Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Chirchiq-Ohangaron havzasida tarqalgan yerlarning granulometrik tarkibi
CHIRCHIQ-OHANGARON HAVZASIDA TARQALGAN · YERLARNING GRANULOMETRIK TARKIBI
Устойчивые направления управления земельными ресурсами в Узбекистане: проблемы и решения · 7 · 2022
Аннотация
Maqolada Chirchiq-Ohangaron havzasi yerlarida tarqalgan qo‘riq va lalmi tog‘ jigarang, to‘q tusli bo‘z, lalmi va sug‘oriladigan tipik bo‘z, batqoq o‘tloqi, bo‘z-o‘tloqi, tuproqlarini granulometrik tarkibi bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan. CHirchiq-Ohangaron havzasi erlari tuproqlarining granulometrik tarkibida yirik chang (0,05-0,01 mm) zarrachalarning yuqori miqdorda 0,01 mm dan yirik kattalikdagi chidamli mikrostruktura elementlar aniqlandi. Qo‘riq tog‘ jigarrang tuproqlarni granulometrik tarkibi og‘ir qumoqli bo‘lib, fizik loyning miqdori 45,5-49,9 % ni tashkil qilib, quyidagi zarrachalardan tashkil topgan: yirik qum (1-0,25 mm), o‘rta qum (0,25-0,1 mm), mayda qum (0,1- 0,05 mm), yirik chang (0,05-0,01) zarrachalarini ko‘pligi bilan xam farq qiladi. Lalmi erlar tipik bo‘z tuproq granulometrik tarkib jihatidan o‘rta qumoqli bo‘lib, fizik loyning miqdori kesma bo‘yicha 42,0-45,6 % ni tashkil qiladi. Sug‘oriladigan erlardagi tipik bo‘z, bo‘z-o‘tloqi tuproqlarining granulometrik tarkibi jihatidan o‘rta qumoqli bo‘lib, fizik loyning miqdori 31,3-40,1 % gacha tebranadi. Sug‘orish hamda ishlov berish natijasida agregatlarni ma’lum darajada parchalangani kuzatilgan, lalmi erlar tipik bo‘z tuproqlarda jami haqiqiy agregatlar kesma qatlamlari bo‘yicha 21-27 %, sug‘oriladigan erlar tipik bo‘z tuproqlarida 28-40 %, bo‘z-o‘tloqi tuproqda 12-29 % tashkil qiladi. CHirchiq-Ohangaron havzasi erlari turli xil granulometrik tarkibli tuproqlardan tarkib topgan bo‘lib, og‘ir va o‘rta qumoqlilardir ya’ni kesma qatlamlari bo‘yicha bir xil o‘rta yoki og‘ir granulometrik tarkibli tuproqlar uchraydi. Kalit so‘zlar: qumloq, engil, o‘rta, og‘ir qumoq, qo‘riq lalmi erlar, to‘q tusli, sug‘oriladigan tipik, bo‘z-o‘tloqi, degradatsiya, unumdor erlar. 209 “O‘zbekistonda yer resurslarini boshqarishning ustuvor yo‘nalishlari: muammo va yechimlar” Yerlarning unumdorligida granulometrik tarkib etakchi o‘rin tutadi. Yerlarning granulometrik tarkibi (uning hosil bo‘lish sharoitiga bog‘liq ravishda) uzoq muddatda o‘zgarmaydigan fizik ko‘rsatgich hisoblanadi. Unda tuproq hosil bo‘lish jarayonining butun davriga hamda erlarning barcha xossa-xususiyatlari, tartibotlari o‘z ifodasini topadi. Erlarni tavsiflashda, uni baholashda granulometrik tarkibni naqadar katta ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi erlarning granulometrik tarkibi bo‘yicha xaritalarni tuzish katta amaliy ahamiyatga ega. SHuni ta’kidlash kerakki, erning kimyoviy tarkibi, ayniqsa, uning singdirish sig‘imi, chirindining miqdori va boshqalar, albatta granulometrik tarkibga juda bog‘liq holda o‘zgarib turadi. Granulometrik tarkib erdagi butun jarayonlarni boshqarishda ishtirok etadi, o‘z navbatida tuproqdan foydalanish sohasida zarur bo‘lgan butun tadbirlarni ishlab chiqishda asosiy ko‘rsatkich bo‘lib xizmat qiladi. O‘zbekistonda tarqalgan yerlarning tuproq tiplarini granulometrik tarkibini turli davrlarda ko‘pgina olimlar [1-11] tomonida o‘rganilgan bo‘lsa, keyingi davrlarda tuproqlarni granulometrik tarkibi turli agrotexnologiyalar, agrotexnik tadbirlar va evolyusion jarayonlar ta’sirida o‘zgarishini bir qancha olimlarning ilmiy ishlarida izohlangan [5; 20-24 s., 6; 142-146 s., 8; 46 b., 10; 235-239 b., 11; 69-72 p.]