Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
E-auksion platformasining ishlash tartibi
E-AUKSION PLATFORMASINING ISHLASH TARTIBI
Устойчивые направления управления земельными ресурсами в Узбекистане: проблемы и решения · 160-165 · 2021
Аннотация
Ushbu maqolada biz hozirda yo`lga qo`yilgan E-auksion platformasining ishlash tartibi va vazifalari va oldi-sotdi yoki turli huquqlar asosida mulklarining berilishi yoritilgan. Kalit so`zlar: Auksion, auksion g`olibi, tanlov ob’ekti,balansda saqlovchi, boshlang`ish narx, lot, operator, tanlov takroriy auksion yoki tanlov, xabarnoma, xaridor, boshlang`ich narx, shaxsiy lot raqami, normativ qiymat, kategoriya, filtr. Bilamizki yildan yilga texnika va texnologiyalarning rivojlangani sari kadastr obyektlarining asosiy qismini tashkil etuvchi tashkil etuvchi yer va bino- inshootlarning ham oldi-sotti jarayonlari sezilarli darajada o`smoqda.Bu esa o`z navbatida shu platformaning yaratilishi va ishga tushurilishiga turtki bo`ldi. «E-AUKSION» elektron savdo platformasi (savdo maydoncha) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017 yil 27 iyuldagi PQ-3149-son qarori bilan tashkil etilgan. Elektron onlayn-auksionlar Internet tarmog‘i orqali har qanday qurimadan ishtirok etish imkonini beradigan hamda buyurtmalarni qabul qilish va g‘olibni aniqlash tartib-taomillariga aralashuvni istisno etadigan alohida dasturiy mahsulotdan foydalanilgan holda o‘tkaziladi. Dastlab, savdo maydonchada 2017 yil 1 sentabrdan boshlab sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish bo‘yicha auksion savdolari elektron onlayn-auksionlar shaklida o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yilgan. 290 “O‘zbekistonda yer resurslarini boshqarishning ustuvor yo‘nalishlari: muammo va yechimlar” So‘ng, tashkil etilgan elektron onlayn-auksion faoliyatini fuqarolarga ko‘p qulayliklar yaratib o‘zini oqlaganligi sababli O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmon va qarorlari, Hukumat qarorlari bilan tegishli boshqa sohalarga joriy etilib kelinmoqda. Savdo maydoncha fuqarolar uchun elektron onlayn-auksionlarda keng ishtirok etish va quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha adolatli va shaffof savdolarda egalik va foydalanish huquqlarini sotib olish imkoniyatini ta’minlash uchun mo‘ljallangan, jumladan: - Davlat ob’ekti (binolari) va ulushlari; - Ijara (davlat mulkini ijaraga berish, buyurtmachilar mulklarini ijaraga berish); - Ko‘chmas-mulk; - Avtotransport va maxsus texnikalar; - Yer uchastkalari (tadbirkorlik, uy joy qurish, xususiylashtirish, qishloq xo‘jaligini yuritish va ekotruzim uchun); - Qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish huquqi; - Strategik turdagi foydali qazilmalarni qazib olish huquqi; - Noruda foydali qazilmalarni qazib olish huquqi; - Tozalash xizmatalari (daryolar o‘zanlarini tozalash, hududlarni tozalash); - Ko‘llar tizimidan foydalanish; - Tashqi reklama ob’ektlarini qurish va o‘rnatish huquqi (yerlar va bino va inshootlarga qurish); - Radarlar o‘rnatish joylari; - Og‘irlik va gabaritlarni o‘lchovchi statsionar shoxobochalar o‘rnatish va boshqa mol-mulklar. -Savdo maydonchaning asosiy maqsadlari: – jismoniy va yuridik shaxslarni buyurtmalariga asosan egalik va foydalanish huquqlari bo‘yicha auksion va tanlov savdolarining qonuniyligi, shaffofligi va holisligini ta’minlash; – narx-navo manipulyatsiyasi va boshqa suiiste’molchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik hamda ularning oldini olish; – elektron onlayn-auksionlar Internet tarmog‘ida arizalarni qabul qilish va g‘olibni aniqlash jarayonlariga har qanday aralashuvga yo‘l qo‘ymaydigan mexanizmini yaratish; – axborot xavfsizligi vositalari yordamida axborot butunligini va maxfiyligini ta’minlash. Yuqorida keltirilgan yo‘nalishlar auksion va tanlov savdolarini tashkil etish “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” DUK tomonidan shaxslarning 291 “O‘zbekistonda yer resurslarini boshqarishning ustuvor yo‘nalishlari: muammo va yechimlar” buyurtmasi bo‘yicha tashkil etiladi. Ushbu Nizom Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (keyingi o`rinlarda – Agentlik) huzuridagi “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” davlat unitar korxonasi tomonidan “Ye-auksion” elektron savdo platformasida elektron onlayn-auksion va tanlovlarni tashkil etish hamda o`tkazish tartibini belgilaydi. Mazkur Nizomning elektron tanlov o`tkazish qismi dehqon xo`jaligini yuritish va yuridik shaxslarga qishloq xo`jaligi maqsadlari uchun er uchastkalarini elektron tanlov orqali ijaraga berishga nisbatan tatbiq etilmaydi. Dehqon xo`jaligini yuritish va yuridik shaxslarga qishloq xo`jaligi maqsadlari uchun er uchastkalarini elektron tanlov orqali ijaraga berish tartibi Vazirlar Mahkamasining alohida qarorlari asosida belgilanadi. “Ye-auksion” elektron savdo platformasi (keyingi o`rinlarda – savdo platformasi) – elektron onlayn-auksion va tanlovlarni tashkil etish hamda o`tkazish uchun zarur axborotni kiritish, saqlash va qayta ishlash, shuningdek, istagi bo`lgan jismoniy va yuridik shaxslarning bunday auksion va tanlovlar jarayoniga kirish hamda ularda qatnashish imkonini ta’minlaydigan axborot tizimi; Quyida biz
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada biz hozirda yo`lga qo`yilgan E-auksion platformasining ishlash tartibi va vazifalari va oldi-sotdi yoki turli huquqlar asosida mulklarining berilishi yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada biz hozirda yo`lga qo`yilgan E-auksion platformasining ishlash tartibi va vazifalari va oldi-sotdi yoki turli huquqlar asosida mulklarining berilishi yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- normative value, объект отбора, boshlang`ich narx, покупатель, selection repeat auction or selection, Аукцион, starting price, хранитель на балансе, auction winner, стартовая цена, повторный аукцион или отбор отбора, auksion g`olibi, shaxsiy lot raqami, tanlov ob’ekti, lot, category, normativ qiymat, оператор, извещение, фильтр, personal lot number, категория, xabarnoma, лот, личный номер лота, boshlang`ish narx, нормативная стоимость, selection object, tanlov takroriy auksion yoki tanlov, Auction, filtr, keeper in the balance sheet, Auksion, notice, победитель аукциона, buyer, kategoriya, operator, filter, balansda saqlovchi, xaridor
Смежные источники
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ЖУРНАЛ ПРАВОВЫХ ИССЛЕДОВАНИЙСуванов Сардор Бахадирович2026