan ob'ekt, maydon yoki xodisa bilan to'g'ridan to'g'ri aloqada bo'lmagan asbob- uskuna yordamida olingan axborotlarni taxlil qilish orqali erishilgan ma'lumotlardir. Geofazoviy fan dunyosida masofadan zondlash, "yerni kuzatish" deb xam nomlanadi. bu esa yer yuzasiga nisbatan baland masofadan turib yerni sensorlar yordamida kuzatish degan ma'noni anglatadi. Sensorlar oddiy fotoapparatlarga o'xshash, farqi esa ular ko'rinuvchi nurlarni ishlatmaydi, biroq elektromagnit spektrning boshqa diapazonlarini ya'ni, infraqizil, mikroto'lqinlar va ultrabinafsha intervallarini ishlatadi. Sensorlar juda taraqqiy etib bormoqda, ular yordamida juda katta xajmdagi maydonlarning suratlarini olish imkoniyati mavjud. Mamlakatimiz iqtisodiyotning turli sohalari va tarmoqlarida kosmik texnologiyalardan samarali foydalanish, kosmik monitoring tizimini joriy etish va uni tizimli amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 30 noyabrdagi 688-son qaroriga kо‘ra “...qishloq xо‘jaligi yerlaridan foydalanish 343 “O‘zbekistonda yer resurslarini boshqarishning ustuvor yo‘nalishlari: muammo va yechimlar” holatini monitoring qilish, shu jumladan yerlardan noqonuniy foydalanish va ularni о‘zboshimchalik bilan egallash holatlarini aniqlash darajasini 98 foizgacha yetkazish”,”... b) qishloq xо‘jaligi sohasida kosmik monitoringning joriy etilishi haqiqatda ekin ekilgan maydonni aniqlash, vegetatsiya davrini kunlik kuzatish, ekinlar bо‘yicha tezkor ma’lumotlarni olish imkonini berdi”. “Hozirgi kunda dunyoning barcha yetakchi va kо‘plab rivojlanayotgan davlatlari tomonidan u yoki bu darajada kosmik fazoni tadqiq etish va undan foydalanish bо‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda, shuningdek, kosmik strategiyalar, konsepsiyalar, dasturlar va rejalar kо‘lamini kengaytirib, ularni qо‘llab-quvvatlash va rivojlantirish uchun katta miqdorda mablag‘lar ajratilmoqda”. “...Yerni masofadan zondlash bо‘yicha sun’iy yо‘ldosh operatorlari «Maxar Technologies» (AQSH), «Airbus Defence & Space» (Fransiya), «Planet Labs» (AQSH), «ICEYE» (Finlyandiya), «BlackSky» (AQSH) «NEAD Aerospace» (Xitoy) kompaniyalari, aloqa sun’iy yо‘ldosh operatorlari «SpaceX» (AQSH), «OneWeb» (Buyuk Britaniya), «SES» (Lyuksemburg), «Eutelsat» (Fransiya), «Viasat» (AQSH), «Inmarsat» (Buyuk Britaniya) kompaniyalari, kosmik suratlarni qayta ishlash dasturiy mahsulotlarini ishlab chiquvchilar «ESRI» (AQSH), «Nexagon» (Shvetsiya) kompaniyalari bilan hamkorlikda loyihalar amalga oshirilmoqda;”. Masofadan zondlashdan olingan signallar kadastr kartalarini yangilashda, yer osti qazilma boyliklari joylashgan о‘rnini xaritalashda va bu orqali bashoratlashda asosiy metod bо‘lib xizmat qiladi. Suratlar yer kadastr ishlarini yuritishni tizimli tashkil qilish, bu tizimni hosil qilish va о‘rganishda hamda ularni kartaga tushirishda zaruriy manba bо‘lib xizmat qiladi. Turli mavzuli kartalarni tuzishda kosmik suratlar juda kо‘p ma’lumotlarga ega. Ma’lum bir xududning mavzuli kartasini tuzish zarur bо‘lganda, qiska vaqt ichida masofadan zondlashdan olingan signallardan yetarlicha ma’lumot olish mumkin. Bu esa karta tuzishni tezlashtirish bilan birga aniqlikni ham oshiradi. Ma’lum davr davomida kartalarning eskirganligini kо‘rish mumkin [8]. Davlat boshqaruv organlarini hamda kadastr maqsadlari uchun masofadan zondlash signallarini deshifrovka qilishda dastlab fazoviy obyektlarning joylashgan о‘rni aniqlanadi. Buning uchun quyidagi fazoviy ma’lumotlarning komponentligi hamda tavsiflari bazasini tо‘liq yaratish lozim [5]: fazoviy obyektlar identifikatorini aniqlash; fazoviy ma’lumotlarni muvofiqlashtirish; obyektlarning nomlari, agar mavjud bо‘lsa, manzil ma’lumotlarini izohlash; fazoviy obyektlarning boshqa obyektlar bilan о‘zaro topologik aloqalarini aniqlash. Kadastr xarita va rejalar yangilanganidan keyin kartografik fond 344 “O‘zbekistonda yer resurslarini boshqarishning
Доказательный фрагмент
«Maqolada masofadan zondlash orqali turli kartalarni tuzishda kosmik suratlar, ma’lum bir hududning mavzuli kartasini tuzish zarur bо‘lganda, qisqa vaqt ichida masofadan zondlashdan olingan signallardan yetarlicha ma’l…»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada masofadan zondlash orqali turli kartalarni tuzishda kosmik suratlar, ma’lum bir hududning mavzuli kartasini tuzish zarur bо‘lganda, qisqa vaqt ichida masofadan zondlashdan olingan signallardan yetarlicha ma’l… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- map, электронная карта, карта, датчик, GAT, ГАТ, GPS-устройство, karta, GPS device, monitoring, masofodan zondlash, elektron karta, electronic map, sensor, remote sensing, дистанционное зондирование, аэрофотосъемка, aerial photography, GPS asbobi, aerosurat, aerofotosyomka, мониторинг
Смежные источники
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ЖУРНАЛ ПРАВОВЫХ ИССЛЕДОВАНИЙСуванов Сардор Бахадирович2026