. Keltirilgan adabiyoilar manbalaridan ma’lumki keyingi yillarda Chirchiq– Oxangaron havzasi bo‘yicha erlarning granulometrik tarkibini izohlovchi adabiyotlar juda kam. Tadqiqot maqsadi Chirchiq-Ohangaron havzasi erlari turli tuproq-iqlim sharoitiga mansub hududlarida tarqalgan asosiy tuproq tiplarining unumdorligini belgilovchi granulometrik tarkibini hozirgi holatini izohlashdan iborat. CHirchiq-Ohangaron havzasi erlarida keng tarqalgan qo‘riq va lalmi tog‘ jigarang, lalmi to‘q tusli bo‘z, lalmi va sug‘oriladigan tipik bo‘z, bo‘z-o‘tloqi, batqoq-o‘tloqi tuproqlarining kesmalarida uning hajm og‘irligi, qattiqligi, suv o‘tkazuvchanlik, namligi aniqlandi va labaratoriya tahlili uchun tuproq namunalari olindi. Labaratoriya sharoitida quyidagi tahlillar amalga oshirildi: granulometrik tarkibini geksometofosfat natriy tuzi yordamida Bratcheva usulida aniqlandi [7; 245 s.]. Chirchiq-Ohangaron havzasi Toshkent vohasida joylashgan erlarning granulometrik tarkibini kesma bo‘yicha o‘zgarishi uning fizikaviy xossalariga va oziqa tartibotiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Erdagi turli kattalikdagi zarrachalar kesma bo‘yicha keng miqyosda o‘zgaradi. Bo‘stonliq tumani “Burchimulla” massivi erlarida tarqalgan qo‘riq tog‘ jigarrang tuproqlarni granulometrik tarkibi og‘ir qumoqli bo‘lib, degradatsiya jarayoni tufayli hamda yog‘in sochinlar ta’sirida er yuzasidan va kesma bo‘ylab pastga qarab il zarrachalarining yuvilishi natijasida fizik loyning miqdori 45,5-49,9 % ni tashkil qilib, asosan quyidagi zarrachalar 210 “O‘zbekistonda yer resurslarini boshqarishning ustuvor yo‘nalishlari: muammo va yechimlar” tashkil etadi: yirik qum (1-0,25 mm) 0,4 dan 3,6 % gacha, o‘rta qum (0,25-0,1 mm) 0,2 dan 0.9 % gacha, mayda qum (0,1-0,05 mm) 10,9 dan 17,9 % gacha. Bu erda tarkib topgan yotqiziqlarida yiri
Доказательный фрагмент
«Maqolada Chirchiq-Ohangaron havzasi yerlarida tarqalgan qo‘riq va lalmi tog‘ jigarang, to‘q tusli bo‘z, lalmi va sug‘oriladigan tipik bo‘z, batqoq o‘tloqi, bo‘z-o‘tloqi, tuproqlarini granulometrik tarkibi bo‘yicha ma’…»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada Chirchiq-Ohangaron havzasi yerlarida tarqalgan qo‘riq va lalmi tog‘ jigarang, to‘q tusli bo‘z, lalmi va sug‘oriladigan tipik bo‘z, batqoq o‘tloqi, bo‘z-o‘tloqi, tuproqlarini granulometrik tarkibi bo‘yicha ma’… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- темноцветные, серолуговые, плодородные земли, деградированные, тяжелые суглинки, средние, легкие, qo‘riq lalmi erlar, орошаемые типичные, o‘rta, fertile land, reserve dry land, degradation, heavy loam, og‘ir qumoq, engil, degradatsiya, bo‘z-o‘tloqi, medium, gray-grassland, sug‘oriladigan tipik, irrigated typical, sandy loam, qumloq, dark colored, light, резервные суши, to‘q tusli, unumdor erlar, супеси
Смежные источники
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ЖУРНАЛ ПРАВОВЫХ ИССЛЕДОВАНИЙСуванов Сардор Бахадирович2026