К содержанию
РецензированоRU2023

ОСОБЕННОСТИ ГРАЖДАНСКОГО ОБЩЕСТВА В СОВРЕМЕННУЮ ЭПОХУ

Toshpo‘latov Mamadali Zayniddin o‘g‘li

Современная наука и исследования · 2 · 2023

Аннотация

This article deals with the peculiarities of civil society in the modern era and the main trends, views, teachings in it. Also, quotes from the opinions and views of representatives of the industry about the prospects for the development of civil society of the modern period are presented. Keywords: civil society, freedom, politics, political system, sovereignty, family, State functions, monarch, social institutions, state functions. ОСОБЕННОСТИ ГРАЖДАНСКОГО ОБЩЕСТВА В СОВРЕМЕННУЮ ЭПОХУ Аннотация. В данной статье речь пойдет об особенностях гражданского общества в современную эпоху и основных тенденциях, взглядах, учениях в нем. Также приводятся цитаты из мнений и взглядов представителей отрасли на перспективы развития гражданского общества современности. Ключевые слова: гражданское общество, свобода, политика, политическая система, суверенитет, семья, функции государства, монарха, социальные институты, функции государства. Zamonaviy davrda “qonun ustuvorligi” va “fuqarolik jamiyati” nafaqat bir jamiyat tizimining elementi, tarkibiy qismlari, balki o‘zaro rivojlanishni ham belgilaydigan tushunchalarga aylanmoqda. “Qonun ustuvorligi” va “fuqarolik jamiyati”ning o‘zaro ta’siri “mazmun va shakl” umumiy falsafiy toifasining harakatlariga muvofiq sodir bo‘ladi. Fuqarolik jamiyati ma’llum bir qisqa davrda yuqori darajada rivojlangan tizim sifatida paydo bo‘lmaydi, u asta-sekin quyi turdagi jamoalardan o‘sib boradi. Fuqarolik jamiyatining shakllanishi davlatchilikning mustahkamlanishi, mulkchilikning turli shakllarining rivojlanishi fonida amalga oshirilmoqda. Demokratiyaning rivojlanishi bilan fuqarolik jamiyati davlat vasiyligidan tobora ko‘proq chiqib bormoqda va ularning o‘zaro ta’siri haqida savol tug‘iladi. Davlat apparati va fuqarolik jamiyati o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar masalalarini to‘liqroq ochib berish uchun “fuqarolik jamiyati” ta’rifining mazmunini ko‘rib chiqish kerak. “Fuqarolik jamiyati” tushunchasi “davlat” tushunchasi kabi qadimiy va o‘zining uzoq rivojlanish bosqichalriga ega bo‘lgan tushunchadir. Davlatda yashovchi fuqarolar fuqarolik jamiyatini tashkil qiladi, degan tezisni birinchi bo‘lib ilgari surgan olimlardan biri Arastu edi. U “Davlat nima ekanligini aniqlashdan oldin fuqaro tushunchasini aniqlab olish kerak, chunki davlat fuqarolar yig‘indisi, fuqarolik jamiyatidan boshqa narsa emas”, deb yozgan edi [1]. 1 4 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Bu nuqtai nazar, ehtimol, qadimgi yunon demokratiyasi sharoitida, erkin fuqarolarning ko‘pchiligi davlat ishlarini boshqarishda ishtirok etgan va boshqaruv ishlariga haq to‘lanmagan sharoitlarda o‘zini oqlagandir. Biroq keyingi tadqiqotchilar Arastuning davlat fuqarolik jamiyati degan fikrini qo‘llab-quvvatlamadilar. “Fuqarolik jamiyati” tushunchasi G.Gegel va boshqa ba’zi faylasuflar asarlarida yanada rivojlantirildi [2]. Fuqarolik jamiyati haqidagi zamonaviy tushunchaga G.Gegel eng yaqin keldi. U fransuz, anglosakson va nemis ijtimoiy tafakkuri yutuqlarini tizimlashtirib, fuqarolik jamiyati oiladan davlatga dialektik harakatning alohida bosqichini ifodalaydi, degan xulosaga keldi. G.Gegel fuqarolik jamiyatini davlatning kelib chiqishi haqidagi shartnoma nazariyasi bilan bog‘ladi [2]. Uzoq vaqt davomida rus olimlari fuqarolik jamiyati muammolari bilan shug‘ullanmagan. Ushbu konsepsiya 90-yillarning boshidan faol ilmiy muomalada bo‘lgan. Bu holatni shu bilan izohlash mumkinki, aynan shu davrda fuqarolik institutlari yangi taraqqiyotga erishib, davlat boshqaruvi ishlarida ortib borayotgan rol o‘ynay boshladi. Shu munosabat bilan jamiyatning davlat hayotidagi o‘rni mazmunini qayta ko‘rib chiqish zarurati tug‘ildi. Aytish joizki, “fuqarolik jamiyati” toifasi nafaqat huquqiy, balki tarixiy, falsafiy va siyosatshunoslik hamdir. Shu bois ham keyingi yillarda turli soha olimlari “fuqarolik jamiyati” tushunchasining mazmuni haqida o‘z fikrlarini bildirishmoqda. Masalan, S.L. Serebryakov: “Fuqarolik jamiyati - bu ijtimoiy- madaniy va ijtimoiy-siyosiy institutlar hayotini ta’minlaydigan, davlatdan mustaqil bo‘lgan va shaxsning o‘zini o‘zi anglashi uchun sharoitlarni ta’minlashga mo‘ljallangan ijtimoiy aloqalar tizimi”dir deya ta’riflaydi. Muallif fuqarolik jamiyati o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqaradigan sohalarni ko‘rsatadi, ammo bizning fikrimizcha, u iqtisodiy sohani mutlaqo unutib qo‘yganligi ushbu ta’rifga muhim ahamiyatga ega. Lekin aynan shaxsning ishlab chiqarish munosabatlari sohasida o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishi ijtimoiy-madaniy va ijtimoiy-siyosiy sohaning rivojlanishiga zamin yaratadi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, siyosatshunoslik lug‘atida berilgan ta’rifni yanada to‘liqroq deb hisoblash mumkin. Unda ta’kidlanganidek, fuqarolik jamiyati “o‘z a’zolari o‘rtasida rivojlangan iqtisodiy, madaniy, huquqiy va siyosiy munosabatlarga ega bo‘lgan, davlatdan mustaqil, lekin u bilan o‘zaro munosabatda bo‘lgan jamiyat, yuqori ijtimoiy, iqtisodi

Доказательный фрагмент

«This article deals with the peculiarities of civil society in the modern era and the main trends, views, teachings in it.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article deals with the peculiarities of civil society in the modern era and the main trends, views, teachings in it. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
civil society, freedom, politics, political system, sovereignty, family, State, fuqarolik jamiyati, гражданское общество
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники